1-rasm.Talab absolyut elastik, 2-rasm. Elastik bо‘lmagan elastikligi cheksiz bolganda talab chizig‘I talab chizig‘i Talab elastik bо‘lmasa, narxning о‘sishi daromadni о‘sishiga, kamayishi, daromadni kamayishiga olib keladi va bunday xolda sotuvchilar faqat narxni oshirish orqali daromadni oshirishi mumkin. Talab elastik bо‘lganda, daromadning о‘zgarishi narxning о‘zgarishiga teskari bо‘ladi va sotuvchilar bu holda narxni pasaytirish orqali daromadni oshirishlari mumkin. Talab elastik bо‘lganda, narxning pasayish surhatidan talabni oshish surhati yuqori bо‘ladi, natijada daromad oshadi. Talab elastik bо‘lmaganda narxning pasayish surhati, talabning о‘sish surhatidan yuqori bо‘ladi, bu о‘z navbatida daromadni pasayishiga olib keladi.
3. Daromad bo‘yicha talab elastikligi Aksariyat kategoriyadagi tovarlarning bozordagi sotuv hajmi darajasi iste’molchilarning pul daromadlari dinamikasiga qarab o‘zgarishi mumkin. Daromad o‘zgarishiga bo‘lgan talab hajmining sezuvchanligi daromad bo‘yicha talab elastikligi koeffisienti bilan aniqlanadi.
Daromad bo‘yicha talab elastikligi koeffisienti Ed – iste’molchilik daromadlarini bir foizga o‘zgarishi natijasida talab hajmining son jihatidan o‘zgarishi darajasi hisoblanadi.
Bir tovarga bo‘lgan daromad bo‘yicha talab elastikligi qisqa va uzoq muddatli davr mobaynida har xil bo‘lishi mumkin. Har kuni foydalaniladigan tovarlar uchun qisqa muddatli davr mobaynida daromad bo‘yicha talab elastikligi nisbatan past, bu tovarlarga bo‘lgan iste’molchilarning ta’blari nisbatan sekin o‘zgaradi. Bunga qarama-qarshi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar (avtomobillar, ko‘chmas mulk, maishiy texnika) qisqa muddatli davr mobaynida elastikliligi, uzoq muddatga qaraganda yuqoriroq, iqtisodiyotning siklli o‘zgarishlariga o‘ta sezuvchan bo‘ladi.
4.Taklifning elastikligi Ishlab chiqaruvchilarni bozor kon’yunkturasidagi ayrim omillarning o‘zgarishlariga nisbatan sezuvchanligini tahlil qilish uchun aksariyat hollarda narx bo‘yicha taklif elastikligi koeffisientidan foydalaniladi.