2. Mahalliy kengashlar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari reglamenti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
3. Mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyalarini kengaytirish, ularni tizimlashtirish maqsadida “Xalq deputatlari Kengashlari nazorati to‘g‘risida”giqonun loyihasini ishlab chiqish.
Xalq deputatlari Kengashlarining ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishdagi vakolatlarini yanada kengaytirish.
1. Ichimlik va oqova suv, ichkiyo‘llar va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish, bandlik dasturlarini tasdiqlash kabi masalalarni tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari ?akolatiga o‘tkazish.
2. Hududlarda davlat ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash obyektlarini qurish va ta’mirlashga ajratiladigan mablag‘larni taqsimlash vakolatini viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga o‘tkazish.
3. Hududlarni kompleks ijtimoiy rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish tizimini qayta ko‘rib chiqish.