O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasining
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasining TARKIBI
1.
A.N. Aripov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi
2.
O.K. Abdurahmonov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Respublika komissiyasi raisining o‘rinbosari
3.
X.M. Sultonov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi
4.
Q.Q. Quronboyev
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi
5.
Z.B. Mahkamova
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari
6.
Sh.B. Umurzakov
—
Toshkent shahar hokimi v.b., Respublika komissiyasi raisining o‘rinbosari
7.
O.A. Nazarbekov
—
madaniyat vaziri
8.
Sh.D. Kudbiyev
—
iqtisodiyot va moliya vaziri
9.
B.O. Saidov
—
tashqi ishlar vaziri
10.
B.N. Kurbanov
—
mudofaa vaziri
11.
P.R. Bobojonov
—
ichki ishlar vaziri
12.
A.H. Qo‘ldoshev
—
favqulodda vaziyatlar vaziri
13.
R.M. Jo‘rayev
—
Milliy gvardiya qo‘mondoni
14.
I.Y. Abdurahmonov
—
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
15.
X.U. Umarova
—
maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
16.
A.Sh. Inoyatov
—
sog‘liqni saqlash vaziri
17.
Sh.X. Shermatov
—
raqamli texnologiyalar vaziri
18.
A.I. Ikramov
—
yoshlar siyosati va sport vaziri
19.
B.A. Musayev
—
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri
20.
N.B. Sayfullayev
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining sho‘ba mudiri
21.
Q.M. Rafiqov
—
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi
22.
S. Turdiyev
—
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi
23.
B.S. Yuldashev
—
Fanlar akademiyasi prezidenti
24.
A.A. Xodjayev
—
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori
25.
R.J. Qurbonov
—
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi
26.
F.F. Abduholiqov
—
Kinematografiya agentligi bosh direktori
27.
A.Z. Sa’dullayev
—
Yoshlar ishlari agentligi direktori
28.
A.J. Xodjayev
—
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
29.
A. Ko‘chimov
—
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
30.
A.V. Nuridinov
—
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi
31.
M.M. Hojimatov
—
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari
32.
S.S. Saidov
—
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
33.
R.A. Abdullayev
—
O‘zbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi
34.
Sh. Qudratxo‘ja
—
O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi
35.
X. Salimov
—
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisining o‘rinbosari
36.
Lavozimiga ko‘ra
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari
37.
N. Xalbutayev
—
Vazirlar Mahkamasining departamenti mudiri v.b., Respublika komissiyasi kotibi
Izoh. Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan shaxslar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-241-son qaroriga
2-ILOVA
“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari
DASTURI
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Moliyalashtirish manbai
Mas’ul ijrochilar
I. Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar
1.
Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga (keyingi o‘rinlarda — Mustaqillik bayrami) bag‘ishlangan asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish.
1. Bayram tadbirining ssenariysi va dasturini tayyorlash.
2023-yil 5-avgust
Respublika budjeti,Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Bayram tadbiriga tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib borish.
2023-yil iyul-avgust
3. Bayram tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish.
2.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish.
1. Hududiy komissiyalar tarkibini shakllantirish.
2023-yil 5-avgustga qadar
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Bayramni yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
3. Chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash.
2023-yil sentyabr
3.
Markaziy ko‘chalar, xiyobonlar, madaniyat va istirohat bog‘lari va mahallalar hududini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan tasviriy targ‘ibot vositalari va boshqa bezaklar asosida badiiy bezatish.
1. Hududlarni bayramona bezatish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2023-yil avgust
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning o‘z mablag‘lari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi
2. Rejada belgilangan ishlarni amalga oshirish.
Reja asosida
4.
Tuman va shaharlardagi ko‘chalarda joylashgan LED ekranlarda “Istiqloling muborak, jonajon O‘zbekistonim!” mavzusidagi ijtimoiy roliklarni keng namoyish etish.
1. Ijtimoiy roliklar namoyish etiladigan LED ekranlar ro‘yxatini shakllantirish.
2023-yil avgust-sentyabr
Tashkilotchilarning o‘z mablag‘lari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlikl�ri, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiya agentligi
2. Mavzuga oid ijtimoiy roliklarni tayyorlash.
3. Ijtimoiy roliklarni LED ekranlar orqali keng namoyish etish.
5.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan hududlarda arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, ko‘chma savdo do‘konlarini tashkil etish.
1. Savdo yarmarkalari tashkil etiladigan bozorlar ro‘yxatini shakllantirish.
2023-yil avgust-sentyabr
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Bozorlarda 40 kunlik oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish.
6.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillari, “Mehribonlik” va “Muruvvat” uylari tarbiyalanuvchilari, “Saxovat” uylarida yashayotganlar, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularni har tomonlama e’zozlash tadbirlarini amalga oshirish.
1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
2023-yil avgust
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning o‘z mablag‘lari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy gvardiya, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
2. Belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
2023-yil avgust-sentyabr
7.
Madaniyat vazirligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.
1. Madaniyat vazirligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplash.
Bunda, ustamalar, moddiy rag‘batlantirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va boshqa to‘lovlar madaniyat vazirining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
2023-yil 1-avgustdan boshlab, joriy yil davomida
Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari, Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Ushbu maqsadlar uchun, istisno tariqasida, Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning foydalanilmagan qismini Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltirib borish.
8.
Mamlakatimizdagi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga “Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin!” matnli SMS-tabriklar jo‘natish.
Mamlakatimizdagi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga SMS-tabriklar jo‘natish bo‘yicha tashkiliy choralar ko‘rish.