Vodorod elektrod.
Metallning standart elektrod potensiali metall plastinkasi bilan konsentratsiyasi 1 mol bo’lgan shu metall tuzi eritmasi chegarasida standart sharoitdagi potensialiga teng bo’ladi. Elektrod potensialining qiymatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o’lchab bo’lmaydi, uning kattaligini bironta standart elektrodga nisbatangina aniqlash mumkin. Shu maqsadda potensiali o’lchanishi kerak bo’lgan element bilan standart elektroddan galvanik element tuziladi va uning elektr yurituvchi kuchi EYUK o’lchanadi.
Standart elektrod sifatida potensiali nolga teng deb qabul qilingan vodorod elektrod olinadi ( 2-rasm). Vodorod elektrod sulfat kislotaning 1 normal eritmasiga tushirilgan kukun holdagi platina bilan qoplangan platina elektroddan iborat. Bu elektrodga toza vodorod oqimi 101,325 kPa bosim ostida yuboriladi. Elektrodda platina kukuni katalizatorligida H2 molekulasi atomlarga parchalanadi va shu elektrod yuzasida kislota eritmasidagi H+ ioni orasida muvozanat qaror topadi: H ⇄ H+ + ē. Demak, bu elektrodda vodorodning oksidlanishi (H+) va uning qaytarilishi kuzatiladi (bu jarayonda platina ishtirok etmaydi, u faqat atomar vodorod hosil qilishdagina qatnashadi).
Metalllarning elektrod potentsiallarini o’lchash
Vodorod elektrod boshqa elementlaming elektrod potensialini o’lchash uchun zarur:
Vodorod elektrod yordamida metallning elektrod potensialini o’lchash uchun yig’ilgan qurilma.
Vodorodga nisbatan aktiv metallarning potensiallari manfiy zaryad bilan, unga nisbatan passiv bo’lgan metallarniki musbat zaryad bilan belgilanadi. Metallning ionlanish energiyasi kichik va gidratlanish energiyasi katta bo’lgan sari metallning oksidlanishi oson sodir bo’ladi. Shu bilan birga, musbat zaryadlangan aktiv metall ioni qanchalik oson elektron yo‘qotgan bo’lsa, shunchalik ionning oksidlovchilik xossasi kichik bo’ladi.
Shu sababli, ishqoriy metallarning qaytaruvchilik xossalari yuqori, elektrod potensiallari kichik, ionlarining oksidlovchilik xossalari zaif bo’ladi. Ularning ionlarini faqat suvsiz sharoitda elektr toki vositasida qaytarish mumkin.
Aksincha, kumush, oltin va platina kabi metallarning ionlanish potensiallari, elektrod potensiallari yuqori; qaytaruvchilik xususiyatlari zaif bo’lgan ionlarining oksidlovchilik xossalari ham nisbatan yuqori bo’ladi. Ularning ionlari elektrod potensiallari kichikroq bo’lgan metall atomlarini oksidlashi mumkin:
Dostları ilə paylaş: |