Vika (Vicia L.) — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir va kо‘p yillik о‘simliklar turkumi, yem-xashak ekini. Yevropa, Osiyoning Shimoliy-Sharqiy mintaqalari, Shimoliy Afrika, Janubiy Amerikada tarqalgan 150 ga yaqin turi bor. 12 turi ekiladi. Ekma Vika vatukli Vika turlari don, kо‘k о‘t, silos, senaj olish uchun ekiladi. Ekma Vika (Vika sativa) bir yillik bahori, tukli Vika (Vika villosa) kuzgi ekin. Poyasi tо‘rt qirrali. Barglari patsimon murakkab. Gullari oq, о‘zidan, ba’zan chetdan changlanadi. Mevasi (dukkaklari) yassiroq bо‘lib, 4-8 urug‘li, 100 kg pichanida 45,8 ozuqa birligi va 12,3 kg hazm bо‘ladigan protein bor. 1000 dona urug‘i vazni 400-1300 g. Urug‘i tarkibida 24-30 % oqsil bor. Gektaridan 200-250 s kо‘k massa, 30-60 s pichan, 20 s don olish mumkin. Vika sug‘orilganda mо‘l hosil beradi. О‘zbekistonda Vikaning ekiladi gan bir turi (V. faba) bokla deb ataladi. Vika tuproqda juda kо‘p miqdorda azot tо‘playdi, shuning uchun kо‘pgina ekinlarga yaxshi о‘tmishdosh hisoblanadi.
Yasmiq, adas — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik donli oʻtsimon oʻsimlik turkumi, don ekini. Oʻrta dengiz, Kichik Osiyo, Zakavkazye va Oʻrta Osiyoda 10 turi tarqalgan. Ya.ning oddiy xoʻraki turining yirik urugʻli va mayda urugʻli navlari qadimdan Yevropa mamlakatlarida, Shimoliy Afrika, Kolumbiya, Chili, Rossiya va boshqalar mamlakatlarda ekib kelinadi (Oʻzbekistonda 20-asrning 50-yillariga qadar koʻp ekilgan). Ya.ning ildizi oʻqildiz, boʻyi 60—70 sm. Bargi murakkab, juft patsimon, uchida jingalaklari bor. Gullari mayda, pushti, binafsha, koʻk, koʻpincha oq, barg qoʻltiqlariga 2—4 tadan joylashgan, oʻzidan changlanadi. Mevasi dukkak, urugʻi yumaloq, sariq, pushti, yashil, jigarrang. 1000 urugʻi vazni 20—65 g. Urugʻi tarkibida 2 3 3 2 % oqsil (oqsil miqdoriga koʻradukkakli ekinlar oʻrtasida sayadan keyingi oʻrinda turadi), 0,6—2,1% yogʻ, 47—70% kraxmal, 2,3—4,4% kul, 2,44,9% kletchatka, shuningdek, VrV2vitaminlari bor. Yirik urugʻli Ya. donidan taomlar tayyorlanadi (tez va ezilib pishadi), un va yorma ishlab chiqariladi, uni kolbasalarga qoʻshiladi, mayda urugʻli Ya. doni, umuman koʻk massasi, toʻponi chorva mollari uchun qimmatli ozuqa hisoblanadi. Ya. bahori, issiqsevar, namsevar, qisqa kun va uzun kun oʻsimligi. Urugʻi 4—5° (8—10 kun)da unib chiqadi. Naviga qarab oʻsuv davri 80—120 kun. Qisqa muddatli qorasovuqlar (—8°)ga chidamli. Erta bahorda keng qatorlab ekiladi. Hosili poyaning oʻrta va pastki qismidagi dukkaklar sargʻayganda oʻriladi. Hosildorligi 20—22 s/ga (baʼzan 30—35 s/ga).