O‘zMTRK
A. Xadjayev,
Tashqi ishlar vazirligi
A. Kamilov
359.
O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi (YI) institutlari bilan savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik shakllarini qo‘llab-quvvatlash.
1. O‘zbekistonda “YI-Markaziy Osiyo” forumini o‘tkazish va unga muntazamlik tusini berish.
2. Samarqand shahrida “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanish bo‘yicha vazirlar darajasidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish.
3. “Italiya — Markaziy Osiyo” va “Fransiya — Markaziy Osiyo” formatida vazirlar darajasidagi uchrashuvlarni o‘tkazish.
4. Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) va Yevropa mamlakatlari tahliliy markazlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
5. Yevropa mamlakatlari bilan doimiy asnoda mintaqaviy masalalar yuzasidan ikki va ko‘p tomonlama siyosiy maslahatlashuvlar hamda savdo bo‘yicha hukumatlararo guruh va qo‘mitalar yig‘ilishlarini tashkil etish.