1. Diqqat xajmi Diqqatning boshqa psixik hodisa va jarayonlar bilan taqqoslash



Yüklə 34,78 Kb.
səhifə4/5
tarix19.10.2023
ölçüsü34,78 Kb.
#157275
1   2   3   4   5
Diqqat xajmini o’lchash

Xarakat xotirasi – turli xildagi ish-xarakatlar va ularning sistemasini esda olib qolish, esda saqlash, yana qayta esga tushirishdan iboratdir.
Emotsional xotira – xis – tuyg`uga hos xotiradir. Xis – tuyg`ular hamisha bizga extiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotgani, bizning tevarak – atrofdagi olamga munosabatimiz qanday yo`lga qo`yilganligi xaqida xabar berib turadi. SHuning uchun ham xissiy xotira xar bir kishining xayoti va faoliyatida muxim ahamiyatga egadir.
Obrazli xotira tasavvurlarni, tabiat va xayot manzaralarini, shuningdek, tovushlarni, xidlarni, ta’mlarni esda olib qolishdan iborat xotira xisoblanadi. U ko`rish, eshitish, xid bilish, ta’m bilishga oid xotiradir.
So`z – mantiq xotira bizning o`y – fikrlarimiz mazmunini tashkil etadi. Fikrlar esa nutqsiz mavjud bo`la olmaydi, shuning uchun ham ularga oid xotira ham shunchaki mantiqiy deb emas, balki so`z – mantiq xotira deb ataladi.
Xotirani ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo`lgan edik. Biron narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad qo`ymagan xolda esda olib qolish va yana qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deb ataladi. Oldimizga bironta maqsad qo`yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira bo`ladi.
Uchinchi gurux xotiraga qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotiralar kiradi. Qisqa muddatli xotira materialni ko`p martalab takrorlash va qayta esga tushirishlar orqali uzoq vaqt esda olib qolinishi bilan ajralib turadigan uzoq muddatli xotiradan farqli o`laroq, bir martagina juda qisqa vaqt maboynida eslab qolish bilan belgilanadi.
Operativ xotira tushunchasi kishi tomonidan bevosita amalga oshiralayotgan dolzarb vazifalar, xarakatlar, ishlarga xizmat qiladigan mnemik jarayonlarni anglatadi. Qachonki biz biron murakkab xarakatni, misol uchun arifmetik amalni bajarayotgan bo`lsak, u xolda, uni qismlarga bo`laklarga ajratgan xolda bajaramiz. Bunda ishni bajarish davomida ayrim oraliq natijalarni «yodimizda» saqlab boramiz. Xotira jarayonlari, esda olib qolish, esga tushirish, esda saqlash, unutish.

Yüklə 34,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin