1. el-yurt umidi jamg‘armasi „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi


DAVLAT JAMG‘ARMASI MABLAG‘LARI HISOBIDAN SUBSIDIYA VA GRANTLAR AJRATISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA



Yüklə 78,54 Kb.
səhifə10/18
tarix17.05.2023
ölçüsü78,54 Kb.
#115759
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Mustaqil ta\'lim

11.DAVLAT JAMG‘ARMASI MABLAG‘LARI HISOBIDAN SUBSIDIYA VA GRANTLAR AJRATISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 31-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3163]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risida
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi (bundan buyon matnda jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq o‘n olti yoshdan to pensiya ta’minoti huquqini olish yoshigacha bo‘lgan, haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno) ishsizlar deb e’tirof etiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq subsidiyalar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
ish beruvchilarga — aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari (bundan buyon matnda ABKM deb yuritiladi) yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirish;
aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga — yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlikka o‘qitish va kredit olishda sug‘urta polisi to‘lovi uchun xarajatlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida to‘lash;
ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq to‘lash;
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PQ-4716-son “Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq subsidiyalar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
a) ABKM, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:
yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha;
sug‘orish vositalari xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha;
urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha;
b) qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha. Bunda:
qishloq xo‘jaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilg‘or sohalarda tashkil etiladi;
qishloq xo‘jaligi kooperativlariga ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda kooperativ faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha tajribaga ega yetakchi tadbirkorlar birlashtiriladi.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-son “Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to‘qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son “O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq “Qorako‘lchilik” uyushmasi a’zolariga qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish o‘rni yaratish sharti bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar ajratiladi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga ish o‘rinlari va sharoitlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha;
tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovi;
hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘rmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar ABKMda ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi to‘lash xarajatlarini qoplash uchun — 6 oy davomida o‘rtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PQ-5033-son “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq usta-shogird an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan kulollarga shogirdlar tayyorlashi, zarur xomashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi uchun subsidiyalar ajratiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq grantlar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
kasb-hunar ta’limi muassasalariga — band bo‘lmagan shaxslarni, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, kam ta’minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish;
kasb-hunarga o‘qitish markazlari, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xo‘jaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish.
4. Subsidiya va grant Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Respublika bo‘yicha hududlar kesimida alohida smeta hujjatlariga muvofiq ajratiladi.
5. Subsidiya ABKM tomonidan, shuningdek grantlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy bosh boshqarma deb yuritiladi) tomonidan smeta hujjatlarida belgilangan mablag‘lar doirasida beriladi.


Yüklə 78,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin