1. Falsafiy dunyoqarashning o'z-o'zini anglashdagi ro'li Insonning ma'naviy kamolotida falsafiy dunyoqarashning roli Fan va ilmiy dunyoqarash shakli



Yüklə 98,5 Kb.
səhifə6/14
tarix14.12.2023
ölçüsü98,5 Kb.
#177473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
falsafani o\'zlini anglashdagi ro\'li

Bog‘lanishlarning turlari. Biz narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi va rivojlanishiga ular o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorlik, ta'sir va aks ta'sir asos bo‘ladi, deymiz. Albatta, olamdagi har qanday bog‘lanish ham rivojlanishga sabab bo‘lavermaydi. Chunki bu bog‘lanishlarning ko‘lami, mohiyati, ta'sir kuchi va doirasi turlicha. Bog‘lanishlarning ana shu xususiyatlariga qarab, zaruriy va tasodifiy, ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo‘lmagan va hokazo bog‘lanishlarga ajratish mumkin.
Shuningdek, olamda boshqa voqea yoki hodisalardan alohida, ular bilan bog‘liq, o‘zaro aloqadorlikda va ta'sirda bo‘lmagan birorta ham voqyea yoki hodisa mavjud emas. Demak, o‘zaro bog‘lanish va ta'sir natijasida narsa-hodisalarda o‘zgarish sodir bo‘ladi. Lekin, barcha o‘zgarishni har doim ham birdaniga, yaqqol sezish mumkin emas. Chunki olamning namoyon bo‘lishi turli darajada bo‘lganligi sababli, o‘zgarishlar ham turlichadir.
Masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqning bir hafta, bir oy, yarim yil mobaynidagi o‘zgarishini, ya'ni ulg‘ayishini yoki bo‘lmasa, tabiatdagi qish faslidan bahor fasliga o‘tishdagi o‘zgarishlarni oddiy ko‘z bilan yaqqol sezish mumkin. Lekin biron jonsiz predmet, masalan, yer qa'ridagi ichki jarayonlarni ma'lum davrdan keyin sezish mumkin. Ana shu sababdan ham odamlar zilzilalar, vulqonlar otilishi kabi ofatlar qarshisida lol, gohida esa g‘aflatda qolib kelmoqdalar. Ya'ni tashqi faktorlar (inson faoliyati, yorug‘lik, issiqlik, namlik, atmosfera bosimi) natijasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni ko‘z ko‘radi, quloq eshitadi. Xullas, ular oson anglab olinadi, ochiq-oydin namoyon bo‘ladi. ulardagi o‘zaro bog‘liqlikni ham oson ko‘rish, ilg‘ash mumkin. Ana shunday oson ko‘rish va ilg‘ash mumkin bo‘lgan, ochiq-oydin ro‘y beradigan voqyea, hodisa, natijaga nisbatan «zohiriylik» tushunchasi, mohiyatini ilg‘ash qiyin bo‘lgan va murakkab ichki sabablar natijasida kechadigan jarayonlar va o‘zgarishlarga nisbatan «botiniylik» tushunchasi qo‘llaniladi. O‘rta asrlarda, ayniqsa tasavvuf falsafasida bu ikki tushunchaga alohida e'tibor berilgan.
«Harakat» tushunchasi «Borliq falsafasi» mavzuida yoritilganligi sababli, bu yerda uning quyidagi qisqa ta'rifi bilan cheklanamiz: harakat deb olamdagi har qanday o‘zgarishga aytiladi. Rivojlanish tushunchasi esa quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga tomon ilgarilab boruvchi harakatni ifodalaydi. Lekin bu jarayon goh to‘g‘ri chiziqli, goh asta-sekin kengayib boradigan spiralsimon shakldagi harakatdan iborat bo‘lishi mumkin.
Bunda doimiy bir tomonga, masalan, vaqtning o‘tmishdan kelajakka tomon o‘tishi ham, lekin makonda voqea va hodisalarning takrorlanishi, zamonda orqaga qaytishlar ham sodir bo‘lib turadi. Ba'zida taraqqiyotning ma'lum bir bosqichida oldingi bosib o‘tilgan davr takrorlangandek bo‘ladi, ammo bu ilgarigidan farq qiladigan, boshqacharoq tarzdagi takrorlanishdir.
Hech qachon bir xil tong otmaydi, deb bejiz aytmaydilar. Holbuki, har kuni tongda o‘sha Quyosh chiqadi, o‘sha tog‘u toshlarni, bog‘u biyobonlarni, biz yashayotgan zaminni yoritadi. Odamlar ham, ish va tashvishlar ham hamon o‘sha-o‘shadek. Kimdir ishga shoshadi, kimdir o‘qishga, kimdir yana ilgarigi kundek bekorchilikdan zerikadi... Ammo dunyo o‘zgarmadimi bu bir kunning ichidag‘ unda minglab bolalar tug‘ilmadimi, son-sanoqsiz jarayonlar ro‘y berib, yer sayyorasining turli burchaklaridan boshqa joylarga qanchadan-qancha axborotlar tarqatilmadimig‘ Ona zamin o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishini davom ettirmadimig‘ Bularning barchasi bir kunu-tunda ro‘y bergan botiniy va zohiriy o‘zgarishlarning namoyon bo‘lishidir.

Yüklə 98,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin