II. Ommaviy-madaniy, ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari
9.
Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan xalq saylini o‘tkazish.
Bunda, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar huzuridagi badiiy jamoalarning ishtirokini ta’minlash.
1. Xalq saylining dasturini ishlab chiqish.
2023-yil sentyabr
Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari
Toshkent shahar hoki?ligi, Madaniyat vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
2. Xalq saylini yuqori saviyada o‘tkazish.
3. Milliy madaniy markazlarning madaniy dasturlarini tayyorlash va bayram tadbirlarida ularning ishtirokini ta’minlash.
10.
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi milliy raqs ijrochilari respublika tanlovi;
“Iste’dodlar kamalagi” imkoniyati cheklangan iqtidorli yoshlar ko‘rik-tanlovi;
Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qo‘shiqchilari tanlovini o‘tkazish.
1. Reja-grafik asosida tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish.
2023-yil avgust oyidan boshlab joriy yil davomida
Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari
2. Tadbirlarni o‘tkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
11.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari tanlovini o‘tkazish.
1. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2023-yil avgust
Madaniyat vazirligiga madaniy tadbirlar uchun respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida
Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi
2. Tanlovga taqdim etilgan asarlarni saralash.
3. G‘oliblarni aniqlash va ularni tantanali ravishda taqdirlash, mazkur tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
12.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan:
Toshkent shahrida “Gastro-bazaar” xalqaro gastronomik festivali;
Farg‘ona viloyatida “Xalqaro kulolchilik va hunarmandchilik” forumi va ko‘rgazmasi;
Toshkent shahrida “Tandir fest 2023” pishirilgan go‘sht festivali;
Toshkent viloyatida “So‘qoq kabobi” gastronomik festivali;
Qashqadaryo viloyatida “Yoshlar turizmi” II qurultoyi;
Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida “Anor hosili” festivali;
Mo‘ynoqda “Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar” gastronomik festivalini tashkil etish va o‘tkazish.
1. Tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha reja-grafiklarni ishlab chiqish.
2023-yil avgust oyidan boshlab joriy yil davomida
Mahalliy budjet va mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari
3. Tadbirlarga dorbozlar, polvonlar, sirk jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, san’atkorlar, estrada xonandalari va baxshilarni keng jalb etish.
15.
Keyingi yillarda Mo‘ynoq tumanida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, aholi turmush tarzidagi ijobiy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirgan “Yangi Mo‘ynoq” kitob albomi taqdimotini o‘tkazish.
1. Kitob albom taqdimoti dasturi va ssenariysini tayyorlash.
2023-yil avgust
Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar hokimligi
2. Toshkent, Nukus shaharlari va Mo‘ynoq tumanida kitob taqdimotini o‘tkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
16.
Hududlarda mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan “Ma’naviyat festivali”ni o‘tkazish.
Barcha hududlarda aholining keng qatlamlari o‘rtasida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy anjumanlar, “uch avlod” uchrashuvlari, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar o‘tkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va san’at arboblaridan iborat targ‘ibot guruhlarini tashkil etish hamda ular faoliyat olib borishini ta’minlash.
1. Festivalni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
2023-yil avgust oyidan alohida reja asosida
Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Targ‘ibot guruhlarini shakllantirish.
3. Festival doirasida “Yoshlar kamolotiga mening hissam!” mavzuida har bir hududga “Kitob karvoni” tashkil etish.
4. Festivalni o‘tkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
17.
Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan “Ona diyor ranglar jilosida” rasmlar ko‘rik-tanlovini o‘tkazish.
1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
2023-yil avgust
“Ilhom” jamoat fondi mablag‘lari
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Ko‘rik-tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish va tadbirni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
18.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan eng yaxshi nasriy, she’riy va badiiy publitsistik asarlar respublika tanlovini o‘tkazish.
1. Tanlov shartlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish.
2023-yil iyul
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mablag‘lari
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
2. Tanlovga taqdim etilgan asarlarni saralash.
2023-yil avgust
3. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash va matbuotda keng yoritish.
19.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “O‘zbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida mamlakatimizda yashayotgan millat va elatlarning urf-odat va qadriyatlarini targ‘ib etishga qaratilgan madaniy tadbirlar uyushtirish.
1. Tadbir ssenariysi va dasturini ishlab chiqish.
2023-yil avgust
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning o‘z mablag‘lari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
2. Tadbirni o‘tkazish va ommaviy axborot vositalaridakeng yoritish.
20.
“Kitob aksiyasi” doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ta’lim tashkilotlariga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr qilingan badiiy adabiyotlarni beg‘araz yetkazib berish.
1. “Kitob aksiyasi” tadbirlarini tashkil qilish rejasini ishlab chiqish.
2023-yil avgust-sentyabr
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mablag‘lari
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Hududlarga yetkazib beriladigan kitoblar ro‘yxatini shakllantirish.
3. Tadbirlarni bayramona ruhda o‘tkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
21.
Quyidagilarni:
davlat va jamoat tashkilotlarida “Ma’rifat soati”ni;
ta’lim tashkilotlarida “Mustaqillik darslari”ni uyushtirish.
1. Ma’ruzalar matni, taqdimot va roliklarni tayyorlash.
2023-yil avgust-sentyabr
-
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
2. Tadbirlarni belgilangan muddatlarda tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
22.
“Najot — ta’limda, najot — tarbiyada, najot — bilimda” g‘oyasi asosidagi “Ma’rifat kuni” loyihasini amalga oshirish.
Bunda, taniqli yozuvchi va shoirlar, yosh ijodkorlarning ijodiy suhbatlari, bahru bayt aytishuvlar, otaxon va onaxonlarning tavallud kunlari munosabati bilan “Siz tug‘ilgan kun” aksiyalari, maqom va folklor qo‘shiqlari, musiqalar, amaliy san’at namunalari, xalq o‘yinlari, milliy liboslar ko‘rgazmalarini o‘tkazish.
1. Loyiha doirasida o‘tkaziladigan aksiya va tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
2023-yil sentyabr
Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning o‘z mablag‘lari
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yozuvchilar uyushmasi
2. Loyihani amalga oshirish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
3. Ijtimoiy tarmoqlarda xeshteglar va fleshmoblar o‘tkazish.
23.
Toshkent shahridagi Markaziy ko‘rgazmalar zalida taniqli rassomlarning san’at asarlari ko‘rgazmasini tashkil qilish.
1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
2023-yil sentyabr
-
Badiiy akademiya
2. Tadbirlarni o‘tkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
24.
Respublikamiz bo‘ylab “Milliy kino oyligi”ni o‘tkazish.
1. “Milliy kino oyligi”ning dasturini ishlab chiqish va tegishli tashkiliy tayyorgarliklarni amalga oshirish.
2023-yil sentyabr
Kinematografiya agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, boshqa manbalar
Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. “Milliy kino oyligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
25.
Davlat teatrlarida “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazish orqali eng sara spektakllar namoyishi va teatr ijodkorlari bilan tomoshabinlar o‘rtasida jonli muloqotlar tashkil etish.
1. “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
2023-yil 1-sentabr
-
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Spektakllar namoyishiga aholi, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish choralarini belgilash.
3. “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
26.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining tarixiy ahamiyati, mamlakatimizning rivojlanish istiqbollari mavzularida turkum ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil etish.
1. Mustaqillik mavzusiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv, eshittirish va materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
2023-yil iyul — sentyabr
Tashkilotchilarning o‘z mablag‘lari
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Fanlar akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
2. Teleradiokanallarda 2023-yil 1-sentabr kuni “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida mustaqillik telemarafonini o‘tkazish.
27.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi xiyobonlarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi harbiy orkestrlar tomonidan konsert dasturlarini tashkil etish.
1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
2023-yil avgust-sentyabr
Vazirliklar va idoralarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi
2. Konsert dasturlarini o‘tkazish.
28.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi elchixonalari, konsulliklarida bayramga bag‘ishlangan madaniy tadbirlar o‘tkazish.
Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
2023-yil sentyabr-oktyabr
Tashkilotchilarning o‘z mablag‘lari
Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi
29.
Mamlakatimizning chet davlatlardagi elchixonalarida hamda o‘zbekistonlik talabalar ta’lim oladigan oliy ta’lim tashkilotlarida “Mustaqillik kuni” tadbirlarini uyushtirish.
1. Tadbirlarni o‘tkazish reja-dasturlarini ishlab chiqish.
2023-yil avgust
Ijrochi tashkilotlarmablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning o‘z mablag‘lari
Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi
2. Reja-dasturlar asosida tadbirlarni tashkil etish.
30.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan umumxalq marafonini o‘tkazish.
1. Marafonni o‘tkazish rejasini ishlab chiqish.
2023-yil avgust-sentyabr
Ijrochi tashkilotlar mablag‘lari
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi
2. Marafonda aholining barcha q�tlamlari vakillarining ishtirokini ta’minlash.
3. Marafonni o‘tkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
31.
Mustaqillik tengdoshi bo‘lgan iste’dodli va intiluvchanyoshlar haqida “Yangi O‘zbekiston va men” mavzusida ijtimoiy roliklar tayyorlash va ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib etish.
1. Iste’dodli va intiluvchan yoshlar ro‘yxatini shakllantirish.
2023-yil avgust-sentyabr
-
Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi
2. Ularning erishayotgan yutuq va natijalari haqida ijtimoiy roliklar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.
32.
Yoshlar o‘rtasida velomarafon tashkil qilish.
1. Velomarafonni o‘tkazish rejasini ishlab chiqish.
2023-yil avgust
Ijrochi tashkilotlarmablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi
Mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlar o‘rtasida kurash, yugurish, futbol, voleybol sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish.
1. Musobaqalarni o‘tkazish reja-jadvallarini ishlab chiqish.
2023-yil sentyabr — dekabr
-
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish.
3. Musobaqalarni o‘tkazish va g‘oliblarni munosib rag‘batlantirish.
34.
Hududlardagi yirik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etish.
1. Ochiq muloqotlar o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish.
2023-yil avgust-sentyabr
-
Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Jadval asosida ochiq muloqotlarni o‘tkazish va ularda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2023-y., 07/23/241/0535-son)