1. Evolutsion ta’limot nima? Evolyutsion taʼlimot'


Platon psixologiyada "dualizm"



Yüklə 17,23 Kb.
səhifə4/8
tarix11.02.2022
ölçüsü17,23 Kb.
#52427
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5197653586351232144

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Galen
Platon psixologiyada "dualizm" oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm so’zi ikki yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma'noni anglatadi. Dualizm ta'limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi.
Platonning dualizm shogirdi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr 384-322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning "Jon haqida" asari o’sha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan va hozirgi kunda psixologiya fani o’z mazmunini batamom o’zgartirgan. Asta-sekin ruh haqidagi tushuncha hayotning barcha ko’rinishlariga emas, faqat hozir biz psixika deb atalgan darajaga nisbatan qo’llana boshlandi.  Galen (eramizdan oldingi II asr) fiziologiya va tibbiyot yutuqlarini umumlashtirib, psixikaning fiziologik asoslari to’g’risidagi tasavvurlarini yanada boyitdi Spinoza (1632-1677) ongni katta ko’lamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya'ni yaqqol narsa deb, tushuntirdi. U determinizm (lotincha demmerminara - belgilayman) tamoyilining, ya'ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarning ob'ektiv sabablar bilan belgilanligi haqidagi ta'limot targ’ibotchisi edi. XVII asrdagi yirik nemis mutafakkiri Leybnis (1646-1716) ning ta'limoti matematika, jumladan, integral va differensial hisoblar kashf etilishiga ta'sir etgan edi XVII asrda emperizm va sensualizmni tajriba va his etiladigan bilimning "sof" aql-idrokdan afzalligi haqidagi ta'limotning, ya'ni aqlda hech qanday tug’ma g’oyalar va tamoyillar bo’lishi mumkin emasligi haqidagi ta'limotning oldingi marraga ko’tarilishiga olib keldi. Bu ta'limotni ingliz faylasufi va pedagogi Jon Lokk (1632-1704) astoydil himoya qilib chiqqan edi



Yüklə 17,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin