BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtirish.
1. BMT va uning tuzilmalari bilan hamkorlikda respublikada yirik xalqaro madaniy forumlarni o‘tkazish.
2. BMT tuzilmalarining insonparvarlik yordamini respublikaga jalb qilish.
Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari
B. Usmanov, Bosh vazir o‘rinbosarlari
S. Umurzakov, A. Abduxakimov
Tashqi ishlar vazirligi
A. Kamilov
376.
BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida o‘tkaziladigan siyosiy-diplomatik va targ‘ibot tadbirlari miqyosini kengaytirish.
1. Respublikada ro‘y berayotgan jarayonlar haqida press-relizlarni BMT doirasida keng tarqatish.
2. Respublikada o‘tkazilayotgan yirik xalqaro tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni BMT doirasida kengtarqatish.
3. BMT tuzilmalari doirasida intervyular tashkil qilish, O‘zbekiston haqidagi tegishli maqolalarni tayyorlab xorijiy ommaviy axborot vositalarida chop ettirish.
4. BMT tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikda anjumanlar, brifinglar, sayd-iventlar, roud-shoular va “davra suhbatlari”ni tashkil etish.