1. Diagnostik mexanizm Diagnostika darajalari va tamoyillari



Yüklə 9,48 Mb.
səhifə1/2
tarix14.08.2023
ölçüsü9,48 Mb.
#139311
  1   2
LOGOPEDIK MASHG‘ULOTLARNI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISH FANIDAN


MAXSUS PEDAGOGIKA KAFEDRASI DEFEKTOLOGIYA –LOGOPEDIYA YO`NALISHI 402-GURUH TALAABASI JABBOROV MUHAMMADJONNING LOGOPEDIK MASHG‘ULOTLARNI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISH FANIDAN
MUSTAQIL ISHI.
MAVZU:
Diagnostik va metodik xulosalarni shakllantirish.
REJA:
1. Diagnostik mexanizm
2.Diagnostika darajalari va 
tamoyillari
Diagnostika – boshqaruv ma'lumotlarini olishning muhim vositasi sifatida Asl diagnostikadan tashqari ikkinchi muhim diagnostik mexanizm – bu monitoringdir. Monitoring – tizimli diagnostika, olingan natijalarni standart natijalar bilan solishtirish, chetlashishlarni aniqlash, tahlil qilish, daraja va sabablarni baholash, asosiy qarorlarni qabul qilish, qabul qilingan choralarning natijaviyligini baholash va korreksiyalashdir. Ekspertiza – eng murakkab va qiyin diagnostik mexanizm bo‘lib, unda diagnostika va monitoring alohida o‘rin egallaydi. Ekspertizaning muhim usullariga kuzatish, o‘tkazilgan diagnostika va monitoring natijalari bo‘yicha tuzilgan hujjatlar, chizmalar, jadvallar, diagrammalarni o‘rganish, savolnoma o‘tkazish, diagnostik kesimlar o‘tkazish va boshqa bir qator diagnostik usullar kiradi. 
Boshqaruv jarayonining texnologiyasi, shu jumladan metodik ishlarni boshqarish texnologiyasi, ma'lumotlarni tahlil qilish jarayoni sifatida 3 bosqichdan iborat:
– diagnostika– boshqaruv ob'ektining holati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yig‘ish;
– olingan ma'lumotlarni tahlil qilish;
– ta'sir etadigan ma'lumotni berish.
Shu tariqa aytish mumkinki,tizimli, asl va tezkor ma'lumot olishning eng asosiy vositasi bu pedagogik diagnostikadir.
Ta'lim muassasalarining ommaviy attestasiyasi o‘tkazilayotgan hozirgi paytda rahbarlarning boshqaruv faoliyati davlat-ijtimoiy ekspertizaning bosh ob'ekti sifatida maydonga chiqadi, diagnostika, monitoring va o‘zini- o‘zi ekspertizadan o‘tkazish esa umummaktab metodik ishlari tizimida alohida o‘rinni egallaydi.
Xulosa qilib aytganda, diagnostik yondashuv maktabning ichki metodik tizimida quyidagilarga imkon beradi:
– pedagoglarning individual-shaxsiy xususiyatlari va ehtiyojlarini ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishining barcha yo‘nalishlarida inobatga olish;
– pedagoglarning boshqaruv-metodik faoliyatining oraliq va yakuniy natijalarini xolisona baholash;
– ijodiy faoliyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirishning istiqbollarini aniqlash;
– pedagogik jamoaning metodik faoliyatini jadallashtirish orqali har bir pedagogning kasbiy o‘sish dasturini belgilab olish;
– metodik ishlarni tashkil etishda nafaqat kasbiy bilimlarni egallashdagi o‘zaro yordam muammosini, balki kichik ijodiy guruhlar, ilg‘or tajriba maktablarini tuzishda psixologik moslashuvning xususiyatlarini ham e'tiborga olish;
– pedagoglarning umummaktab va individual metodik ishlari bilan o‘z ustida ishlashi va rivojlanishi, dunyoqarashini boyitish ishlarining uzviy bog‘liqligini ta'minlash;
– maktab ichki boshqaruvi tizimining muhim va tarkibiy qismi bo‘lib hisoblangan ta'lim muassasasida metodik ishlarning muqobil rejalashtirilishini ta'minlash;
– har bir ta'lim muassasasi uchun muqobil mualliflik metodik tizimni loyihalashtirish va joriy qilish.
Demak, diagnostika va o‘zini-o‘zi diagnostika qilish zamonaviy diagnostika har bir pedagog va rahbarning faoliyatiga aniqlik kiritadi, ularni ta'lim-tarbiya va metodik jarayonni jadallashtirishga qaratilgan ko‘pgina amaliy vazifalarni hal qilishga yo‘naltiradi. Diagnostika qilish boshqaruv piramidasini ag‘darib tashlaydi va pedagog shaxsini uning kasbiy ehtiyojlari va talablari bilan birga birinchi ustunga chiqaradi.
Rahbarlar, pedagoglar va o‘quvchilar faoliyatining diagnostikasi va o‘zini-o‘zi diagnostika qilish muammolari boshqaruv, ta'lim-tarbiya berish hamda o‘qituvchi va rahbarlarning malakasini uzluksiz oshirish tizimi bilan bog‘liq masalalarni yechishda o‘ta dolzarb va ahamiyatli bo‘lib hisoblanadi.
Diagnostika bolalar va pedagog kadrlar bilan ishlarni tashkil etishda, ularni rivojlantirish va metodik ishlar tizimining samaradorligini oshirishda ilmiy yondashuvni ta'minlaydi.
Diagnostika va o‘zini-o‘zi diagnostika qilish
Pedagog tomonidan o‘qitish texnologiyasi ishlab chiqilayotgan vaqtda pedagogik diagnostika muhim o‘rin egallaydi. Birinchidan, innovasion texnologiyani ishlab chiqishda yoki qo‘llashda pedagogik tizimning boshlang‘ich holatini aniqlashdan boshlash zarur. Bu hol texnologiya maqsadlarining diagnostikligini ta'minlaydi, u esa o‘z o‘rnida pedagogik tizimning bitta rivojlanish bosqichidan yangisiga, yuqoriroq bosqichiga o‘tishini nazarda tutadi. Ikkinchidan, diagnostika pedagogik vazifani yechish bo‘yicha texnologik zanjirning yakuniy bosqichi bo‘lib hisoblanadi (L. F. Spirin). Diagnostika pedagogik ta'sirning ma'lum bir tizimga va qo‘llanilgan vositalarning samaradorligini baholashga ko‘rsatgan ta'sirini aniqlashga yo‘naltirilgan.
Pedagogik diagnostika pedagog kasbiy faoliyatining bosh-lan-g‘ich va yakuniy bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Chunki pedagogik diagnostika davriy tavsifga ega bo‘lib, u bitta pedagogik masalani yechish bilan chegaralanmaydi. Shuni e'tiborga olish kerakki, ma'lum bir pedagogik masalani yechishda asos qilib olingan pedagogik tizimning muvofiqligi pedagogik tizimga shu paytgacha ko‘rsatilgan ta'sirning natijasi bo‘lib hisoblanadi. Bu hol pedagogik diagnostikaning innovasion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilishda pedagog faoliyati tizimini tashkil etuvchi komponenti bo‘lib xizmat qilishini ta'kidlashga imkon beradi (L. N. Davidova).

Yüklə 9,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin