Noʻxat (Cicer) — dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimlik turkumi, dukkakli don ekini. 30 dan ortiq, asosan, koʻp yillik turlari Yevrosiyo, Shimoliy va Sharqiy Afrikada uchraydi. Juda qadimdan bir yillik madaniy turi (C. arietinum) Hindiston, Italiya, Ukraina janubi, Zakavkazye, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Gretsiya, Bolgariya, Misr, Jazoir, Turkiya va Eronda ekiladi. Madaniy N.ning ildizi —oʻq ildiz (100—150 sm). Poyasi oʻtsimon, tik oʻsadi, dagʻal, qovurgʻali, sershox, tukli, balandligi 30—70 sm. Bargi murakkab, toq patsimon. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, mayda. Rangi oq, sariq, sargʻish-yashil, och-pushti va koʻk. Mevasi — dukkak, dukagida I—2 ta, goho 3 ta don boʻladi. 1000 ta urugʻining vazni 220—300 g, gohida 600 g gacha boradi. Donining rangi oq, pushti, toʻq-sariq. N. gʻovak, qumoq, yengil shoʻrlangan tuprokli yerlarga ekiladi. Qora, boʻz, kashtan tuproqlarda moʻl hosil beradi. N. issiqsevar, yorugʻsevar, baxrri ekin. Boshqa dukkakli ekinlarga nisbatan qurgʻoqchilik va shoʻrga chidamli, urugʻi 2—5° haroratda unib chiqadi, past haroratda sekin oʻsadi. Maysasi bahorgi — 6°dan —8°gacha qorasovuklarga chidaydi. N. gullash va mevasi shakllanish davrida issiklikka talabchan. Namlik meʼyordan ortiq boʻlsa kasallanadi, shona va guli toʻkiladi. Oʻzidan changlanadi. Oʻsuv davri 70—190 kun. N. do-nidan yorma, ayniqsa, oʻzbek pazandachiligida har xil taomlar, qandolat mahsuloti tayyorlanadi, unidan non yopiladi (bugʻdoy uniga YU—20% qoʻshiladi), surrogat kofe ishlab chiqariladi. Doni tarkibida 19—33% oqsil, 4-7% moy, 0,2-4,0% kul, 48-61% azotsiz moddalar, 2—12% klechatka, vi-taminlar hamda aminokislotalar mav-jud. N. bugʻdoy va gʻoʻza uchun yaxshi oʻtmishdosh hisoblanadi. Bir mavsumda bir gektar yerda N. ildizlari 50–70 kg sof modda hisobida azot toʻplaydi.
Ko‘k no‘xat — oziq-ovqatda va mollarga ozuqa tayyorlashda qo‘llaniladi. Urug‘ida 20-26 % oqsil bo‘ladi. Urug‘i to‘yimli ozuqa 1 oziq birligiga 120-185 gr oqsil to‘g‘ri keladi. Sabzavot konserva ishlab chiqarishda (ko‘k no‘xat) qo‘llaniladi. Silosning sifatini oshirish uchun qo‘shiladi. Ko‘k no‘xat 70-100 kg azot to‘playdi, tuproqda organik modda ham qoldiradi (ildiz, poya, barg).
Dostları ilə paylaş: |