Funksiya va xizmatlar – ixtisoslashgan davlat va xo’jalik boshqaruv organlari va ularning tuzilmaviy bo’limlari tomonidan, iste’molchilarning extiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan vazifalar. Vazifalar -jarayon, loyixa va funksional faollik shaklid bo’lishi mumkin.
BPMN (BusinessProcessModelandNotation) – faoliyat jarayonlarini diagramma shaklida modellashtirish va tavsiflash uslubi bo’lib u mazkur formatda qo’llaniladigan shartli belgilar tizimidan iborat.
Kontatktsiz muloqot– davlat va xo’jalik boshqaruv organlari funksional vazifalarini bajarish, maxsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish yoki xizmat ko’rsatish jarayonlarining yakuniy maxsulini iste’molchining interaktiv murojaati asosida, inson omili ishtirokisiz, ya’ni ixtisoslashgan tizimlar, mexanizmlar va vositalar orqali yetkazib berishini nazarda tutuvchi, o’zaro interaktiv munosabat shaklidir.
Rudiment protseduralar – boshqaruv tizimi va usullarining rivojlanishi, takomillashuvi natijasida o’zining asl moxiyatini yo’qotgan, ammo tartibotlarda o’rnashib qolgan funksional protseduralar. Bu protsedurlar amalga oshiriladigan funksiya yoki ko’rsatiladigan xizmat sifatiga qimmat qo’shmaydi, balki o’zini oqlamaydigan qo’shimcha, ortiqcha resurs sarflanishiga, maxsulot/xizmatlar tan narxi va qiymatini oshirib yuboruvchi omil sifatida faoliyat samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan tarkibiy tuzilma yoki amaliyot hisoblanadi.
Umumiy qoidalar Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi unga turdosh usullaridan farqli ravishda, qisqa muddatda eskirgan, o’zini oqlamagan samarasiz usullar va vositalardan, rudiment jarayonlardan butunlay voz kechish xamda jarayonlarga zamonaviy AKTni joriy etish orqali mamuriy jarayonlarni tubdan isloh qilishni nazarda tutadi.
Bunda ma’muriy jarayonlarni amalga oshiruvchi davlat va xo’jalik boshqaruv organlari manfaatlari emas, balki, faqat va faqat istemolchi fuqarolar manfaatlari, ularning extiyojlari, talabi va shart-sharoitlari birlamchi hisoblanadi.
Davlat va xo’jalik boshqaruv organlarning mutassadi rahbarlari, mas’ul xodimlari va xizmatchilari tomonidan reinjiniring tadbirlarini paysalga solishga bo’lgan harakat va intilishlari, davlat xizmatlarini modernizatsiyalashga yo’naltirilgan islohotlarga jiddiy to’siqlar yaratishi mumkin.
Reinjiniringni quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
1. Siyosiy qaror va hohish-irodaning mavjudligi;
2. Samaradorlik – asosiy omil sifatida;
3. Iste’molchi uchun qulayliklar yaratish;
4. Jarayonlarning funksiyalarga nisbatan afzallikka ega bo’lishi;
5. Vakolatlarni quyi bo’limlarga va mutaxassislarga topshirish;
6. Innovatsion yondashuv;
7. Muammoli masalalarni aniqlashda ichki va tashqi muhitni uzviy o’rganish.
Ushbu tamoyillarga va reinjiniring tadbirining asosiy omillariga ko’ra, ma’muriy jarayonlar reinjiniringini amalga oshirishda yuqori lavozimdagi rahbarlarning siyosiy qaror va hohish-irodalari birlamchi omil hisoblanadi va reinjiniring tadbirlarini “yuqoridan pastga” qarab amalga oshirish uchun asosiy turtki vositasini o’taydi.
Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi natijasida ham davlat organlari, ham iste’molchilar (aholi, tadbirkorlik sub’yektlari) manfaatdor bo’lishini ta’minlash joiz. Bunda barcha ortiqcha, takroriy va salbiy byurokratik to’siqlar bartaraf etilib, faqatgina “zaruriy byurokratiya”ga yo’l qo’yiladi. YA’ni, aholi va tadbirkorlar uchun ma’muriy yukning minimal zaruriy ko’rinishlarigagina yo’l qo’yiladi.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda “proaktiv” xizmatlar konsepsiyasi ilgari surilmoqda, ushbu konsepsiyaga muvofiq, ayrim davlat xizmatlari uchun hattoki iste’molchilarning murojaatlari ham talab qilinmaydi. Masalan, farzand tug’ilishi bilan mahalliy hokimiyatlar tomonidan bolalar bog’chasi va umumta’lim maktabiga ro’yxatga olish xizmati “proaktiv” xizmatlar ro’yxatiga kiradi.
Aksariyat hollarda davlat va xo’jalik boshqaruv organlarida har bir tarkibiy funksional bo’linma tomonidan faqatgina mazkur bo’linmaning funksiyalari doirasida e’tibor qaratilib, yakuniy natija rahbariyatdan tashqari hech kimni qiziqtirmaydi. YA’ni, har bir funksional bo’lim qo’yilgan masalaning yoki jarayonning faqatgina bir qismi bilan shug’ullanishi hamda boshqa bo’limlar faoliyatidan doimiy ravishda xabardor bo’lmasligi va umumiy muvofiqlashtirishning sustligi natijasida jarayonlarda nuqsonlar vujudga kelishi kuzatiladi. Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi jarayonlarni yaxlit holatda nazorat qilish mexanizmlarini joriy qilishni nazarda tutadi va yakuniy natijaga barcha tarkibiy bo’linmalar tomonidan qiziqish bo’lishini ta’minlashga undaydi.
Ayrim turdagi qarorlarni qabul qilish vakolatlarini quyi tashkilotlarga tushirish va Markaziy apparatga xos bo’lmagan funksiya va vazifalarni quyi tashkilotlarga berish orqali amalga oshirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Reinjiniring tadbirlarini o’tkazishda yangi g’oyalar uchun cheklovlar o’rnatilishi mumkin emas, har qanday yangi g’oyalar davlat xizmatini kelajakdagi yangi modeli uchun muhimdir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ayni paytda ishlayotgan samarasiz tizimlarda emas, balki ma’muriy jarayonlari reinjiniringi natijasida yaratilgan yangi tizimlarda qo’llanilgan taqdirdagina yuqori samaradorlikka olib keladi. YA’ni, boshqa so’z bilan aytganda samarasiz tizimlarni avtomatlashtirish qisqa muddatda ma’lum vazifalarni soddalashtirsada, iste’molchilar uchun yetarli darajada qulayliklar yaratmaydi, balki eski tizimning barcha nuqsonlarini yanada ko’proq namoyish qiladi. SHuning uchun ham AKT vositalarini reinjiniring tadbirlari asosida yaratilgan yangi tizimlarda tadbiq etish maqsadga muvofiq.
Ma’lumki, bugungi kunda ayrim turdagi davlat xizmatlarini ko’rsatishda ikki va undan ortiq ma’muriy organlar ishtirok etadi. SHu sababli, ma’lum bir xizmatga aloqador bo’lgan va ushbu xizmatni ko’rsatishda ishtirok etayotgan mazkur ma’muriy organlarda ham har bir ma’muriy jarayonlarni o’rganish talab etiladi.
Bundan tashqari, reinjiniring tadbirlari mobaynida muammoli masalalar mazkur davlat xizmatlaridan foydalanuvchi aholi va tadbirkorlik sub’yektlaridan so’rovnoma yo’li bilan aniqlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bundan tashqari, ayrim turdagi eng ko’p uchraydigan xatoliklar mavjudki, ular reinjiniring tadbirlarini muvaffaqiyat qozonishiga jiddiy to’sqinliklar yaratadi. (3-jadval)
Nisbatan qisqa muddatda katta odimlar bilan yuqori pog’onaga ko’tarilish, eng ilg’or ko’rsatgichlarga erishish vazifasi eskirgan, o’zini oqlamayotgan usullar, kuch va vositalarning baxridan o’tish, ma’muriy va xo’jalik boshqaruvidagi rudiment protseduralardan butunlay voz kechish orqali an’anaviy faoliyat tarkibini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan xolda tubdan islox qilish orqali amalga oshiriladi.
Bunday natijaga erishish uchun reinjiniring uslubining zaruriylik va yetarlilik shartlari asosida shakllantirilgan quyidagi tadbirlar aniq maqsad va o’zgarmas mo’ljal sifatida qat’iy mustaxkamlab qo’yilishi joiz:
1) davlat organlari va davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini keskin oshirish va baxolash mexanizmlarini xatosiz ishlashini ta’minlash;
2) davlat va xo’jalik boshqaruv organlari funksiyalari, xizmatlari va maxsulotlari sifatini global raqobat talablaridan ham yuqori darajasigacha oshirish;
3) davlat organlari funksiyalarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish va maxsulot ishlab chiqish me’yor-tartiblari faqat va faqat iste’molchi shart-sharoitiga mos bo’lgandagina tasdiqlanishiga erishish;
4) jarayonlarni qayta tartibga solishda mantiqiy va funksional jixatdan izchillik va uzluksizlikni ta’minlash;
5) uzundan uzoq, murakkab, samarasiz ma’muriy va funksional jarayonlarga butunlay barxam berish yoki eng minimal darajagacha soddalashtirish;
6) ortiqcha va bir birini takrorlovchi ma’muriy va funksional jarayonlarga barxam berish, voz kechish;
7) jarayonlardagi byurokratik g’ov va korrupsion sxemalarni tashkil etuvchi omillariga va muxitiga qarshi kurashish, yo’qqa chiqazish, xamda qayta g’ovlashga imkon bermaydigan innovatsion, kontaktsiz boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqib tizimning butun tarmog’ida keng ko’lamda joriy etish;
8) zamonaviy axborot kommunikatsiya tizimlarini joriy etish orqali avtomatlashtirish tadbirlarini faqat va faqat reinjiniring orqali optimallashtirish jarayonlaridan so’nggina amalga oshirish asosiy va birlamchi shart ekanligini qonun hujjatlarida mustaxkamlab qo’yish;
Reinjiniring doirasidagi optimallashtirish tizim zimmasidagi funksiyalarni bajarish uchun sarflanadigan o’zining hisobidagi, katta-kichikligidan qat’iy nazar, tashkiliy-tuzilmaviy, me’yoriy-huquqiy, moddiy-moliyaviy, mehnat, axborot va vaqt resurslari, shuningdek boshqa barcha kuch va vositalarning xar biridan unumli, o’z o’rnida, eng maqbul kombinatsiyalarda va motivatsion faollashtirish asosida foydalanishni nazarda tutadi.
Reinjiniringda ortiqcha jarayon va ob’yektlardan voz kechishga urg’u beriladi. Hususan:
1) Katta xajmdagi, qayta ishlanmaydigan va taxlil uchun foydalanilmaydigan, yakuniy natijaga qimmat qo’shmaydigan ma’lumotlarni qayta-qayta kiritish, uzatish, almashish, zaxiralarini ko’paytirish amaliyotlaridan vozkechish;
2) Ortiqcha, foydasi tegmaydigan inventar, moddiy-texnik resurslar zaxirasi va boshqa aktivlarni manfaatli loyihalar uchun safarbar etish;
3) Funksional jarayonlarning xar xil bosqichlarida bir xil vazifalarni takrorlanishi xolatlariga yo’l qo’ymaslik;
4) Faoliyatining yakuniy natijasi noaniq, mavxum va mantiqsiz bo’lgan tuzilmaviy bo’limlar, lavozim va xizmat vazifalarini bekor qilish;
5) Bir birini maqsad va vazifalarini, funksiya va vakolatlarini takrorlovchi tuzilmalarni uyg’unlashtirish, birlashtirish yoki qisqartirish tadbirlari resurslar ortiqcha sarfini optimallashtirishning kardinal shakli sifatida qaraladi.
Reinjiniring xulosalarini shakllantirishda:
- jarayonlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni o’ta murakkabligi, izox va xavolalarni xaddan ziyod ko’pligi xolatlarini bartaraf etish;
- istemolchilarga samimiylik, beg’arazlik, g’amho’rlik, daxldorlik xislari bilan munosabatda bo’lish madaniyatini ommalashtirish ruxi aniq sezilib turishi lozim;
Reinjiniring davlat organlari va xizmatchilari funksiyalarini bajarish, xizmatlar ko’rsatish va maxsulot ishlab chiqarish:
1. jarayonini soddalashtirish;
2. jarayonlarining bosqichlari va qadamlari sonini qisqartirish;
3. muddatlarini qisqartirish;
4. ishtirok etuvchi davlat va xo’jalik boshqaruv organlari sonini qisqartirish;
5. talab etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish;
6. resurslar sarf-xarajatini optimallashtirish;
7. davlat boji va murojjatni ko’rib chiqish to’lovlarni optimallashtirish;
8. norasmiy to’lovlarga batamom barxam berish ko’rsatkichlari va me’zonlari orqali baxolanadi.
Hususiy kapital hisobiga faoliyat ko’rsatuvchi xo’jalik yuritish sub’yektlari reinjiniring tadbirlarini o’tkazishdan katta iqtisodiy foyda ko’radilar va shuning uchun reinjiniring tadbirlarini tezroq, samaraliroq va keng ko’lamda o’tkazishdan manfaatdor bo’ladilar. Ulardan farqli o’laroq iste’molchilarning soliq va boshqa qonuniy to’lovlari hisobiga shakllanadigan davlat byudjeti hisobidan faoliyat yurituvchi davlat boshqaruv organlari xamda davlat ulushi katta bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar esa, odatda reinjiniring tadbirlarini samarali va keng qamrovda amalga oshirishni paysalga solish va latent ko’rinishdagi to’siqlar yaratishga xarakat qiladilar.
CHunki, reinjiring tadbirlari ularni innovatsion boshqaruv usullarini o’zlashtirish, o’zilarining kasbiy maxoratlarini muttasil oshirib borish, iste’molchi manfaatlarini tashkilot va xususiy manfaatlaridan ustun qo’yish, resurslarni maqsadli sarflash, tez va sifatli ishlash singari yangicha talablar asosida faoliyat yuritishga majbur qiladi. SHu munosabat bilan bu toifadagi vazirlik-idora va tashkilotlarda reinjiniring tadbirlarini samarali o’tkazilishi birinchi raxbarning avvalam bor siyosiy idroki, ma’naviy va mafkuraviy immunitetining mustaxkamligi, zamonaviy dunyoqarashi, professional darajasi, omilkorligi va tadbirkorligi, g’ayrat-shijoati, ayniqsa ruxiyatida mardlik, vatanparvarlik va xalq dardiga daxldorlik tuyg’usining ustuvorligiga bevosita bog’liq.
Davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xar qaysi darajadagi mutassadi raxbari, mas’ul xodimlari va xizmatchilari tomonidan reinjiniring tadbirlarini asossiz ravishda paysalga solishga bo’lgan “xarakat va intilish”lari ularning fuqarolik pozitsiyasining davlat boshqaruvi organlarini modernizatsiyalashga yo’naltirilgan isloxotlarning siyosiy axamiyatini anglay olmasligi sifatida baxolash uchun belgi (signal) va tegishli xulosa chiqarilishiga asos bo’lishiga axamiyat qaratiladi.
Vazirlik-idora, tashkilot raxbari reinjiniring tadbirlarini o’tkazish uning zimmasiga yangi, innovatsion shart-sharoitlarda faoliyat yuritishni o’zlashtirish, ko’nikmalarni shakllantirish bilan bog’liq murakkab, ammo sharafli mas’uliyat yuklashini ham anglashi, unga ruxan va professional darajada tayyorgarlik ko’rishi, nostandart sharoitlarda karxt xolatga tushib qolmay, yechimini operativ ravishda topish va hal etish, sharoit jilovini o’z qo’liga, javobgarlikni o’z zimmasiga olish, ya’ni jarayonni nazorat qilib bora olish vazifasini yuklaydi.