2.9
|
Qishloq xo‘jaligi
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish:
ishlab chiqarishga investitsiyalarni jalb etish hamda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjirini yaratish;
eksport mahsulotlarining ustuvor nomenk�aturasini aniqlash maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining raqobat ustunliklarini baholash;
tomchilatib sug‘orish, gidroponika texnologiyalari va boshqa ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirishga o‘tish;
qishloq xo‘jaligida inson kapitalining o‘sishi tizimini yaratish (fermyerlarni yangi texnologiyalarga, budjetlashtirishga, eksport va tashqi bozorlarda savdoga o‘qitish);
kichik fermer xo‘jaliklarni qo‘shilgan qiymat zanjirlariga faol integratsiya qilish;
hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash darajasini oshirish;
yerlarni ajratish hamda unumdorlikni rag‘batlantirish va sifatni oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish orqali ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat ekinlari yetishtirishni davom ettirish;
modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, sanitariya va fitosanitariya tadbirlarini yaxshilash hisobiga meva-sabzavotchilik va boshqa turdagi mahsulotlarning eksport raqobatdoshligini oshirish;
JST talablariga mos ravishda oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2019-yil avgust
Kengashda muhokama qilish:
2019-yil sentyabr
|
Asosiy ijrochi:
Iqtisodiyot vazirligi
(Xodjayev)
Birgalikda ijro
etuvchilar:
Qishloq xo‘jaligi
vazirligi (Yusupov),
Suv xo‘jaligi vazirligi
(Xamrayev),
Moliya vazirligi (Xaydarov),
LBMA (Li),
“O‘zstandart” agentligi
(Sattarov),
Davlat investitsiya qo‘mitasi (Kudratov),
Innovatsion
rivojlanish vazirligi (Abduraxmanov)
|