1. Dukkakli don ekinlarining umumiy tavsifi; Nо‘xat va kо‘k nо‘xat; Loviya va mosh



Yüklə 41,63 Kb.
səhifə3/6
tarix21.12.2023
ölçüsü41,63 Kb.
#187655
1   2   3   4   5   6
4-маъруза

Loviya (Phaseolus) — dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar, lianalar, chala butalar turkumi; dukkakli don ekini. Tropik va subtropiklarda, asosan, Amerikada 200 dan ortiq turi uchraydi. Jahon dehqonchiligida Loviyaning oddiy Loviya (P. vulgaris) turi (vatani — Markaziy va Jan. Amerika) eng koʻp tapqalgan. Shuningdek, koʻpgulli Loviya, lima L. si, ingichka bargli Loviya, osiyo L. si, adzuki Loviya, guruchsimon Loviya va b. turlari ham ekiladi. Yer yuzida Loviya ekiladigan maydonlar 22 mln. ga (1999). Hindiston, Braziliya, Xitoyda katta maydonlarda yetishtiriladi. Oʻzbekistonda qadimdan oddiy Loviya ekiladi. Ildizi — oʻq ildiz, yaxshi rivojlanadi, tuproqqa 1,5—2 m chuqurlikkacha kirib boradi. Ildizida tuganaklar rivojlanadi. Poyasi oʻtsi-mon, shoxlanadi, ayrim turlari chirmashib, 3—4 m gacha yetadi. Bargi murakkab, toq, patsimon, uch boʻlakli. Guli ikki jinsli, barg qoʻltiqlarida bittadan yoki shingil toʻplam hosil qilib joylashadi. Mevasi dukkak, rangi och pushti yoki toʻq jigarrang, kora. Dukkagida 6—12 ta urugʻ boʻladi. Urugʻi buyraksimon, rangi oq, sariq, pushti va b. rangda. 1000 donasi 50—370 g.

Mosh (Phaseolus aureus) — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik dukkakli ekin; loviya turlaridan biri. Hindiston, xitoy va eron kenja turlariga boʻlinadi. Moshning vatani — Janubiy-Gʻarbiy Osiyo, miloddan avvalgi 4-3 ming yillikda ekila boshlagan. Hozir mosh Oʻrta Osiyoda, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Eron, Xitoy, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Oʻq ildizi tuproqqa 1,5 metrgacha kirib boradi, azot toʻplaydigan tuganaklar hosil qiladi. Sershox poyasi 20-100 sm yoyilib, tik yoki chirmashgan holda oʻsadi, barglari keng, yirik. Urugʻi sariq, yashil va qora; 1000 dona urugʻi vazni 40-80 g. Oʻzbekistonda doni bahorda ekilgani 85—95, yoz oxirida ekilgani 60—65 kunda yetiladi. Hosil dukkaklarining 75—80% pishganda yigʻiladi. Doni tarkibida 24— 28% oqsil, 46—50% kraxmal, 2—4% moy va vitaminlar bor. Mosh oziq-ovqatda qoʻllaniladi, oson hazm boʻladi, unidan makaron tayyorlashda foydalaniladi. Koʻkati chorvachilikda toʻyimli ozuqa, poyasidan silos bostirish mumkin.

Yüklə 41,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin