2
O‘quvchilarning bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi
Reja:
1. Reyting tizimining maqsadi va vazifalari.
2. Reyting tizimining nazorat turlari va ularni amalga oshirish.
3. O‘quvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting
ko‘rsatkichlarini aniqlash.
4. Reyting tizimining afzalliklari.
Mazkur mavzuni 2010-yil 25-iyundagi AV-2117-raqam bilan ro‘yxatga
olingan “5–9 -sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini
nazorat qilishning reyting
tizirmi to‘g‘risida”gi NIZOM asosida olib boramiz.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni
hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi
140-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi
Qaroriga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 5-9 sinf o‘quvchilarining
bilimlarini baholash va ularning reytingini aniqlash tizimini belgilaydi.
NIZOMning “Umumiy qoidalar”ida shunday deyiladi:
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 5 - 9-sinf o‘quvchilarining bilimlari
sifatini nazorat qilishning reyting tizimi Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim
standartining tarkibiy qismi hisoblanadi.
2. Reyting tizimi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
joriy etiladi va
mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
3. O‘quvchilarning bilimini baholash quyidan yuqoriga qarab ijobiy
baholash mezoni asosida amalga oshiriladi.
“Reyting” inglizcha so‘z bo‘lib, «baho», individual
koifitsiyent degan
ma’noni anglatadi. Shu paytgacha amaliy faoliyatda ko‘proq “siyosiy arboblar
reytingi” tushunchasini uchratganmiz. Lekin oxirgi paytlarda turli ta’lim
muassasalarida o‘zlashtirishni nazorat kilishning reyting
sistemasi joriy qilinishi
bilan “o‘quvchilar reytingi” termini ham kundalik hayotimizga keng miqyosda
kirib kelmokda.
O‘quvchilar bilimini reyting tizimi buyicha baholash g‘oyasi
3
o‘quvchilarning o‘qishda erishgan yutuq va muvaffaqiyatlarini
yaqqol taqqoslash
imkonini beradi. O‘z natijalarini boshqa o‘quvchilar qo‘lga kiritgan ballar miqdori
bilan doimiy solishtirib borish orqali o‘quvchi o‘z tayyorgarlik darajasini kuzatib
boradi. Kerak bo‘lgan taqdirda o‘zlashtirish tezligini
oshirish uchun imkon
yaratadi.
REYTING TIZIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Reyting tizimining maqsadi:
Davlat ta’lim standartida belgilangan talablarni
bajarilishida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma
va malakalarini xolisona
baholash, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish va reytingini
aniqlashdan iborat.