Reja: Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta’rifi


Avtomatik boshqarish obyekti



Yüklə 173,69 Kb.
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü173,69 Kb.
#174297
1   2   3   4
Boshlang‘ich ma’lumotning xaqqoniyligini oshirish va nazorat qilish.

Avtomatik boshqarish obyekti – boshqarish avtomatik qurilmalar orqali amalga oshirilsa, u holda boshqarish obyektiga avtomatik boshqarish obyekti deb aytiladi.


Avtomatlashtirishning maqsadi. Avtomatlashgan boshqarish sistemalarining (ABS) ta’rifi.

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning rivojlanishi asosan 50-60 - yillarda boshlangan. Texnika siyosatini maqsad sari yo‘naltirilganligi hisobiga kimyoviy ishlab chiqarishning turli sohalarida avtomatlashtirishning darajasi oshdi.


Avtomatlashtirishning maqsadi – mehnat unumdorligi va ishlab chiqarishning sifatini oshirish rejalarini avtomatlashtirish, optimallashtirish va boshqarish, insonni zararli sharoitlarda ishlashdan ozod qilishdir. U fan va texnikani umumiy rivojlantirish natijasidir.
«Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish» kursining asosiy maqsadi: avtomatikaning zamonaviy texnik vositalari hamda EHM bilan boshqariladigan mikroprotsessorli texnika bazasi asosida ARS larni qurish usullari va prinsiplarini to‘la-to‘kis o‘rganishdan iborat. Kursning amaliy mohiyati mamlakatimiz xalq xo‘jaligi va ishlab chiqarish sanoati taraqqiyotidagi ustuvor vazifalar bilan bog‘langan.
Texnologik jihozlanishning yaxlitligi va undagi o’zlashtirilgan texnologik jarayonlarni boshqarishni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshirilishi, texnologik obyektni boshqarishni tashkil qiladi. Axborotlarni avtomatlashtirilgan holda yig’ish va qayta ishlashni ta’minlovchi hamda inson faoliyatining turli sohalardagi optimal boshqarish uchun zarur bo’lgan inson-mashina sistemasiga – Avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi (ABS) deyiladi.

1.1-rasm. Avtomatik boshqarish sistemasining struktur sxemasi


Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish sistemasi – deb texnologik boshqaruv obyekti (TBO) ish sifatini xarakterlovchi ko‘rsatkich – qabul qilingan boshqarish kriteriyasiga mos boshqaruvchi ta’sirni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda qo‘llaniladigan boshqaruvchi ta’siriga bog‘liq ravishda aniq qiymatni qabul qiluvchi avtomatik boshqaruv sistemasi (ABS) ga aytiladi.


Yüklə 173,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin