III. Infratuzilma va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
17.
Telekommunikatsiya sohasini normativ-huquqiy tartibga solish tizimini, shu jumladan, davlat-xususiy sherikchilik shartlarida tadbirkorlik subyektlari ishtirokini kengaytirish orqali takomillashtirish.
2020-yil
1-aprelgacha
Normativ-huquqiy hujjat
-
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), MTRK
(A. Xodjayev), Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov), LBMA (D. Li)
Telekommunikatsiya sohasiga davlat-xususiy sherikchilik prinsiplarida tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish.
18.
2021-yilga borib axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar eksporti ulushini umumiy hajmning 4 foiziga yetkazish.
2021-yil
1-aprelgacha
Tashkiliy-amaliy kompleks chora-tadbirlar
Davlat budjeti mablag‘lari,
texnik ko‘maklashish, grantlar va boshqa
mablag‘lar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
LBMA (D. Li)
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida talab yuqori va professional kadrlarni tayyorlash.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida har yili yirik xalqaro forumlar o‘tkazish.
Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini dunyoning 1000 ta eng nufuzli universitetlari qatoriga kiritish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish.
19.
Barcha operatorlarning xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishini liberallashtirish.
2020-yil
1-yanvargacha
Normativ-huquqiy hujjat
Xususiy investorlar va tadbirkorlar mablag‘lari
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)
Pirovard foydalanuvchilar uchun Internet tarmog‘iga ulanish narxini pasaytirish.
20.
Aholini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga rag‘batlantirish.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Moliya vazirligi
(A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi
(B. Xodjayev)
Aholining Internet tarmog‘iga keng polosali qamrab olinishini kengaytirish.
Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish imkonini beruvchi mobil tarmoqlarni kengaytirish (LTK, WIMAX).
21.
Startap-loyihalar uchun texnopark yaratish orqali dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishning mahalliy sanoatini rivojlantirish.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), LBMA (D. Li)
“Mirzo Ulugbek Innovation Center” axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni qo‘llab-quvvatlash innovatsion markazida dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchilarni xalqaro bozorda marketing jihatdan qo‘llab-quvvatlash ixtisoslashtirilgan xizmatlar hamda keyinchalik hududiy filiallarini yaratgan holda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish sohasida startaplar uchun tajriba texnoparki yaratish.