2-ma’ruza: list detallarni modellashirish. Razvyortka. Listli shtamplash



Yüklə 98,99 Kb.
tarix02.06.2022
ölçüsü98,99 Kb.
#60429
2-maruza lotin

2-MA’RUZA: LIST DETALLARNI MODELLASHIRISH. RAZVYORTKA. LISTLI SHTAMPLASH.

2.1. List detallarni modellashirish.


Loyixalash jarayonini ko‘rib chiqganimizda detalni shaklini loyixalovchi yaratib oladi. Avtomatlashtirilgan loyixalashning dasturiy taminoti bu oddiy va jarayonni soddalashtirish xisoblanadi. CAD tizimi ikki guruxga bo‘linadi:

  • -chizmalarni avtomatlashtirilgan yig‘ish tizimi-bu ikki o‘lchamli muxitda loyixalovchini tasavvurini shakllantirish,

  • -geometrik modellashtirish-shaklni uch o‘lchamda shakllantirish.


2.1-rasm List detallarini modellashtirish.
Geometrik modellashtirish bu shaklni olishda oddiylikdan murakkablashib borishini engillatish uchun xizmat qiladi. YAni shaklning aniq bir o‘lcham asosida uning xolatini shakllantirishdir. Detalning shaklini tasavvuriy xolatini shakllantirish ancha qulay bo‘lib, unda detalning tasavvur qilib bo‘lmaydigan yuzalarini olish uning asosida xatolarni tuzatish, o‘zgartirishlarni kiritish mumkin bo‘ladi.

2.2-rasm. NX Sheet Meta qo‘llanilishiga misol.
NX Drafting-bu modul yordamida qattiq jismning mavjud uch o‘lchamli geometrik modeli va eskizi asosida ixtiyoriy chizmani osongina hosil qilish mumkin. Modul har qanday standart bo‘yicha ixtiyoriy murakkablikdagi chizma yaratishni engillashtirishga mo‘ljallangan katta miqdordagi har xil funksiyalarni o‘zida mujassam qilgan. CHizmaning geometrik model bilan to‘liq assotsiativ bog‘liqligi, doimo geometrik modelga mos chizmaga ega bo‘lish imkonini beradi.

2.2. Razvyortkalash.


Modulning asosiy funksional imkoniyatlari va afzalliklariga: piktogrammalardan keng miqyosda foydalanuvchi grafik interfeys, grafik atributlarni interaktiv sozlanishi, chizmaning mavjud grafik elementlari xossalarini o‘zida mujassam qilishi, ko‘rinmas siziqlari o‘chirib tashlangan ortogonal va qo‘shimcha ko‘rinishlarni avtomatlashtirilgan tarzda qurish, kesim hamda qfirqimlarni avtomatik qurish, eskiz bo‘yicha qurilgan, geometriyada o‘lchamlarni avtomatlashtirilgan holda qo‘yilishi, geometriya bilan muvofiqlashtirilgan maxsus o‘lchamlar (payvandlash, sirt tozaligi, geometrik og‘ishlar qo‘nimi), matnni berish hamda uni taxrirlashning qulay funksiyalari kiradi. Modul GOST va ESKD ga rioya qilgan holda faoliyat ko‘rsatadi.

2.3. Listli shtamplash


NX WAVE Control-murakkab yig‘ish ishlari bilan jamoaviy ishlashni ta’minlash vositasi bo‘lib, o‘zaro bog‘liqlikni hamda o‘zgartirishlar o‘tishi nazoratini ta’minlab beradi. U yig‘ishda detallarning modellari o‘rtasidagi assotsiativ bog‘liqlikni boshqaradi. WAVE texnologiyasi ixtiyoriy murakkablikdagi buyumlarni parametrik modellash uchun baza hisoblanadi va va avriantlarni ko‘rib chiqish orqali o‘zgartirishlar kiritish imkonini beradi.
Geometrik o‘rtasidagi boshqariladigan assotsiativ bog‘liqlik mexanizmi detalli konstruksiyalash va konseptual loyihalashni shunday birlashtirish imkonini beradiki, natijada konseptual darajadagi o‘zgartirishlar, nafaqat alohida detallar, balkim ikilamchi texnologik modellar darajasida ham avtomatik ravishda o‘z aksini topishi kerak. Siz konseptual shablonni hosil qilishingiz mumkin. Bu shablonni funksional tavsiflari unga bog‘liq bo‘lgan, buyumning eng ko‘zga ko‘rinarli parametrlarini aniqlab beruvchi boshqaruv tuzilmasi deb atash qabul qilingan.
NX Product Validation loyiha sifatini va korporativ standartlarga mosligini tekshirish uchun noyob vosita hisoblanadi. NX loyihalarida faol va interaktiv tekshiruv loyihalash jarayonini yanada yuqoriroq saviyaga siljitish imkonini beradi. Bu holda loyihalashlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni izlab topish va ularni bartaraf etish uchun vaqt talab qilinmaydi. Mazkur texnologiya mahsulot sifatini kafolatlovchi korporativ standartlar va sifat standartlariga rioya qiladi.

Nazorat uchun savollar:


  1. List detallarni modellashirish axamiyati?

  2. Razvyortkalash nima?


  3. Listli shtamplash deganda nimalarni tushunasiz?

  4. List detallarni modellashirish nima?

  5. SHtamplash texnologiyalari qo‘llaniladigan soxalarni ayting?

Yüklə 98,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin