Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga davlat sarf xarajatlarini oshirish va bu ko‘rsatkichni 2021-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmining 0,8 foizigayetkazish.
2019-yil
1-yanvargacha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Davlat budjeti mablag‘lari
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)
Kredit berish, shu jumladan innovatsion moliyalashtirish hajmlarining ko‘payganligini, buning natijasida esa Innovatsiyalar global indeksining “Kredit berishning ichki bozorini rivojlantirish” qismi bo‘yichaO‘zbekiston pozitsiyasining yaxshilanishi (O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan xarajatlarni bosqichma-bosqich oshirib borish dasturining qabul qilinishi).
Biznesning innovatsion faolligini oshirish va yangi iinovatsion kompaniyalar paydo bo‘lishini jadallashtirish.
Budjet mablag‘laridan innovatsion rivojlanishni rag‘batlantirish maqsadlarida foydalanish samaradorligi va shaffofligini oshirish.
11.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus institutlar (innovatsion jamg‘armalar, innovatsion banklar, venchur jamg‘armalar) yaratish.
2019-yil
1-maygacha
Kompleks chora-tadbirlar
-
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov), Moliya vazirligi
(A. Xaydarov), Markaziy bank (M. Nurmuratov)
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning amaldagi mexanizmlari va manbalarini kengaytirish.
Iinovatsion mahsulotlar va xizmatlarni tijoratlashtirishning bozor institutlarini rivojlantirish.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishda venchur kapital hissasini oshirish.
12.
Mamlakatni innovatsion rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun bankdan kredit olish talablari va qoidalarini soddalashtirish.
2019-yil
1-aprelgacha
Normativ-huquqiy hujjat
-
Markaziy bank (M. Nurmuratov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (J. Ko‘chqorov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)
Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
Innovatsion faoliyat subyektlarining moliya resurslaridanfoydalana olishlarini ta’minlash.
Bank kreditini olish va sarflash hisobining elektron tizimini joriy etish.
Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingiga muvofiq biznes-muhitni belgilovchi asosiy parametrlarni yaxshilash.
13.
Iinovatsion rivojlanishning mikromoliyalashtirish tizimini takomillashtirish.
2019-yil
1-maygacha
Qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
-
Markaziy bank (M. Nurmuratov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
Kichik innovatsion loyihalarni amalga oshirishda mikromoliyalashtirish institutlarining rolini oshirish.
14.
Ilmiy-texnologik rivojlanishning ustuvorliklarini aniqlash va moliyalashtirishda hususiy sektorning ishtirokini rag‘batlantirish.
2019-yil
1-iyulgacha
Normativ-huquqiy hujjat
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov), Moliya vazirligi
(J. Ko‘chqorov)
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga mahalliy hususiy va xorijiy investorlar keng doirasini jalb qilish.
Tadqiqotlar va ishlanmalarning ichki xarajatlari umumiy hajmida hususiy moliyalashtirish hissasini oshirish.
15.
Innovatsion loyihalar va salohiyatli investorlarning doimiy yangilanib turadigan yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov)
Yetakchi xalqaro innovatsion kompaniyalar va transmilliy korporatsiyalarni strategik investorlar sifatida jalb qilishni ta’minlash.
16.
Innovatsion loyihalarga texnik ko‘maklashish mablag‘lari va grantlarini olish va ishlatishda shaffoflikni oshirish va tartib-qoidalarini soddalashtirish.