1. Ekskursiya va sayrning turlari



Yüklə 51,71 Kb.
səhifə1/8
tarix04.07.2023
ölçüsü51,71 Kb.
#135636
  1   2   3   4   5   6   7   8
1. Ekskursiya va sayrning turlari


2-Amaliy mashg`ulot
Mavzu: Ekskursiya,sayr va ularni tashkil etish metodikasi. Turli yosh guruxlarda sayrlarni tashkil etishning shakllari va mazmuni.
Reja
1.Ekskursiya va sayr.
2.Ekskursiya va sayrning turlari.
3.Ekskursiya va sayrni tashkil etish metodikasi.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi:talabalarda atrof-muhit haqida ko’nikmalarini shakllanrtirish, tabiat bilan tanishtirish. Ekskursiyaning ahamiyati, uning ta’lim jarayonida qay darajada qo’llanilishi haqida ma’lumot berish. Ekskursiyaning, sayrning ahamiyati, shakllari haqida ma’limot berish. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish
Ta’lim metodlari:Venndiagrammasi, aqliy hujum, klaster
Kerakli jihozlar: o’quv qo’llanmalar, Ma’ruza matni, daftar, ruchka, qalam, o’chirg’ich, xarita, videoproektor, monitor,ko’rgazmalar
Kutilayotgan natija:Talabalarda ekskursiya, sayr va ulaming turlari. Ekskursiya,sayr va ularni tashkil etish metodikasi haqidagi fikrlar uyg’otiladi.
Nazariy tushuncha. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish xilma xil shakllarda: mashg'ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotda, kuzatishlarda, suhbatlarda, hamda mehnatda amalga oshiriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyati hamda tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o'tadigan mashg'ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma'lum bir tartibda rivojlantiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o'yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig'ilib boradi. Mashg'ulotlar ularga aniqlash va tizimlashtirish imkonini beradi.
Bolalarni mashg'ulotlarda o'qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg'ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko'ra tanlanadi.
Mashg'ulotlarning bir xillarida boshlang'ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko'rish, badiiy asarlarni o'qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni ko'rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg'ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Aytib o'tilgan metodlardan tashqari bu mashg'ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg'ulotlarning asosiy vazifasi– bilimlarni umumlashtirish hamda bir tizimga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik o'yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi. Bolalar egallagan bilimlarini mehnat va o'yinlarda amalda qo'llaydilar.
Mashg'ulotlar kichik va o'rta yosh guruhlarda bir oyda 2 martadan, katta guruhlarda esa haftada l martadan o'tkaziladi. Ekskursiyalar o'rta guruhdan boshlab tashkil etiladi. Barcha guruhlarda qo'shimcha sifatida maqsadli sayrlar o'tkaziladi.


    1. Yüklə 51,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin