1. Elastiklikning mohiyati va uning asosiy xususiyatlari
Talab va taklifning narx bо‘yicha elastikligi Talabning narx bо‘yicha elastikligi narxlar о‘zgarishining talab bildiriligan mahsulot xajmining о‘zgarishiga kо‘rsatadigan ta’sir darajasini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda talabning narx bо‘yicha elastikligi narxning 1% ga о‘zgarishi mahsulotga bо‘lgan talabni necha foizga о‘zgarishini keltirib chiqarishini kо‘rsatadi uni aniqlash uchun talab bildirilgan mahsulot hajmining о‘zgarishiga foiziga nisbatan olinadi.
Kel.tal.n= ,bunda Q - talab bildirilgan mahsulot hajmining о‘zgarish foizi; R - mahsulot narxining о‘zgarish foizi.
Talabning narx bо‘yicha elastikligini hisoblash uslubiyati quyidagidan iborat; ma’lumki talab va narx orasida teskari bog‘liqlik mavjud, ya’ni narx tushsa, talab oshadi va aksincha. Demak, elastiklik koeffitsiyenti doim manfiy kattalik bо‘ladi, chunki mahsulot hajmi va narxning absolyut о‘zgarishi ishoralari turlichadir. Lekin iqtisodchilar shartli ravishda elastiklikni musbat kattalik deb hisoblaydilar.
Misol: Kartoshkaning dastlabki narxi 50 sо‘m/kg bо‘lib, bu narxda 56 tonna kartoshka sotilgan. Kartoshkaning narxi tushib, 40 sо‘m/kgni etgach, undan 60 tonna sotildi. Kartoshkaga bо‘lgan talabning narxi bо‘yicha elastikligini toping.
Avval narxning о‘zgarish foizini topamiz:
R= . 100 %, bunda R1- dastlabki narx
R2 - keyingi narx R= .100=20%
Endi talab hajmining о‘zgarish foizini hisoblaymiz.
Qtal = . 100 %,
bunda Q1- talabning dastlabki hajmi,
Q2 - talabning keyingi hajmi.
Qtal = . 100 =7,14%
Kartoshkaga bо‘lgan talabning narx bо‘yicha elastikligi:
Kel.tal.n.= = =0,36
Demak, kartoshkaning narxi 1%ga tushish unga bо‘lgan talabni 0,36% ga oshirar ekan. Kartoshka narxi 10% ga tushsa unga bо‘lgan talab 3,6% ga (0,36 . 10) oshadi.
Agar elastiklik koeffitsiyenti 1 dan katta bо‘lsa talab hajmining о‘zgarishi narxining о‘zgarishiga nisbatan yuqori darajada bо‘lganini anglash mumkin.
Demak elastik va noelastik talab tо‘g‘risida gapirish mumkin ekan.
Agar narxining oz miqdordagi о‘zgarishiga talab hajmi kо‘p miqdorda о‘zgarsa, ya’ni, Kel.tal.n >1 bо‘lsa, shunday mahsulotga bо‘lgan talab elastik bо‘ladi.
Agar talab bildirilgan mahsulot hajmining о‘zgarish foizi narxining о‘zgarish foizidan kichik bо‘lsa, ya’ni Kel.tal.n < 1 bо‘lsa, bu mahsulotga bо‘lgan talab noelastik hisoblanadi.
Talabning narx bо‘yicha elastikligiga quyidagi omillar ta’sir etadi:
- о‘rinbosar tovarlar yoki raqobatdoshlarning mavjudligi:
- narxlarning iste’molchilarga sezilarsiz tarzda о‘zgarishi;
- iste’molchilar didlarining turg‘unligi.
Taklifning narx bо‘yicha elastikligi kо‘rsatkichi mavjud bо‘lib, u quyidagicha aniqlanadi:
Kel.tal.n= ,
bunda Qtak - taklif hajmining о‘zgarish foizi,
R - mahsulot narxining о‘zgarish foizi.
Qtak = . 100 %,
bunda Q1tak va Q2tak - mos ravishda dastlabki va keyingi taklif.
R= . 100 %,
bunda R1 va R2 - mos ravishda dastlabki va keyingi narx.
Taklifning narx bо‘yicha elastikligiga quyidagi omillar ta’sir etadi:
a) mahsulotning uzoq vaqt saqlash imkoniyati va saqlash xarajatlari.
Agar tovarni uzoq vaqt saqlab bо‘lmasa yoki saqlash harajatlari katta bо‘lsa, shu mahsulot taklifning narx bо‘yicha elastikligi past bо‘ladi.
b) ishlab chiqarish jarayonini xususiyatlari.
Agar ishlab chiqaruvchi mahsulot narxining oshishi bilan uni ishlab chiqarish hajmini oshira olsa, yoki narxning pasayishi bilan boshqa mahsulot ishlab chiqarishga о‘ta olsa, taklif elastik bо‘ladi.
v) vaqt omili. Ishlab chiqaruvchilar narxining о‘zgarishiga juda tez javob bera olmaydilar. Chunki ishlab chiqarish kо‘llamini oshirish talab etilsa, qо‘shimcha ish kuchi, kapital jalb qilish uchun vaqt kerak. Xuddi shuningdek mahsulot hajmini kamaytirish talab etilganda, xodimlarni bо‘shatish, kreditlar bо‘yicha hisob-kitob qilish va boshqalar uchun ham vaqt talab etiladi.
Demak, talab va taklifning elastikligi kо‘rsatkichlarini aniqlash amaliy faoliyat uchun katta ahamiyati bor ekan.