1. Dj Xiksning daromad haqidagi ta’limoti mhtdagi daromad ko’rsatkichlari



Yüklə 221,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix23.06.2023
ölçüsü221,44 Kb.
#134570
1   2   3
1. Dj Xiksning daromad haqidagi ta’limoti mhtdagi daromad ko’rsa

Joriy transfertlar qatoriga quyidagilar kiradi: daromad va mulk uchun 
joriy soliqlar; sotsial sug’urta ajratmalari; sotsial to’lovlar; sug’urta mukofotlari va 
qoplamalari; turli qayta taqsimlash to’lovlari(jarimalar, nafaqalar, insonparvarlik 
yordamlari, a’zolik badallari, xayr-ehson va x.k.). 
 
3. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish 
statistikasi 
Milliy daromad mamlakat rezident birliklarining hisobot davrida yaratgan 
daromadlarining yig’indisidan iborat. Bu ko’rsatkich mamlakat miqyosida 
hisoblanganligi uchun uni odatda agregat ko’rsatkich deb yuritiladi. 
Milliy daromad agregati mamlakatdagi barcha rezident birliklarning olgan 
birlamchi daromadlarining yig’indisidan iborat bo’lib, bu agregat yalpi va sof 
usullarda, ya’ni asosiy kapitalning iste’moli ko’rsatkichi qo’shilgan yoki 
qo’shilmagan holda hisoblash mumkin. Yalpi ichki mahsulot(YAIM) va YAMD 
ko’rsatkichlari bir-biridan rezident birliklarning tashqi dunyodan olgan va bergan 
birlamchi daromadlarining saldosiga farq qiladi. Bu holatni bunday ifodalash 
mumkin: 
YAMD = YAIM+CHEBDS yoki SMD =SIS+CHEBDS 
Mamlakat miqyosida barcha iqtisodiyot sektorlarining ixtiyordagi 
daromadlari yig’indisi milliy ixtiyordagi daromad(MID) deyiladi. Bu YAIM va 


YAMD agregatlari kabi muhim agregatlardan hisoblanadi. Bu agregat ham 
yalpi(YAMID) va sof(SMID) usullarda hisoblanadi. Tashqi dunyodan olingan va 
tashqi dunyoga to’langan joriy transfertlar o’rtasidagi farq tashqi dunyo joriy 
transfertlar saldosi (TDJTS) deyiladi. U musbat yoki manfiy bo’lishi mumkin. 
YAMID va YAMD o’rtasida quyidagi munosabat o’rinli:
YAMID = YAMD + TDJTS

Yüklə 221,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin