Butun – narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan tartibda joylashuvi va o‘zaro bog‘langan yagonalikning ifodasi.
Qism – butun tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o‘z vazifasi (funksiyasi)ni bajara oladigan alohidalik.
Sistema, element struktura.Sistema(yunon. systema – birlashtirish, yaratish) – bir-birining o‘rtasida qonuniy bog‘lanish yoki o‘zaro aloqa mavjud bo‘lgan muayyan elementlar yig‘indisi.
Element –(lot. elementum – birlamchi modda) –butunning nisbatan bo‘linmas qismi.Struktura (lot. struktura – tuzilish, joylashuv, tartib) sistemaning tuzilishi va ichki shakli, mazkur sistema elementlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning birligi. Struktura narsalar va hodisalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi qonuniy aloqa usuli.
Sabab va oqibat.Sabab (lot. causa – sabab) shunday bir hodisaki, u boshqa bir hodisaning oqibatini bevosita belgilaydi, yuzaga keltiradi. Sababiyat mohiyatini bir hodisaning boshqa hodisani yuzaga keltirishi, sababning oqibatni yaratishi tashkil etadi.
Yuz berishi yangi hodisa vujudga kelishiga olib keluvchi hodisa sabab deb ataladi. Sabab ta’sirida vujudga keluvchi hodisa esa oqibat deb ataladi.