Moddaning eruvchanlik ko’paytmasi
Qiyin eruvchan birikmaning cho’kmasi sirtida shu cho’kma bilan ionlar o’rtasida muvozanat sodir bo’ladi.Kam eriydigan tuzga massalar ta'siri qonunini qo’llasak.
CaCO3 Ca2+ + CO32-
Muvozanat qattiq modda (CaCO3) va eritmadagi ionlarning tuknashish sirtida sodir bulgani uchun [CaCO3] konsentrasiyasi o’zgarmaydi. O’zgarmas temperaturada K[CaCO3] ko’paytmasi uzgarmas kattalik bulgani uchun uni EK bilan ifodalanadi:
[Ca2+][CO32-] = [CaCO3]. K=const=EK
Kattik fazaning sirtidagi to’yingan eritmadagi kam eruvchan birikmaning ionlar konsentrasiyasini kupaytmasi biror temperaturada o’zgarmas qiymat bo’lib, moddaning eruvchanlik ko’paytmasi (EK) deyiladi.
EKAgCL =[Ag+][Cl-]=1.73 10-10
EKBaSO4 =[Ba2+][SO42-]=1.43 10-9
EKCaCO3 =[Ca2+][CO32-]=4.52 10-9
EKCuS =[Cu2+][S2-]=6 10-36
EKHgS =[Hg2+][S2-]=5 10-52
Eruvchanlik ko’paytmasi qiyin eriydigan elektrolitning umumiy eruvchanligi bilan bog’liqdir. Yuqoridagi mosollardan ko’rinib turibdiki, CuS va HgS larning eruvchanligi juda xam kichik.
Glossary
Elektrolitlarning suvda eriganda ionlarga ajralishi elektrolitik dissotsilanish deyiladi.
Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajraladigan va shu
sababli elektr tokini o'tkazadigan moddalar elektrolitlardeyiladi.Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajralmaydigan va
elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar noelektrolitlardeyiladi.
Dissotsilanish darajasi — bu ionlarga ajralgan molekulalar
sonining umumiy erigan molekulalar soni N ga nisbatidir:
a=n\N
Dissotsiatsiya, dissotsiatsiya lanish (lot. dissociatio— ajralish, parchalanish) — modda molekulalari radikallari yoki ionlarining qaytar holda parchalanishi
Assotsiatsiya deb moddalarning to’grirog’I ionlarning birikishi aytiladi.
Ionning gramm ekvivalenti uglerod birligida grammda va son jixatidan bitta ionning ekvivalentiga teng bo’lgan ifodasidir.
Dostları ilə paylaş: |