Mahsulot uchun soliqlar rezident birliklar
tovar yoki xizmatni ishlab
chiqarganda va uni sotganda mahsulot birligiga nisbatan bevosita va yashirin
to’lanishi lozim bo’lgan (to’langan emas) soliqlar miqdoridan iborat. Ular
tarkibiga
qo’shilgan qiymat, aksiz, mahsulot narhiga ustama va qo’shimchalar va yashirin
soliqlar kiradi.
Mahsulot uchun subsidiyalar rezident birliklariga davlat byudjeti tomonidan
tovar yoki xizmatni ishlab chiqarganda yoki uni sotganda mahsulot birligiga
nisbatan bevosita va yashirin to’lanishi lozim bo’lgan (to’langan emas)
subsidiyalar miqdoridan iborat.
Sof foyda nomoliya, moliya, davlat boshqaruv idoralari va uy xo’jaligiga
xizmat
ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlarning birlamchi daromadi hisoblanadi.
Mulk uchun daromad deganda, - institutsion birliklarning boshqa birliklar
iqtisodiy faoliyatida o’zlariga tegishli bo’lgan moliyaviy va ishlab chiqarilmagan
aktivlari bilan qatnashganliklari natijasida ega bo’ladigan
daromadlarini
tushunamiz.
Transfertlar - bir tomonlama iqtisodiy operatsiyalardan iborat. Bu
operatsiyalar orqali bir institutsion birlikning boshqa institutsion birliklarga tovar
va xizmatlarni, moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarni, egalik huquqini bepul berish
jarayonlari aks ettiriladi.
Transfertlar pul va natura holatida berilishi mumkin.
Pul holatidagi
transfertlar bir birlikning ikkinchi birlikka naqd pul
yoki hisob raqamiga pul
o’tkazish yo’li bilan bergan pul miqdoridan iborat.
Natura holatidagi transfertlar
deganda, bir birlikning ikkinchi birlikka evaziga hech narsa olmay, tovar va
aktivlarni berish, hamda xizmatlarni ko’rsatish jarayoni tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: