1. Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning fiziologik mexanizmlari



Yüklə 20,14 Kb.
səhifə3/6
tarix21.12.2023
ölçüsü20,14 Kb.
#187470
1   2   3   4   5   6
13-Mavzu Diqqat haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asosla-fayllar.org

4.Diqqatning xususiyatlari.

Odamning diqqati bir qancha xususiyatlariga ega bo’lib, ulardan asosiylari-diqqatning bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning bo’linuvchanligi. Diqqatning bo’linishi deganda, biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratilishini tushunamiz. Agar diqqatimiz faqat bitta narsaga qaratilgan bo’lsa, ya’ni diqqatimiz faqat bitta narsa ustida to’plangan bo’lsa buni konsentratsiyalashgan (to’plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksicha, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo’lsa, buni bo’lingan (taqsimlangan) diqqat deb yuritiladi.

Diqqatning bo’linishi har kimda har xil bo’ladi. Buning sababi shundaki, diqqatning yengillik bilan bo’linishi diqqatimiz qaratilgan narsalarning ilgaridan bizga qanchalik tanishligi bilan bog’liqdir.

Diqqatning ko’chuvchanligi. Odamning diqqati har doim bir narsada ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatidan boshqa bir faoliyatiga ko’chib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning ko’chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning ana shu yuqorida ko’rib o’tgan asosiy xususiyatlari odamning (shu jumladan bolalarning ham) barcha turdagi faoliyatlari uchun juda kerakli xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi turli-tuman o’zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga tug’ma ravishda, ya’ni irsiy yo’l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog’idan boshlab turli faoliyatlar- o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi.


Diqqatning ko’lami. Odamlar o’z diqqatlarining ko’lami jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko’lami keng bo’lsa, boshqa bir odamlar diqqatining ko’lami torroq bo’ladi. Diqqatning ko’lami ayni bir vaqtda odamning idrokiga sig’ishi mumkin bo’lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratilgan narsalardan qanchasini ongimizga sig’dira olishimiz diqqatning ko’lamini tashkil etadi. Diqqatning ko’lami odatda taxistoskop degan maxsus asbob bilan belgilanadi. Diqqat ko’lamining keng bo’lishi odamning turmush tajribasi va mashq bilan bog’liqdir.


Diqqatning barqarorligi bu diqqatni muayyan maqsadaga buysindirilgan faoliyatda uzoq vaqt markazlashtirib turilishidir. Diqqatning barqarorligi ishda umumiy maqsadga intiluvchanlik saqlangan holda ob’yektlar va faoliyat xarakterining almashinib turishini talab qiladi. Diqqat barqarorligini yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha shartlariga rioya qilish o’quvchilarning o’quv ishlari jarayonida chalg’ishlarini bartaraf qilish uchun juda muhimdir. Chalg’ish – diqqatning barqarorligiga qarama-qarshi bo’lgan holatdir. Bu diqqatning zarur faoliyatdan ixtiyorsiz ravishda chetga ogishi demakdir. Diqqatning barqarorligini uning ko’chuvchanligini va turlicha tebranishi bilan birgalikda o’rganish va tarbiyalash lozim. Diqqatning ko’chishi bu faoliyat maqsadining o’zgarishi bilan diqqatning bir ob’yektidan ikkinchisiga o’tishi demakdir. Masalan, dars davomida o’quvchilar o’qituvchining tushuntirishini eshitib turib, asta-sekin diqqatlarini masalani yechishga bir o’quvchi masalasini yechib turib, boshqasiga ko’chiradilar va xokazo. Diqqatning ko’chuvchanligi va chalg’ishini uning beqarorligi bilan chalkashtirish mumkin emas. Bir necha minut davomida diqqat bilan soatning chiqirlashini eshiting yoki tomir urishini sanab ko’ring biroz vaqtdan keyin diqqatiningiz bir necha chiqirlashni tushurib qoldiradi, ya’ni tebrana boshlaydi. Diqqatning tebranishi bu diqqatning muayyan ob’yektga yana qaytishi yoki kuchayishiga bog’liq holda vaqt-vaqti bilan qisqa muddatli chalg’ishi yoki bo’shashidir.

Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A. A. Uxtomskiy tomonidan kiritilgan. Uning isbotlashicha, D. orqa miyadan tortib to bosh nerv markazlarining ishlash prinsipini tashkil qiladi. Domiianta diqqatning fiziologik asosidir.


Yüklə 20,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin