1. Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari. Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə14/37
tarix22.09.2023
ölçüsü3,37 Mb.
#146579
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
1. Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari. Iqtisodi

13-variant
1
Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi

Ekonometrik usullar oddiy an’anaviy usullarni inkor etmasdan, balki ularni yanada rivojlantirishga va ob’ektiv o‘zgaruvchan natija ko‘rsatkichlarini boshqa ko‘rsatkichlar orqali muayyan tahlil qilishga yordam beradi. Ekonometrik usullarning va kompyuterlarning milliy iqtisodiyotni boshqarishda afzalliklaridan biri shundaki, ular yordamida modellashtiruvchi ob’ektga omillarning ta’sirini, natija ko‘rsatkichiga resurslarning o‘zaro munosabatlarini ko‘rsatish mumkin. Bu esa o‘nlab tarmoqlar va minglab korxonalarda ishlab chiqarish natijalari va milliy iqtisodiyotni ilmiy asosda prognozlash va boshqarishga imkon beradi.


Ekonometrik modellash iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zgarish qonuniyatlarini, tendensiyalarni aniqlash natijasida ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlarni rivojlanish va prognozlash yo‘llarini belgilaydi.
Ekonometrik modellashtirish va modellarning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1) Ekonometrik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi.
2) Ekonometrik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
3) Ekonometrik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi.
4) Ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan qonuniyatlarini ham ochishga imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.
5) Ekonometrik usullar va modellar hisoblash ishlarini avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni yengillashtiradi, iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi.
Asosiy ekonometrik usullar - bu matematik statistika usullari va ekonometrik usullar.
Matematik statistika usullari – dispersion tahlil, korrelyatsiya tahlili, regressiya tahlili, omilli tahlil, indekslar nazariyasi.
Ekonometrik usullar - iqtisodiy o‘sish nazariyasi, ishlab chiqarish funksiyasi nazariyasi, talab va taklif nazariyasi.
Ekonometrikani o‘rganish jarayoni – bu iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlarning ekonometrik modellarini tuzish jarayonidir.
Asosiy qo‘llanadigan usuli – korrelyatsion-regression tahlil usuli.
Ekonometrik modellashtirish quyidagi ilmiy yo‘nalishlar kompleksidir:
- iqtisodiy nazariya;
- ehtimollar nazariyasi;
- matematik statistika;
- kompyuter texnologiyalari.
2
Statistik taxlilning asosiy maqsadi - empirik ma’lumotlarga ishlov berish, ularni tartiblash, grafik va jadval shaklida taqdim etish, shu jumladan, ularni asosiy statistik ko‘rsatkichlar orqali miqdoriy tahlil qilish.
Asosiy statistik ko‘rsatkichlar 2 guruhga bo‘linadi: o‘rtacha darajasini o‘lchaydigan va dispersiyani o‘lchaydigan.
O‘rtacha darajali ko‘rsatkichlar ob’ektlar tanlanmasini o‘rtacha xarakteristikasini ma’lum bir belgisi bo‘yicha beradi: o‘rtacha qiymat, standart xato; standart chetlanish, ekssess, assimetriya, interval, minimum, maksimum, schet, mediana, moda, kvantil, ishonchlik intervali.
Dispersiyani o‘lchaydingan ko‘rsatkichlar: tasodifiy miqdorning dispersiyasi, o‘rtacha kvadratik chetlanish, variatsiya qulochi va shu kabi statistik ko‘rsatkichlar.



Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin