2. Deviant, ya’ni me’yordan og‘uvchi hulq–atvor insonning keng ko‘lamdagi qilmishlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Og‘ish holati va me’yorning buzilish xususiyatlaridan kelib chiqib uning uchta darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Axloq va odob me’yorlaridan sezilarsiz darajadagi og‘ishlar; xususiy deviant hulq atvor;
2. Huquqiy me’yorlarning buzilishi, biroq bu holatda hulq – atvorning me’yoridan og‘ish unchalik sezilarli darajada bo‘lmasdan, jinoiy javobagarlikka tortish darajasida bo‘lmagan holatda aks etadi, sotsiologiyada bu ko‘rinish delikvent (no’maqul) hulq – atvor tushunchasi orqali ifodalanadi.
3. Huquqiy me’yorlarning jiddiy tarzda buzilishi jinoyatchilikka oid yoki kriminal hulq – atvor xisoblanadi.
Ushbu ko‘rinishda, jamiyatda omma tomonidan ma’qullanmaydigan barcha hulq – atvor me’yorlaridan og‘ish holatlari deviant hulq – atvor sifatida belgilanadi.
Deviant hulq–atvorni me’yorlar haqida tushunchaga ega bo‘lmasdan turib aniqlash mumkin emas. Tibbiyotda me’yor – bu butunlay sog‘lom insonni anglatadi; pedagogikada – barcha fan predmetlarini o‘zlashtirishga ulguruvchi o‘quvchini; ijtimoiy hayotda esa – jinoyatchilikning mavjud emasligini ifodalab beradi. Ushbu o‘rinda psixologik jihatdan me’yorni ko‘pchilik insonlarda mavjud bo‘lgan, bir qator xususiyatlar yig‘indisi sifatida, ya’ni hulq–atvor etaloni sifatida belgilash masalasi qiyin hisoblanadi.
Ijtimoiy me’yor quyidagi holatlarni o‘z ichiga oladi:
1.O‘rtacha, barqaror va massadan chiqib ketmaslik holati;
2. Atrof – muhitga ko‘proq moslashuvchanlik xususiyati.
Ijtimoiy me’yor ma’lum bir aniq jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayoni davomida qaror topgan choralar, chegaralar, ruxsat etilish intervali (erkin va majburiy) hulq – avtor asosidagi insonlar va ijtimoiy guruhlar va ijtimoiy tashkilotlarning faoliyatini ifodalab baradi. Biologik va fizik jarayonlarning tabiiy me’yorlari ijtimoiy me’yorlarlardan farq qilib, jamiyat faoliyati davomida insonlarning ob’ektiv xatti–harakatlari va bu holatlarning ongda adekvat va siqilgan tarzda aks etishi qonuniyatlari sifatida tarkib topadi.
Dostları ilə paylaş: |