Boshlang‘ich ma’lumotning xaqqoniyligini oshirish va nazorat qilish. REJA: Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta’rifi.
Avtomatik nazorat, rostlash va boshqarish tushunchalari.
Berilgan algoritm tushunchasi, boshqarishning asosiy vazifalari.
1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta’rifi.
Avtomatika – bu fan va texnikaning avtomatik boshqarish nazariyasi va amaliyoti avtomatik sistemalarni qurish prinsiplari va texnik jihatlarini o’z ichiga oladi.
Avtomatlashtirish - ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo‘lib, bunda texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatika elementlari yordamida bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi.
Avtomatik boshqarish qurilmasi deb, boshqarish obyektiga boshqarish ta’sirini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan texnik vosita va qurilmalar majmuasiga deyiladi. Qandaydir texnologik jarayonni bajaradigan qurilmaga, boshqariladigan obyekt (BO) deb ataladi. Bu jarayonni to‘g’ri bajarishlik, ishlash algoritmi deb ataladigan, ko‘rsatmalarni to‘plami bilan aniqlanadi. BO ishlash algoritmini bajarishi uchun ABQ ga tashqaridan maxsus tashkil etilgan ta’sirlar bo‘lishi kerak. Bu ta’sirlarning xususiyati, boshqaruv algoritmi deb ataladigan ko‘rsatmalarning to‘plami bilan belgilanadi.
Avtomatik boshqarish qurilmasi sezgir element (o‘lchash qurilmasi), o‘zgartirgich, kuchaytirgich va ijro etuvchi qurilmalardan iborat.
Avtomatik boshqarish tizimi (yoki avtomatik tizim), o‘zaro hamkor ishlaydigan boshqariladigan obyektdan va avtomatik boshqarish qurilmasidan (ABQ) tashkil etiladi.
Avtomatik boshqaruv deb – insonni bevosita ishtirokisiz, ma’lum maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan texnik obyektni boshqarishga aytiladi. Bunda insonning vazifasi avtomatik boshqarish tizim (ABT) ishlashini kuzatish, uni ishga tushirish va o‘chirishdan iborat bo‘ladi. Agar boshqarish vazifalarini inson qisman bajaradigan bo‘lsa, bunday tizimlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari deb ataladi.
Avtomatika deb – insonni bevosita ishtirokisiz ishlaydigan texnik vosita (jarayon) larning boshqaruv tizimlarini barpo etish nazariyasi va prinsiplarini o‘z ichiga oladigan fan va texnika sohasiga aytiladi.