elementlari» asarida bayon etdi.
Atom-molekulyar ta‟limotning mohiyati quyidagilardan iborat:
1) barcha moddalar «korpuskula» lardan iborat bo‟lib, ular bir-biridan oraliq fazo bilan
ajralgandir (Lomono- sovning «korpuskula» termini hozirgi «molekula» ma‟nosiga ega);
2) «korpuskula»lar to‟xtovsiz harakatda bo‟ladi.
3) «korpuskula»lar «element»lardan tashkil topgan (Lomonosovning «element»
tushunchasi hozirgi «atom» ma‟nosiga ega). «Element»lar ham to‟xtovsiz harakatda bo‟ladi;
4) «element»lar aniq massa va o‟lchamga ega;
5) oddiy moddalarning «korpuskula»lari bir xil «element»lardan,
murakkab
modddalarning «korpuskula»lari esa turli «element» lardan tashkil topgan bo‟ldi.
Materiyaning tuzilishi, moddalarning xossalari va kimyoviy o‟zgarishlarining tabiati
haqidagi hozirgi zamon tasavvurlari atom-molekulyar ta‟limot asosida moddalarning diskretligi
prinsipi yotadi, ya‟ni moddalar yaxlit bo‟lmasdan, balki mayda zarrachalardan tarkib topgan.
Moddalar doimo harakatda bo‟ladi:
jism harorati qanchalik yuqori bo‘lsa, harakat ham
shunchalik intensiv bo‘ladi.
Ingliz olimi J.Dalton kimyo va fizika sohasida yig‟ilgan tekshirish natijalariga asoslanib,
1808 yilda atomistik ta‟limotni yaratdi. U atomistikaga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini
kashf etdi. Atomistik ta‟limot mohiyati quyidagicha:
a) moddalar nihoyatda mayda zarrachalar
— atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikroq
zarrachalarga bo‟lina olmaydi;
b) har qaysi kimyoviy element faqat o‟ziga xos «oddiy» atomlardan tuzilgan bo‟lib, bu
atomlar boshqa element atomlaridan farq qiladi, har bir elementning atomi o‟ziga xos massa va
o‟lchamga ega;
v) kimyoviy reaksiya vaqtida turli elementlarning «oddiy» atomlari o‟zaro
aniq va
o‟zgarmas butun sonlar nisbatida birikib, «murakkab» atomlarni hosil qiladi;
g) faqat boshqa-boshqa xossalarga ega bo‟lgan atomlargina o‟zaro
birika oladi, bir
elementning atomlari hech qachon o‟zaro kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi. Ular bir-biridan
itariladi.
Dalton atomistik ta‟limotga asoslanib, kimyoviy element tushunchasiga aniq ta‟rif berdi:
Kimyoviy element bir xil xossalar bilan xarakterlanadigan atomlar turidir.
Dalton ta‟limotida kamchiliklar borligi o‟sha vaqtdayoq ma‟lum bo‟ldi. Birinchidan,
oddiy moddalarning molekulalari real mavjud bo‟lishini inkor etdi.
Ikkinchidan, murakkab
moddalarning tuzilishini talqin qilishda bir ele- mentning bir atomi ikkinchi elementning faqat
bir atomi bilan birikadi, deb faraz qildi. U holda suv NO, ammiak NH, etilen SN kabi formulalar
bilan ifodalangan bo‟lar edi. Shuning uchun ba‟zi elementlarning
atom massalari ikki xil
qiymatli bo‟lib chiqdi. Demak, atom bo‟linishi mumkin deb faraz qilishga to‟g‟ri keladi, bu esa
atom bo‟linmaydi degan fikrga ziddir.
Ko‟rinib turibdiki, atom-molekulyar ta‟limotning mohiyati chuqur ilmiy asoslanganligi
sababli atomistik ta‟limotda yechilmagan masalalarni ham yoritib berilganligini ko‟rsatadi.
Dostları ilə paylaş: