2-Maruza: Ekologik muammolar. O’zbekiston Respublikasining ekologik muammolari Reja: 1. Ekologik muammolar 2. O’zbekiston Respublikasining ekologik muammolari
Ekologik muammolar Inson faoliyati ta’sirida biosferaning o‘zgarishi juda tezlik bilan boryapti. Yer kurrasining qiyofasini o‘zgartirishda biosfera katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V. I. Vemadskiy tomonidan ta’kidlab o‘tilgan edi. Insonning geologik va geokimyoviy faoliyatini sarhisob qiladigan bo‘lsak, biosferaning o‘zgarishi nihoyatda katta.
Insonning tabiiy jarayonlarga ana shunday munosabatda bo‘lishi natijasida XX asrning o‘rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi.
1. Ekologik muammo deganda, insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan bog‘liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotida, hayotida xo‘jalik ahamiyatiga molik bo‘lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog‘liq (stixiyali talofotlar, iqlimning o‘zgarishi, hayvonlarning yalpi ko‘chib ketishi va b.) har qanday hodisa tushuniladi.
Ekologik muammolami uch guruhga ajratish mumkin:
1. Umumbashariy (global).
2. Mintaqaviy (regional).
3. Mahalliy (lokal).
Dunyo bo‘yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen hodisalar - umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday muammol'arga ba’zi bir misollar keltiramiz.
2. «Atmosferaning dimiqish» hodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi COz miqdori ortib borayotganligi ma’lum boiib qoldi. Natijada 100 yil ichida Yer yuzasining harorati 0,5-1,0°C ortdi. Iqlimning keng ko‘lamda o‘zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotransportlardan chiqayotgan gazlar bilan bog‘liq. Yer yuzasining global isishi, ya’ni «atmosferaning dimiqishi» CO, ning havo tarkibida ortib ketishi, o‘rmonlami kesilishi, toshko‘mir va benzin kabi yoqilg‘ilami yonishidan atmosferada to‘planadigan C 02 gazi tufaylidir. Ana shunday zaylda ahvol o‘zgarmasa XXI asrga kelib, Yer yuzasining harorati 1,5-4,5°C ga ko‘tarilishi mumkin. Natijada:
1. Iqlimning o‘zgarishi ayniqsa, choilanish jarayonining kuchayishi.
2. Yog‘ingarchilikning o‘zgarishi.
3. Geografik zonalaming siljishi.
4. Dengiz va okeanlar sathining ortishi.
5. Muzliklarning erishi va kamayishi hamda boshqa hodisalar kuzatiladi.
3. Ozon qatlamining siyraklanishi. Ozonosfera atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u iqlimga va Yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Atmosferadagi ozonning eng muhim xususiyati uning doimo hosil boiib va parchalanib turishidir. Ozon quyosh nurlari ta’sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo‘ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarini yutib, Yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida nurlanish odamlarda terini kuyishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta’sirida kelib chiqayotganligi aniqlandi. Hozirgi davrda xlorftormetanlar (freonlar) dan keng foydalanish tufayli hamda azotli o‘g‘itlar, aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferadagi azon qatlamini yemirilishiga olib keladi. Shuning uchun mayishiy turmushda sovutgichlarda ishlatiladigan freondan foydalanishni qisqartirish va kelajakda ulami butunlay ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘zda tutilgan.
4. Chuchuk suv muammosi. Quruqlikda chuchuk suv va uning biosferadagi roli nihoyatda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz (2- 2,5 %). Chuchuk suv zaxirasi asosan qutublardagi muzliklardir. Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo‘lgan talabi ortib bormoqda. Hozirgi davrda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3-3,5 ming km2 suv saflanadi. Oxirigi yillarda bu ko‘rsatkich 1,5-2 marta ortsa kerak. Daryolarning umumiy yillik oqimi yer yuzi bo‘yicha 50000 km2. Ammo bunday foydalanishda chuchuk suv yetishmasligi aniq.
Qurg‘oqchil zonalarda daryolardan toiiq foydalanilganda hatto ularning suvi yetmay qoladi. 1980-yillar boshlarida bunday holat, Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, Meksika davlatlarida va Nil, Sirdaryo, Amudaryo va ba’zi bir boshqa daryolarda kuzatila boshlandi. Daryolarning sanoat va maishiy zaharli moddalar bilan zaharlanishi (ifloslanishi) ortib bormoqda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat oqova suvlarini daiyoga tashlaydi. Bu ko‘rsatkich daryolarning umumiy suv miqdorining 10% ni, ba’zi rivojlangan davlatlarda 30% ni tashkil etadi. Daiyolardagi toza suvlarda yildan-yilga har xil erigan moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib bormoqda.
5. Pestitsidlardan foydalanish muammosi. Ushbu zaharli
kimyoviy moddalar guruhi begona o‘tlar, zararkunanda hasharotlar va boshqa hayvonlar, o‘simliklarda kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashda foydalaniladi. Pestitsidlami qishloq xo‘jaligida, o‘rmonchilikda aviatsiya yordamida sepish keng ko‘lamda atrof-muhitni ifloslanishiga olib keladi. Pestisidlar atmosferada uzoq masofalarga tarqalishi, shuningdek suv orqali dala, daryo, ko‘llardan o‘tib dunyo okeanlarida to‘planadi. Eng xavfli tomoni shundaki, ular ekologik oziq zanjiriga qo‘shilib, tuproq va suvdan o‘simliklarga, undan hayvonlar va qushlarga, nihoyat oziq va suv bilan odam organizmiga o‘tadi. Har bir bo‘g‘inda pestitsidlar zararli va ziyon keltiradi. Pestitsidlaming tirik tabiat va odamga ko‘rsatadigan zararli va jiddiy, shu bilan birga ular tashqi muhit omillariga nisbatan barqaror moddalar hisoblanadi. Pestitsidlaming zaharli ta’sirining oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni o‘tkazish lozim:
1) kukun holda tayyorlashdan ko‘ra donador holatda tayyorlash;
2) hayvonlar va odamlarga ta’sirini susaytirish;
3) tuproq va suvlarda to‘planishining oldini olish;
4) pestitsidlardan fdydalanishni iloji boricha cheklash;
5) tez parchalanuvchi va beqaror pestitsidlami sintez qilish;
6) agrotexnik, seleksion xo‘jalik va tashkiliy ishlami qo‘llash;
V) o‘simliklami biologik himoya qilish.
Tirik tabiatdagi o‘simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. 0 ‘simliklar dunyosi, ayniqsa Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o‘rmonlaming ahamiyati juda katta. Hozirgi vaqtda quruqlikning 30%, ya’ni 3,8 mlrd. gektar yer o‘rmonlar bilan qoplangan. Ular shimoliy yarim sharda va tropik zonalarda tarqalgan. 0 ‘rmonlaming tabiatda va insonning xo‘jalik faoliyatidagi ahamiyati ko‘pchilik uchun ma’lum.
Yirik shaharlaming vujudga kelishi, aholi soni va sanoat markazlarining ortishi bilan kishilaming tabiat quchog‘ida dam olishga ehtiyojlari ham ortib bormoqda. Ayniqsa o‘rmonlar ana shunday dam olish maskanlariga aylanib bormoqda. Dunyo bo‘yicha o‘rmonlarning holati yaxshi emas. Har yili 3 mlrd. m2 hajmda o‘rmonlar qirqilmoqda. FAO ma’lumotlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 2000-yilda 1,5 martta ortdi. Insoniyatni, ayniqsa tropik va subtropik o‘rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo‘lgan o‘rmonlaming yarmidan ko‘pi kesib tashlanmoqda. 160 mln. gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi «Qizil kitob» yaratilishiga sabab bo‘ldi (3-jadval). Aholi sonining ortib borishi, xo‘jalik faoliyatining kengayishi tufayli tabiatning inson q o ii tegmagan joyi qolmayapti. Hayvonlarning asosiy ko‘payish hududlari, migratsiya qiluvchi yoilari, dam olish joylari, tuyoqli hayvonlarning oziqlanuvchi maydonlari sun’iy qoplamlarga aylangan, suvlar bosib, mol boqib yoki haydab yuborilgan. Ayniqsa nam tropiklarda ko‘pchilik hay von turlarining qirilib ketishi kuzatilmoqda.