1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining
Dinshunoslik fani bilan aloqadorligi. Din, estetika va san'at doimo bir-birini to'ldirib keladi va ko'p hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti bo'lib maydonga chiqadi. Buning ustiga, har bir umumjahoniy dinning «o'z tasarrufidagi» san'at turlari bor: buddachilik uchun haykaltaroshlik, nasroniylik uchun tasviriy san'at, musulmonchilik uchun badiiy adabiyot. Shuningdek, barcha umumjahoniy dinlar o'z ibodatxonalarini taqozo etadi. Ibodatxonalarning esa me'morlik san'ati bilan bog'liqligi hammamizga ma'lum.