Reja: Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta’rifi


-rasm. Bir o‘lchamli oddiy ABS funksional sxemasi



Yüklə 173,69 Kb.
səhifə4/4
tarix05.12.2023
ölçüsü173,69 Kb.
#174297
1   2   3   4
Boshlang‘ich ma’lumotning xaqqoniyligini oshirish va nazorat qilish.

1.4-rasm. Bir o‘lchamli oddiy ABS funksional sxemasi.
x(t) – kirish signali; y(t) – chiqish (rostlanuvchi yoki boshqariluvchi) kattalik; xb(t) – boshqariluvchi kattalikning berilgan qiymati; ∆x=xb(t)–ytb(t) – boshqariluvchi kattalikning berilgan qiymatdan chetlashishi yoki og‘ishi; F(t) – qo‘zg‘atuvchi signal yoki ta’sir; ytb(t) – asosiy teskari bog‘lanish signali; y0(t) – mahalliy teskari bog‘lanish signali; xpboshqaruvchi, rostlovchi kattalik yoki signal.
1 – topshiriq beruvchi element. Boshqarish maqsadiga muvofiq keladigan boshqarish signallarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
2, 2' – taqqoslovchi yoki solishtiruvchi element. Bunda bir necha signal absolyut qiymati bo‘yicha solishtiriladi.
3, 4 – kuchaytiruvchi va o‘zgartiruvchi element. Bu boshqarish maqsadiga muvofiq signallarni kuchaytirish va o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan.
5 – ijro etuvchi element. Bu boshqarish maqsadiga muvofiq boshqaruv obyektiga ta’sir etuvchi signalni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
6 – boshqarish obyekti. Bu boshqarish maqsadiga muvofiq, o‘z holatini o‘zgartirishi kerak bo‘lgan har qanday fizik tabiatli jarayonlar, qurilmalar va hokazolar bo‘lishi mumkin.
7 – mahalliy teskari bog‘langan element yoki korrektlovchi qurilma. Bu sistemaning dinamik xususiyatini yaxshilash uchun ishlatiladi.
8 – asosiy teskari bog‘lanish elementi yoki axborot datchiklari deyiladi. Bu sistemada bo’layotgan jarayonlar to‘g‘risida teskari bog‘lanish zanjiri orqali ma’lumot olish uchun mo‘ljallangan.
Quyida sxemada bir o‘lchamli oddiy ABS soddalashtirilgan struktur sxemasi keltirilgan.

1.5-rasm. Bir o‘lchamli oddiy ABS soddalashtirilgan struktur sxemasi.

Bunda rostlagich teskari aloqa bilan boshqarish obyektiga bog’langan. Shuning uchun obyekt holati o’zgarishi bilan boshqaruvchi ta’sirlarni ishlab chiqadi va rostlaydi.


Algoritm deb biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani yechishga qaratilgan koʻrsatmalarning (buyruqlarning) aniq, tushunarli, chekli hamda toʻliq tizimi tushuniladi.


Algoritm - bu cheklangan vaqt ichida masalani yechish natijasiga erishish uchun ijrochining harakatlari tartibini tavsiflovchi aniq koʻrsatmalar toʻplami.
Algoritmning aniq yoki bilvosita turli xil ta‘riflari bir qator talablarni keltirib chiqaradi:
- algoritmda cheklangan miqdordagi elementar bajarilishi mumkin boʻlgan ketma-ketlik boʻlishi kerak, ya‘ni yozuvning aniqligi talabi bajarilishi kerak;
- algoritm masalani yechishda cheklangan sonli bosqichlarni bajarishi kerak, ya‘ni harakatlarning aniqligi talabi bajarilishi kerak;
- barcha qabul qilingan kirish ma‘lumotlari uchun algoritm bir xil boʻlishi kerak, ya‘ni universallik talabiga javob berish;
- algoritm qoʻyilgan vazifaga nisbatan toʻgʻri yechimga olib kelishi kerak, ya‘ni toʻgʻrilik talabi bajarilishi kerak.
Bu xossalar mohiyatini oʻrganish va aniq algoritmlar uchun qarab chiqish talabalarning xossalar mazmunini bilib olishlariga yordam beradi.
Algoritmning tasvirlash usullari haqida gapirganda algoritmning berilish usullari xilma-xilligi va ular orasida eng koʻp uchraydiganlari quyidagilar ekanligini koʻrsatib oʻtish joiz:
1. Algoritmning soʻzlar orqali ifodalanishi.
2. Algoritmning formulalar yordamida berilishi.
3. Algoritmning jadval koʻrinishida berilishi, masalan, turli matematik jadvallar, lotereya yutuqlari jadvali, funksiyalar qiymatlari jadvallari bunga misol boʻladi.
4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi, ya‘ni algoritm kompyuter ijrochisiga tushunarli boʻlgan dastur shaklida beriladi.
5. Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi, ya‘ni algoritm bir xil va aniq ifodalash, bajarish uchun qoʻllanadigan belgilash va qoidalar majmui algoritmik til orqali ifodalashdir. Ulardan oʻquv oʻrganish tili sifatida foydalanilmoqda.
6. Algoritmlarning grafik shaklda tasvirlanishi. Masalan, grafiklar, sxemalar ya‘ni blok - sxema bunga misol boʻla oladi.
Boshqarish maqsadli jarayon hisonlanib, ya’ni buyruqlar tasodifiy bo’lmay, balki aniq belgilangan maqsad bilan beriladi. Eng oddiy holatda, bitta buyruqni bajargandan so'ng maqsadga erishish mumkin. Murakkab maqsadga erishish uchun buyruqlar ketma-ketligini bajarish kerak bo'lishi mumkin.
Bajarilishi oldindan belgilangan maqsadga erishishga olib keladigan obyektni boshqarish bo'yicha buyruqlar ketma-ketligi boshqaruv algoritmi deb ataladi.
Eng oddiy holatda ikkita obyekt mavjud, bunda biri boshqaruvchi bo’lsa, ikkinchisi esa boshqariluvchi bo’ladi. Masalan: svetofor va mashina.
Bunda boshqaruv obyektini boshqarish algoritmining ijrochisi deb atash mumkin. Demak, yuqoridagi misollarda mashina ancha aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan boshqaruv algoritmlarining ijrochilari hisoblanadi.
Kibernetika nuqtai nazaridan boshqaruvchi va boshqariladigan obyektlarning o'zaro ta'siri axborot jarayoni sifatida qaraladi. Ushbu pozitsiyadan ma'lum bo'ladiki, tabiat, texnologiya va jamiyatdagi eng xilma-xil boshqaruv jarayonlari xuddi shunday tarzda sodir bo'ladi, bir xil tamoyillarga bo'ysunadi.
Berilgan algoritm odatda ishchi parametrni vaqt bo‘yicha doimiy ushlab turilishini yoki vaqt bo‘yicha oldindan ma’lum bo‘lgan yoki ma’lum bo‘lmagan qonuniyatlar bo‘yicha o‘zgarishini ta’minishini amalga oshiruvchi algoritm hisoblanadi.
Boshqarishning asosiy vazifasi obyekt g‘alayonli ta’sir ostida bo‘lganda berilgan algoritmni ta’minlab beruvchi boshqaruvchi ta’sir o‘zgarishi qonunini shakllantirishdan iborat. Bu vazifani yechish uchun boshqarishning uchta fundamental prinsiplaridan foydalaniladi:

  • Ochiq boshqarish prinsipi;

  • G‘alayon bo’yicha boshqarish prinsipi;

  • Yopiq (berk) boshqarish prinsipi.

Yüklə 173,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin