I. Norqulov, Moliya vazirligi
T. Ishmetov, Markaziy bank
B. Hamrayev
4. Inflatsiyaning monetar omillarini pasaytirish hisobiga doimiy inflatsion maqsadga (target) erishish bo‘yicha choralar ko‘rish. Bunda:
qat’iy pul-kreditsharoitlarini saqlab qolish, shu jumladan, iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari o‘sish sur’atini (16 — 18 foiz) yalpi ichki mahsulot nominal hajmi o‘sish sur’atlari bilan mutanosib bo‘lishini;
pul-bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha 2-3 foizlik real ijobiy foiz stavkalari shakllanishini ta’minlash;
Markaziy bankning pul-kredit instrumentlarining inflatsiyaga ta’sirini kuchaytirish;
iqtisodiyotda inflatsion kutilmalarni pasaytirishga qaratilgan kommunikatsiya siyosatini takomillashtirish.
5. Iste’mol bozorlarida raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi ta’sirchan choralar ko‘rish. Bunda:
ichki iste’mol bozorida raqobat muhitiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish va importda konsentratsiyalashuv darajasini pasaytirish;
oziq-ovqat va nooziq ovqat mahsulotlari bozorlarida taklifni oshirish va mavsumiy taqchilliklarni bartaraf etish;
tarif va notarif tartibga solishning inflatsiya darajasiga ta’sirini hisobga olish va oqibatlarini yumshatish;
jahon bozorlaridagi vaziyatdan kelib chiqib, ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan tovarlarni xorijdan olib kirishda ularga nisbatan maqbul bojxona stavkalarini qo‘llash.