Organizmlarning suvga bo’lgan talabi, har xil namlik sharoitlarda yashashi hamda moslashishlariga ko’ra to’rt asosiy guruhga ajratiladi: 1. Suvda yashovchi (o’simliklar-gidrofitlar, hayvonlar-gidrofillar). 2. Ortiqcha namlikda yashovchilar (gidrofitlar, gigrofitlar). 3. O’rtacha namlikda yashovchi (mezofitlar, mezofillar). 4. Qurg’oqchil sharoitda yashovchilar (kserofitlar, kserofillar).
Barcha o’simliklar suv bilan ta’minlanishi yoki namlik sharoitiga moslanishiga ko’ra 5 ta ekologik guruhga ajratiladi: gidatofitlar, gidrofitlar, gigrofitlar, mezofitlar, kserofitlar.
Gidatofitlar – hayoti doimo suvda o’tuvchi bu guruhga asosan suv o’tlar kiradi.
Gidrofitlar – tanasining bir qismi suvdan tashqarida, qolgan qismi suv qatlamida joylashgan o’simliklardir. Suv nilufarlari, g’ichchak, nayzabarg, o’qbarg va boshqalar shular jumlasidandir.
Gigrofitlar – tuproqda ortiqcha miqdorda namlik yoki suv bo’lgan sharoitda yashovchi o’simliklardir. Ular daryo va ko’l bo’ylari, botqoqliklarda, sernam o’rmonlar va boshqa joylarda o’sadigan o’simliklardir.
Mezofitlar – o’rtacha namlik sharoitida yashovchi o’simliklar bo’lib, ularga ko’pchilik madaniy va yovvoyi holdagi o’simliklar kiradi.
Kserofitlar – qurg’oqchil sharoitda yashashga moslashgan o’simliklardir. Dasht, cho’l va chala cho’l zonalarida keng tarqalgan bu o’simliklar o’z navbatida 2 guruhga ajratiladi: sklerofitlar va sukkulentlar. Sklerofitlar O’rta Osiyo cho’llarida uchrasa, sukkulentlar – tanasida suv saqlovchi kaktuslar hisoblanadi.
Ayiruv organi (malpigi naychalari)ning bir uchi ichau orqa devorlariga tutashgan, suv so’rilishi orqali organizm tomonidan qayta sarflanadi (reabsorbtsiya)