10. Xalqaro miqyosda korrupsiyaga bo’lganmunosabatlar (Davlatlar misolida)
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish choralari koʻrilmoqda hamda “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning taʼsirchan tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Ushbu ishlarga fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillarini ham keng jalb etish zarurati tugʻilmoqda.
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini izchil roʻyobga chiqarish, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatining samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) tashkil etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Agentlik:
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini taʼminlash, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi;
oʻz faoliyatini qonuniylik, xolislik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida boshqa davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdordir;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Agentlik direktorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi farmonlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlanadi.
2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni taʼminlash, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish;
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga oid axborotlarni tarqatish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish orqali jamiyatda
korrupsiyaning barcha koʻrinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish
vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar boʻyicha birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: |