[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
PDF-faylidagi
rasmiy manba
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Qarori
5 — 9 SINF O‘QUVChILARINING BILIMLARI SIFATINI NAZORAT QILIShNING REYTING TIZIMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 25-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2117]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladilar:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 6-apreldagi 4-mh, 2-mh-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2117-1, 04.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son)
1. 5 — 9 sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror 2010-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri A. MARAXIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 8-iyun,
23-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2010-yil 8-iyun,
11/QQ-son
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010-yil 8-iyundagi 23 va 11/QQ-son qaroriga
ILOVA
5 — 9-sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 5 — 9-sinf o‘quvchilarining bilimlarini baholash va ularning reytingini aniqlash tizimini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 6-apreldagi 4-mh, 2-mh-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2117-1, 04.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 5 — 9-sinf o‘quvchilarining (keyingi o‘rinlarda o‘quvchilar deb yuritiladi) bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi (keyingi o‘rinlarda reyting tizimi deb yuritiladi) Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining (keyingi o‘rinlarda Davlat ta’lim standarti deb yuritiladi) tarkibiy qismi hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 6-apreldagi 4-mh, 2-mh-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2117-1, 04.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son)
2. Reyting tizimi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy etiladi va mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
3. O‘quvchilarning bilimini baholash quyidan yuqoriga qarab ijobiy baholash mezoni asosida amalga oshiriladi.
II. Reyting tizimining maqsad va vazifalari
4. Reyting tizimining maqsadi Davlat ta’lim standartida belgilangan talablarni bajarilishida o‘quvchilarning
bilimlari, ko‘nikma va malakalarini xolisona baholash, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish va reytingini aniqlashdan iborat.
5. Reyting tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:
a) o‘quvchilarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllanganligi darajasini nazorat qilish;
b) o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning doimiy ravishda darslarga tayyorgarlik bilan kelishini ta’minlash;
v) o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholashda haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholash prinsiplariga rioya etilishini ta’minlash;
g) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malaka saviyasini shakllanish sur’atini muntazam ravishda tahlil qilib borish;
d) o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalari darajalarini taqqoslash va ta’lim jarayonida o‘zaro musobaqa muhitini yaratish;
e) o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash, kasb tanlashga yo‘llash ishlarini mukammallashtirish;
j) o‘quvchilar bilimlari, ko‘nikma va malakalarini shakllanishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqlarning
oldini olish, ularni aniqlash va bosqichma-bosqich bartaraf etilishini amalga oshirish;
z) o‘quvchining to‘laqonli bilim olishi uchun unga eng maqbul pedagogik, didaktik, psixologik sharoitni yaratish;
i) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakaning mustahkamlab borilishini ta’minlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash, ruhlantirish va ilhomlantirish.
III. Reyting tizimining nazorat turlari va ularni amalga oshirish
6. O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
joriy nazorat — so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar tarzida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalari
muntazam nazorat qilinadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 6-apreldagi 4-mh, 2-mh-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2117-1, 04.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oraliq nazorat — chorak tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida o‘tkaziladi. Ushbu nazoratda foydalaniladigan materiallar o‘quv fani o‘qituvchisi tomonidan tayyorlanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 6-apreldagi 4-mh, 2-mh-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2117-1, 04.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son)
Oraliq nazoratda nazorat ishlarining miqdori va mavzulari o‘quv dasturiga asoslangan mavzuiy rejada belgilanadi hamda muddati va shakli ko‘rsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
bosqichli nazorat — o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin og‘zaki, yozma imtihon hamda test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va o‘quvchini navbatdagi sinfga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 6-apreldagi 4-mh, 2-mh-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2117-1, 04.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son)
Bosqichli nazorat materiallari namunalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi. Nazorat ishlari materiallari namunalariga ijodiy yondashgan holda o‘quv fani o‘qituvchilari bosqichli nazorat materiallariga o‘zgartirishlar kiritishi va ularni uslubiy birlashmalar muhokamasidan o‘tkazib,
joriy etishlari mumkin;
yakuniy nazorat — o‘qish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi shaklida o‘tkaziladi.
IV. O‘quvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash
7. Reyting tizimida o‘quvchining har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
8. Har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, besh (5) ballik (“5”, “4”, “3”, “2”, “1”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
O‘quvchilarning har bir nazorat turi bo‘yicha bilimini baholash va reyting ko‘rsatkichini aniqlash ularning o‘quv fani mavzusi bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi, mavzuning mohiyatini tushunib yetishi va aytib bera olishi, olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi, mustaqil mushohada yurita olishi, ijodiy fikrlay olishi va xulosa qabul qila olishi, masalalar hamda mustaqil ishlarni bajarishi kabi mezonlarga qarab amalga oshiriladi.
9. Haftasiga 1 soatdan ortiq o‘qitiladigan o‘quv fanlari bo‘yicha:
chorak davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida choraklik baho;
choraklik baholar va bosqichli nazoratda olingan ball asosida yillik baho aniqlanadi.
Bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik baholar choraklik baholarga qarab belgilanadi.
10. Haftasiga 0,5 va 1 soat o‘qitiladigan o‘quv fanlari bo‘yicha:
yarim yil davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida yarim yillik baho;
yarim yillik baholar va bosqichli nazoratda olingan ball asosida yillik baho aniqlanadi.
Bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik baholar yarim yillik baholarga qarab belgilanadi.
11. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun choraklik (yarim yillik)
baholar asosida yillik baho, shuningdek yakuniy nazoratda olingan ball va yillik baho asosida yakuniy baho aniqlanadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilanmagan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik baho yakuniy baho hisoblanadi. Yakuniy baholar bitiruvchiga beriladigan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga qayd etiladi.
12. Baholash o‘quvchini sinfdan-sinfga o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
O‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazish ijobiy baho olgan taqdirda amalga oshiriladi. Maktab pedagogika kengashi qarori bilan o‘quvchilar qoniqarsiz baholar bilan sinfdan-sinfga o‘tkazilishi mumkin.
13. O‘quvchi uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar yillik bahodan norozi bo‘lsa, unga maktab pedagogika kengashi tomonidan tuziladigan tegishli fan komissiyasiga (ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar ishtirokida, agar ular shuni xohlasalar) imtihon topshirish imkoni beriladi. Qayta imtihon topshirishga barcha ko‘chirish sinflarida (bitiruv sinflari bundan mustasno) faqat joriy o‘quv yilida o‘qitilgan fanlar bo‘yicha ruxsat beriladi.
14. O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi baholashga oid bahsli vaziyatlar Maktab pedagogika kengashi a’zolaridan iborat tarkibda bahsli masalalar komissiyasi tomonidan hal etiladi.
15. O‘quvchilarning o‘quv yili davomida nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda yillik (yakuniy) baholari asosida har bir o‘quv fanidan yillik reyting ko‘rsatkichi aniqlanadi:
Bunda o‘quvchining yillik (yakuniy) bahosi:
“5” bo‘lganda — 86, 90, 95 va 100 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri;
“4” bo‘lganda — 71, 75, 80 va 85 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri;
“3” bo‘lganda — 56, 60, 65 va 70 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri qo‘yiladi.
Yillik reyting ko‘rsatkich ballari yuqorida qayd etilgan ballardan iborat bo‘lib, uni belgilashda boshqa raqamlardan foydalanilmaydi, minimal 55 ball bundan mustasno.
Agar o‘qituvchi o‘quvchining yillik reyting ko‘rsatkich balini 56 balldan kamligini e’tirof etsa, u holda o‘quvchining yillik reyting bali minimal 55 ball etib belgilanadi.
16. O‘quvchining yillik reyting ko‘rsatkich ballarini aniqlash usuli o‘quv fani xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘qituvchi tomonidan belgilanadi.
17. O‘quvchilarning nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda choraklik (yarim yillik) va yillik (yakuniy) baholari, shuningdek, yillik reyting ko‘rsatkich ballari sinf jurnaliga qayd etiladi.
18. O‘quvchining choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholari va yillik reyting ko‘rsatkich ballari uning tabelida qayd etiladi.
V.
Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
19. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha kelib chiqqan nizolar qonunchilik hujjatlari asosida hal qilinadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 26-27-son, 215-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)