Turizm va sport vazirligi
A. Karimov,
Moliya vazirligi,
Milliy olimpiya qo‘mitasi,
Milliy paralimpiya qo‘mitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lar
69-maqsad: Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash.
253.
Xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish.
1. 2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur hamda uni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.
2. Xotin-qizlarning ta’lim olishiga qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish, ilm-fan sohasida ayollarning o‘rnini yanada oshirish.
3. Xotin-qizlar o‘rtasida biznes ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha bepul o‘q?v amaliy kurslarini tashkil etish, imtiyozli kreditlar va lizing ajratish, xotin-qizlarni ishga jalb qilgan holda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish.
4. “Ayollar daftari”ga kiritilgan va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish lozim bo‘lgan xotin-qizlarning tibbiy muolaja xarajatlarini qoplab berish.
5. Oila institutini mustahkamlash borasidagi ishlarni tizimlashtirish va samaradorligini yanada oshirish.