Dissotsilanish darajasi Elektrolitik dissotsilanish qaytar jarayon bo'lgani sababli elektrolitlarning eritmalarida ionlar bilan birga molekulalar ham bo'ladi.Shu sababli elektrolitlarning eritmalari dissotsilanish darajasi (grekcha alfa a harfi bilan belgilanadi) bilan tavsiflanadi.
Dissotsilanish darajasi — bu ionlarga ajralgan molekulalar sonining umumiy erigan molekulalar soni N ga nisbatidir: a=n/N
Elektrolitning dissotsilanish darajasi tajriba yo‘li bilan aniqlanadi va birning ulushlarida yoki protsentlarda ifodalanadi
Agar a = 0 bo'lsa, u holda dissotsilanish sodir boimagan, agar a = lyoki 100% boisa, u holda elektrolit ionlarga toiiq ajralgan boiadi*. Agar a — 20% boisa, bu berilgan elektrolitning 100 moleku- lasidan 20 tasi ionlarga ajralganligini ko'rsatadi.
Turli xil elektrolitlarning dissotsilanish darajasi turlicha boiadi. Tajriba dissotsilanish darajasi elektrolitning konsentratsiyasiga va temperaturaga bogiiqligini ko'rsatadi. Elektrolitning konsentratsiyasi kamayganida, ya’ni u suv bilan suyultirilganida dissotsilanish darajasi doimo ko'payadi. Odatda temperaturaning ko'tarilishi ham dissotsilanish darajasini oshiradi. Elektrolitlar dissotsilanish darajasiga qarab kuchli va kuchsiz elektrolitlarga boiinadi .
Kuchsiz elektrolit — sirka kislota elektrolitik dissotsilanganda dissotsilanmagan molekulalar bilan ionlar orasida qaror topadigan muvozanatning siljishini ko'rib chiqamiz:
Sirka kislota eritmasi suv qo'shib suyultirilganda muvozanat ionlar hosil boiish tomoniga siljiydi — kislotaning dissotsilanish darajasi ortadi. Aksincha, eritma bugiatilganda muvozanat kislota molekulalari hosil boiish tomoniga siljiydi — dissotsilanish darajasi kamayadi.
Elektrolitik dissotsilanish qaytar jarayon bo'lgani sababli elektrolitlarning eritmalarida ionlar bilan birga molekulalar ham bo'ladi.Shu sababli elektrolitlarning eritmalari dissotsilanishdarajasi (grekcha alfa a harfi bilan belgilanadi) bilan tavsiflanadi.