Yetarli asos qonuni. Har bir buyum va hodisaning real asosi bo‘lgani kabi, ularning in’ikosi bo‘lgan fikr-mulohazalar ham asoslangan bo‘lishi kerak. Etarli asos qonunining bu talabi quyidagi formula orqali ifodalanadi: «Agar B mavjud bo‘lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud».
Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o‘xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Ularning ba’zilari faqat bitta predmetga xos bo‘lgan, uning individual, yakkalik belgilarini tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma’lum bir guruhiga tegishli bo‘lib, umumiy belgilar hisoblanadi. Individual va umumiy belgilarning ba’zilari predmetning mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydi muhim belgilari deyiladi. Masalan, davlatning mavjud bo‘lishi uning o‘z maydoni, aholisi, hokimiyat organlariga ega bo‘lishini taqoza etadi.