1. Etika ilm fan sifatida va uning shakllanish bosqichlari. Reja:
Gumanitar bilimlar tizimida etikaning o`rni.
Etikaning asosiy tushunchalari va ularning o'zaro aloqasi.
Etikaning shakllanish bosqichlari.
Etikaning toifalari.
Gumanitar bilimlar tizimida etikaning o`rni.
Axloqshunoslik (etika) qadim zamonlarda paydo bo`lib, shakllanib va rivojlanib bizning davrimizgacha o`z ahamiyatini saqlab kelayotgan eng qiziqarli va eng muhim insonshunoslik fanlaridan biridir.
Axloqshunoslik fanining nomi “axloq” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, bu tushuncha to`g’risida adabiyotlarda hozircha yagona qarash yo`q. Ayrim adabiyotlarda axloq kishilaring har bir jamiyatga xos xulq normalari majmui deyilsa, boshqalarida esa axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri, sotsial tartib - qoida bo`lib, bu tartib - qoida istisnosiz hamma sohalarda kishilaring hatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi deyiladi. Buning boisi, eng avvalo, axloq so`zining ko`p ma’noli va ko`p qirrali ekanligi bilan izohlanadi.
Axloq - arabcha “xulq” so`zining ko`pligidan va lotincha “mores” so`zidan olinib, “odob”, “fe’l - atvor” degan ma’nolarni anglatadi. Xuddi shuningdek, rus tilida ishlatiladigan «moral» so`zi ham axloq ma’nosini bildiradi. “Moral” so`zi rus tilida ishlatiladigan «nravstvennost» degan so`zining sinonimi degan fikrlar ham mavjud. Axloq kishilarning, har bir kishining oilada, jamoada, jamoatchilik joylarida, umuman, jamiyatda yurish-turishi, yashash qoidalari, fe’l - atvori, hatti - harakatlarining jamini ifodalaydi.
Etika Yunoncha «ethos» so`zidan olingan bo`lib, “odat”, “odob”, “rasm-rusum”, “fe’l” ma’nolarini bildiradi. Ushbu tushuncha birinchi marta mashhur Yunon faylasufi va mutafakkiri Arastu (Aristotel, e.o.384-322 yy) tomonidan axloqning sinonimi sifatida ishlatilgan. Bu terminni keyinchalik qat’iy ma’noli tushuncha sifatida eramizdan oldingi IV asrda Zenon (e.o.336-264 yy) ilmiy muomalaga kiritganlar. Etika tushunchasi hozirgi adabiyotlarda kishilar muomalasida asosan quyidagi uch ma’noda qo`llaniladi:
Birinchidan, kundalik hayot muomalasida etika - axloq, odob, xulq-atvor ma’nolarini anglatadi;
Ikkinchidan, ma’lum bir ijtimoiy guruhlar, kasb - hunar yoki ixtisosliklar. chunonchi, savdogarlar etikasi, tadbirkorlar etikasi, o`qituvchilar etikasi, shifokorlar etikasi, rahbarlar etikasi va shu kabilami bildiradi.
Uchinchidan, ko`pchilik holda kishilarning axloq - odobini, xulqini, fe’l - atvorini o`rganuvchi fanni etika, ya’ni axloqshunoslik deb yuritiladi. Xuddi shuningdek, kundalik hayotda va adabiyotlarda axloq va etika tushunchalari bilan bir qatorda odob tushunchasi ham ishlatiladi.
«Odob» (arabcha «adab» so`zining ko`pligi) xulq-atvor, yurish-turish, madaniyatning tashqi va ichki jihatlarni ifodalaydigan tushuncha. U kishilaring hatti - harakatida, o`zaro munosabatida (oila, mehnat jamoasi va turli marosimlarda) namoyon bo`ladi. Odob - kishining jamoat orasida o ’zini qanday tutishi, odamlar bilan qay yo`sinda muomala qilishi, o`z turmushi va bo`sh vaqtini qanday tashkil qilishi, inson tashqi qiyofasi qanday bo`lishi lozimligiga oid qoidalar (masalan, sharmu - hayo, kamtarlik, xushmuomalalik, ozodalik singarilar)ni o`z ichiga oladi.
Odob ta’lim - tarbiya, amaliy tajriba jarayonida shakllanadi. Sharqning odob - axloq nazariyotchilaridan Husayn Voiz Koshifiy «Axloqiy Muhsiniy» asarida odobni quyidagicha ta’riflagan edi: «Odob - bu qalbni yomon so`zlardan va nojo`ya xulqdan saqlay olish, o`zini va o`zgalami ham hurmat qila bilish, shu bilan birga o`zini va o`zgalarning obro`sini tushirmaslikdir». Odob - axloqqa nisbatan tor tushuncha bo`lib, u o`z navbatida barcha axloqiy fazilatlarning yuzaga chiqishi, namoyon bo`lishidir. Odobni o`rganuvchi va o`rgatuvchi fanni «Odobnoma», «Dilnoma», «Saodatnoma» deb ataydilar.
Demak, axloq, etika, odob o`zaro bog’liq va ma’lum darajada farq qiluvchi tushunchalar bo`lib, barchasi insonning hatti-harakatini, yurish-turishini, boshqa odamlar bilan munosabatini oilada, jamoada, jamoatchilik joylarda o ’zini tutishi kabilarni ifodalaydi. Odatda bular falsafiy ma’noda axloq, kundalik hayotda, turmushda odob, xulq, fe’l-atvor hamda ulami o`rganuvchi fanni (ilmni) esa etika yoki axloqshunosiik deb yuritiiadi.
Shunday qilib, axloq kishilarning yaxshilik va yomonlikka nisbatan munosabatini namoyon etadigan va tarixan tarkib topgan xulqatvor, yurish-turish va hatti-harakatini ifodalaydigan, ularning bir-biriga va jamiyatga bo'lgan munosabatlarini aks ettiradigan hamda o`zaro ixtiyoriy tarzda amalga oshadigan norma va qoidalar yig’indisidir.
Axloq, xulq-odob, fe’l-atvor - axloqshunoslik fanining bahs mavzusi (predmeti)ni tashkil etadi. Axloqshunoslik (etika)ning ob’ekti - odam, inson, shaxsdir.
Biroq axloqshunoslik kishilar hayoti va faoliyatlarining barcha jihatlarini emas, balki muayyan bir sohasi, ya’ni odobini, xulqini, fe’l-atvorini, yurish-turishini, o`zaro munosabatini, tabiat, jamiyat va uning hodisalariga bo`lgan munosabatlarini o`rganadi. Xuddi shu ma’noda, axloqshunoslik (etika) fanining bahs mavzusi muammo sifatida oddiy kishilardan tortib buyuk mutafakkirlarimiz, ziyolilarimiz, davlat arboblarimizgacha qiziqtirib kelgan.
Chunonchi, Arastu axloqshunoslik (etika)ni axloqni o`rganadigan amaliy fan, jamiyat haqidagi fanlardan biri deb hisoblagan. Stoiklar axloqshunoslik (etika)ni alohidan fan sifatida ajratib, uni ko`pincha inson tabiati haqidagi fan deb tushungan edilar.
Niderlandiyalik faylasuf B.Spinoza (1632-1677) o`zining «Etika» asarida ushbu fanni substantsiya (mohiyat) va uning moduslari (xususiyatlari) to`g’risidagi ta’limot deb izohlagan.
Fransuz ma’rifatparvar - faylasufi P.A.Golbax (1723-1793): «Axloq odamlararo mavjud bo`lgan munosabatlar va shu munosabatlardan kelib chiqadigan mas’uliyatlar haqidagi fan»,- deb, nemis faylasufi I.Kant (1774-1884) esa axloqshunoslik (etika)ni zarur narsalar to`g’risidagi fan deb bilgan.
Boshqa bir nemis faylasufi G.V.F.Gegel (1770-1831) etika (axloqshunoslik)ni o`z-o`zidan rivojlanuvchi mutloq g’oya (absolyut ideya) haqidagi fan, deb ta’riflagangan.
Axloqshunoslikning bahs mavzusi Sharq, shu jumladan, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining doimiy diqqat-e’tiborida bo`lib kelgan. Masalan, buyuk mutafakkir, qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980-1037) shu haqda to`xtalib: «Axloq har bir kishi uchun o`z-o`zini idora qilish ilmidir», - deb baholagan.
Buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi A.Navoiy (1441-1501) «Mahbub-ulqulub» («Ko`ngillar sevgani») asarida mazkur masala xususida quyidagicha yozgan edi: «Vafosizda hayo yo`q, hayosizda vafo yo`q, agar kimda bu ikki sifat bo`lmasa, unda iymon ham yo'q».
XHI-XIV asrlarda yashab ijod etgan taniqli axloqshunos olim Majididdin Havofiy: axloq haqida fan, ya’ni axloqshunoslik oila haqida fan, shahar qurilishi va normalar haqidagi fandir, deb ta’riflagan.
Buyuk shoir, dramaturg, ma’rifatparvar va davlat arbobi A.Avloniy (1878-1943) o`zining «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913) asarida mazkur ilm haqida: «Insonlami yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqlaming yaxshiligini, yomon xulqlaming yomoniigini dalil va misol ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur» - degan edi. Shuningdek, axloqshunoslik (etika) fanining bahs mavzusi haqida lug’at, darslik va o'quv qo`llanmalarida ham xilma-il ta’riflar bor. “Qisqacha siyosiy lug’atda: «Etika — alohida sotsial hodisa va ijtimoiy ong shakllaridan biri bo`lgan axloqning tabiati va mohiyatlarini o`rganuvchi falsafiy fan»1, «Qisqacha falsafiy lug’at»da : “Etika - axloq nazariyasi, biron axloq sistemasi (tizimini) hamda yaxshilik va yomonlikni, adolat, burch, vijdon, baxt, hayotning ma’nosini biron tarzda ilmiy asoslash” demakdir,2 deb, «Filosofiya lug’ati»da esa: «Etika ... eng qadimgi nazariy fanlar biri, u axloqni o`rganadi», deb qayd etilgan.
Bizning fikrimizcha, etika (axloqshunoslik)ning bahs mavzusini yuqorida keltirilgan nuqtai nazarlarni umumlashtirgan holda, quyidagicha ta’riflash mumkin: “Axloqshunoslik yoki etika deb inson va insoniyat hayotiy faoliyatining muhim jihatiari bo`lgan axloq, xulq-odob, fe’l-atvor, ulaming mohiyati, paydo bo`lishi, taraqqiyot bosqichlari va rivojlanish qonuniyatlari, maqsadlari, vazifalari va ahamiyati hamda ular to`g’risidagi qarashlar, nazariyalar, ta’limotlami o`rganuvchi falsafiy fanga aytiladi”. Qisqa qilib aytganda, axloqshunoslik axloqning mohiyati, xususiyatlari va rivojlanishi, maqsad - vazifalari hamda ahamiyati haqidagi falsafiy fandir.