1. Dukkakli don ekinlarining umumiy tavsifi; Nо‘xat va kо‘k nо‘xat; Loviya va mosh



Yüklə 41,63 Kb.
səhifə6/6
tarix21.12.2023
ölçüsü41,63 Kb.
#187655
1   2   3   4   5   6
4-маъруза

Don rangi. Qishloq xo’jaligida donlarning rangi ularning asosiy sifat ko’rsatkichlari hisoblanadi . Chunki ranga qarab juda ko’plab ma’lumotlar olish mumkin bo’ladi (masalan: don tuplamining turi , navi , bir xillig ) kabi ko’rsatgichlar aniqlanadi . Har bir donning rangi o’ziga xos bo’lgan rang qo’shimcha yaltiroqlik, chiziqlar va boshqa ko’rsatkichlarni o’zida aks ettiradi. Don rangi standartlarga mos kelishi kerak. Don rangi standartlar yoki namunalarga solishtirish yo’li bilan aniqlanadi.
Zichlik (kg/m3) donning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi va bu ko‘satkich donning strukturasi, to‘liqlig‘i, pishib etilganlik darajasi va boshqa ko‘satkichlariga bog‘liq bo‘ladi. Puch donda endosperma miqdori kam bo‘lganligi uchun ham ularning zichligi nisbatan kichik bo‘ladi. To‘liq pishib yetilgan donlarning zichligi pishib yetilmagan donlarning zichligiga nisbatan birmuncha yuqoriroq hisoblanadi .
Hidi. Don o’ziga xos hidga ega bo’ladi. Agar donda o’zgacha hid bo’lsa u donning buzilganligi, yomonlashganligidan dalolat beradi. Donda begona hidlarning yuzaga kelish sabablariga kelsak asosan tashqi muhitdagi har xil moddalar ya’ni bug’ va gazlar yutishi natijasida yoki don bilan aralashma holatda bo’lgan boshqa urug’lar , organik aralashmalar har xil zarakunandalar sababli yuzaga kelishi mumkin.
Donning shishasimonlik darajasini aniqlash. Agar donlar kesimining yuzasi butunlay shishasimon yoki shishasimonligi kesimi yuzasining 1/4 qismidan kichik bo‘lsa bunday donlar shishasimon donlar deb yuritiladi. Unsimon donlarda esa kesimi, batamom unsimon yoki kesimining 1⁄4 qismidan kami shishasimon bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich bug‘doy, arpa, makkajo‘xori va guruch donlarida aniqlanadi. Standart talabi bo‘yicha bug‘doy donlari shishasimonlik ko‘rsatkichi asosida kichik tiplarga bo‘linadi.
Ta’m. Har tomonlama sog’lom bo’lgan don o’ziga xos ta’mga ega bo’lib ko’pincha chuchuk yoki biroz shirin ta’mda bo’ladi . Ta’m ko’rsatkichini aniqlashda 100 g dondan foydalaniladi. Don ta’mi toza va maydalangan donda aniqlanadi . 100g don keltirilib tozalanadi va tegirmonda maydalanadi, so’ng 2 g.dan chaynaladi. Har aniqlashdan oldin va keyin og’iz yaxshilab chayilishi kerak bo’ladi. Don ta’mini aniqlash boshqa organoleptic ko’rsatkichlar bo’yicha donning soflik darajasini aniq belgilash imkoni bo’lmagan hollarda o’tkaziladi va o’rganiladi.
Yüklə 41,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin