Burchoq (Lathyrus sativus L.) — dukkakdoshlarga mansub bir yillik oʻsimlik. Poyasi 4 qirrali, bargi juft patsimon, murakkab, gullari zangori, pushti, qizil, binafsha. Dukkaklari uzunchoq va bir oz yassi, 4—7 urugʻli. Oʻzbekiston hududida yovvoyi holda ham oʻsadigan 12 turi koʻp uchraydi. B. asosan yemxashak ekini boʻlib, don, koʻkpoya, pichan olish va silos bostirish hamda chorvani oʻtlatish uchun ekiladi. Uning donlarida oqsil moddasi noʻxat va oʻris noʻxatga nisbatan koʻp boʻladi. Urugʻida 2430% oqsil, 0,81,5% moy, 5055% kraxmal, 3—6% kletchatka, 2,1 — 4% kul bor.
B. juda toʻyimli ozuqa. Tuproqda azot toʻplovchi oʻsimlik. Rossiyaning Yevropa qismida, Gʻarbiy Sibirda, Ukraina jan.da, Qozogʻistonda ekiladi. Gektaridan 35—50 s don, 100 s toʻpon (somon) beradi. Koʻk oʻt hosili 300 s atrofida.
lyupin (lupinus), lupin, boʻri dukkagi — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtsimon usimliklar turkumi, yem-xashak, siderat va manzarali ekin. Shim. va Jan. yarim sharning moʻʼtadil poyaslarida 100 ga yaqin (ayrim maʼlumotlarga kura, 200 dan ortiq) turi usadi. Deh-qonchilikda 10 dan ortiqturi maʼlum. L.ning vatani — Oʻrta Yer dengizi sohillari va Shim. Amerika. 4 turi — bir yillik turlaridan — ingichka bargli yoki kuk L. (L. angustifolius), sariq L. (L.luteus), oq L. (L. albus), shuningdek, kup yillik turidan serbarg n.(L.polyphyllus) ekiladi. Bu turlar barg shakli, gullarining rangi va kat-ta-kichikligi hamda urugʻlarining mayda yoki yirikligi bilan bir-biridan farq qiladi. Ingichka bargli L. Yevropaning Shim. mintaqalarida, sariq va oq L. Markaziy Rossiyada, tukli L. (L. pilosus) Gruziyada ekiladi. Oʻzbekistonda kolleksiya ekinzorlarida ustiri-ladi. Ildizi oʻqildiz. Poyasi utsimon, shoxlanadi, balandligi 1,5 m gacha boradi. Bar-gi panjasimon, yirik, bandli. Toʻpguli shingil. Sariq L. guli xushboʻy. Turlariga qarab gulining rangi har xil. Mevasi koʻp urugʻli dukkak. Oʻsuv davri 80—155 kun. Issiklikka talabchan. Ingichka bargli. L. maysasi —6° sovuqqa chidamli. Hamma turlari namsevar, uzun kunli. Shonalash davrida tez usadi. L. doni tarkibida, turlariga karab, 30— 40% oqsil va 5—20% yog , A, V, S, vitaminlari, bargida, poyasida va donida 1—2% zaharli alkaloidlar (lyupi-nin, lyupinidin, spartein, lyupanin) bor. L.ning alka loidi kam boʻlgan ozuqabop navlari 20-asrning 30-yillarida yaratilgan.
Kishilar qadimdan (mil.dan 2000-yil oldin) L.dan foydalanib keladilar. Dastlabki davrda L. ovqatga ishlatiladigan va mollarga beriladigan doni uchun ekilgan. Keyinchalik undan koʻkat oʻgʻit tarzida foydalanilgan. Bir yillik L. koʻkat uchun oddiy qatorlab, urugʻ olish uchun keng qatorlab (qator orasi 45 sm) ekiladi. Hosildorligi koʻkpoya boʻyicha 100—120 t/ga, doni boʻyicha 34— 35s/ga.
Koʻp yillik va bir yillik L.ning ayrim navlari manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.
Soya - ovqatda, texnikada, konserva tayyorlashda, sut va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda, yem-xashak maqsadida foydalaniladi. Donining tarkibida 30-52 % oqsil, 17-27 % yog‘, 20 % karbon suvlari bо‘ladi. Soyaning oqsili yuqori sifatli, suvda tо‘la eriydi, yaxshi hazm bо‘ladi. Soya donidan yog‘, margarin, pishloq, sut, un qandolat mahsuloti ishlab chiqiladi, yog‘i lak bо‘yog‘ sanoatida, sovun ishlab chiqarishda keng qо‘llaniladi. Soyaning vatani Janubiy-sharqiy Osiyo, Xitoyda, Hindistonda, Koreya, Yaponiya, Indoneziyada kо‘p tarqalgan. Yer yuzida don-dukkakli ekinlarning orasida birinchi о‘rinni egallaydi va 62 mln.ga maydonga ekiladi.
О‘zbekistonda 10 ming.ga atrofida ekiladi. Takroriy ekin sifatida maydoni kengaytiriladi. О‘zbekistonda 15-40 s.ga hosil olinmoqda.
Don o‘lchamlarining bir xilligi ularning sifatini baholashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Donlar o‘lchamlari bo‘yicha qanchalik darajada bir xil bo‘lsa, ulardan tayyorlanadigan yorma, un mahsulotlarining sifati shuncha yuqori bo‘ladi va qayta ishlash natijasida chiqadigan chiqimlar ham kam bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun don ma’lum o‘lchamlarga ega bo‘lgan elaklarda elanadi.