modda va reaksiya natijasida hosil bo‟lgan mahsulotlarning og‟irligini o‟lchash yo‟li bilan
kimyoviy reaksiyalarning borishini o‟rgandi. Natijada u birinchi marta 1748 yilda moddalar
massasining saqlanish qonunini ta‟rifladi, 1756 yilda metallarni og‟zi kavsharlab berkitilgan
idish (retotta)da qizdirish yo‟li bilan bu qonunni to‟g‟riligini tajribada isbotladi:
Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi, reaksiya natijasida hosil bo‟ladigan
moddalarning mas- sasiga teng bo‟ladi.
1789 yilda Lomonosov
ishidan bexabar holatda, fransuz kimyogari A.L.Lavuaze ham
moddalar massalari saqlanish qonunini e‟lon qildi:
Kimyoviy reaksiyapaytida faqatgina reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar
massalarigina o‟zgarmay kol- masdan, ular tarkibiga kiruvchi elementlar massalari ham
o‟zgarmasdan qoladi.
1905 yilda Albert Eynshteyn (nemis olimi) jism massasi (m) bilan uning energiyasi (E)
orasidagi bog‟lanishni ko‟rsatish, moddalar massasining saqlanish qonuniga faqat oddiy
kimyoviy jarayonlar bo‟ysunishini, yadroviy reaksiya-
lar esa bunday qonuniyatdan
chetlanishini ko‟rsatdi. Ya‟ni:
AE = Am • c
2
bu yerda: AE - energiya o‟zgarishi;
Am - massa o‟zgarishi;
c - yorug‟lik tezligi (vaakumda 300 000 km/sek ga teng).
Energiya o‟zgarishi kichik qiymatli bo‟lganda massa uzgarishi nolga yaqinlashadi, ya‟ni
o‟zgarmaydi. Yadro reaksiyalarida esa energiya o‟zgarishi juda yuqori qiymatli bo‟lganligi
uchun massa o‟zgarishi sezilarli o‟zgarishini ko‟rish mumkin.
Eynshteynning bu tenglamasi makro jismlar uchun ham, mikrozarrachalar (masalan,
elektronlar, protonlar) uchun ham taalluqlidir.
Tarkibning doimiylik qonuni. A.Lavuaze 1781 yilda karbonat angidrid gazini 10 xil usul
bilan hosil qildi va gaz tarkibida uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3:8 ekanligini
aniqladi. Bunga asoslanib A.Lavuaze har qanday kimyoviy toza moddani tashkil etuvchi
elementlarning massalari o‟zgarmas nisbatda bo‟ladi, degan xulosa chiqardi. Bu xulosa
tarkibning doimiylik qonunidir. 20 yil davomida bu qonunning to‟g‟riligini barcha olimlar e‟tirof
etdilar. Lekin 1803 yilda fransuz olimi Bertole qaytar reaksiyalarga oid tadqiqotlar asosida,
kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo‟ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi moddalarning massa
nisbatlariga bog‟liq bo‟ladi, degan xulosa chiqardi. Bu xulosaga
dalil sifatida bir qancha
analizlarning natijalarini keltirdi.
J.L.Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi. Kimyoviy toza moddalarni
puxta analiz qildi va toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo‟lishini o‟zining juda ko‟p
analizlari bilan isbotladi. 1809 yilda kimyoning asosiy qonunlaridan biri tarkibning doimiylik
qonuni quyidagicha ta‟riflandi:
Har qanday kimyoviy toza birikma olinish usulidan qat‟iy nazar, o‟zgarmas miqdoriy
tarkibga ega.
Toza suv tarkibida 11,11% vodorod va 88,89% kislorod bo‟lib, suv O°C da muzlaydi,
100°C da qaynaydi. Uning 4°C dagi zichligi 1000 kg/m
3
yoki 1 g/sm
3
ga teng.
Bertolening o‟zgaruvchan tarkibli birikmalar mavjudligi haqidagi ta‟limotini XX asrning
boshlarida akademik N.S.Kurnakov rivojlantirdi. U qotishmalar va
eritmalarda haqiqatan ham
o‟zgaruvchan tarkibli birikmalar bo‟lishini isbot qildi va ularni
bertolidlar deb atadi, o‟zgarmas
tarkibli birikmalarni esa
daltonidlar deb atadi.
Tarkibning doimiylik qonuniga faqat molekula holidagi gaz, suyuqlik va oson
suyuqlanadigan qattiq moddalar bo‟ysunadi. Atom tuzilishga ega bo‟lgan kristall moddalar va
yuqori molekulyar birikmalar bo‟ysunmasligi mumkin.
Tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta‟riflash mumkin:
Har qanday quyi
molekulyar birikma, o‟zining olinish usuli va sharoitidan qat‟iy nazar
o‟zgarmas tarkib bilan ifodalanadi.
Karrali nisbatlar qonuni. Karrali nisbatlar qonuni 1808 yilda Dalton tomonidan
yaratilgan.
Agar ikki element o‟zaro ta‟sirlashib bir necha birikmalar hosil qilsa, elementlardan
birining shu birikma- lardagi ikkinchi elementning bir xil massa miqdoriga to‟g‟ri keladigan
massa miqdorlari o‟zaro kichik butun sonlar nisbati kabi nisbatda bo‟ladi.
Bu xulosa tez orada eksperiment yo‟li bilan isbotlandi. Dalton o‟sha zamonda ma‟lum
bo‟lgan ikkita uglevodorod metan bilan etilen tarkibini tekshirib (1-jadval)
uglerodning bu
birikmalarida bir og‟irlik qism vodorodga to‟g‟ri keladigan og‟irlik miqdorlari o‟zaro 3:6 yoki
1:2 nisbatda bo‟lishini topdi.
Karrali nisbatlar qonunidan ikkita muhim xulosa kelib chiqadi:
1. Bir xil elementlardan hosil bo‟lgan birikmalar o‟z og‟irlik tarkiblari jihatidan odatda,
bir-biridan katta farq qi- ladi. Masalan, azot oksidlarida bir og‟irlik qism azotga 0,57 og‟irlik
qism kislorod, yoki bundan 2-5 barobar or- tiq kislorod to‟g‟ri keladi. Demak, ma‟lum
elementlardan hosil bo‟lgan birikma xuddu shu elementlardan tuzil- gan boshqa birikmaga
aylantirilganda, tarkib to‟satdan (sakrash bilan) o‟zgaradi.
2. Birikadigan elementlar orasidagi miqdoriy nisbatlarning o‟zgarishi hamma vaqt yangi
sifat paydo bo‟lishiga olib boradi. Masalan, azot oksidlari (N
2
O, NO
2
, N
2
O
5
va b.) garchi bir xil
elementlardan tuzilgan bo‟lsa ham si- fat jihatdan bir-biridan farq qiladi. Bunday farq tabiatning
umumiy qonuniga — miqdorning sifatga o‟tish qonuniga yaqqol misoldir.
Ekvivalentlar qonuni. 1804-1814 yillardagi Rixter, Dalton va Vollastonlarning tajribalari
natijasida ekviva- lentlar qonuni aniqlandi. Qonun quyidagicha ta‟riflandi:
Reaksiyaga kirishuvchi moddalar massalarining nisbati ularning ekvivalentlari nisbatiga
teng,
yoki, hamma moddalar ekvivalent nisbatlarda ta‟sirlashadi.
Kimyoviy ekvivalentni quyidagicha ifodalash kiritilgan:
1 o.q. vodorod yoki 8 o.q. kislorod bilan birika oladigan yoki o‟rin almashina oladigan
modda
miqdori shu moddaning kimyoviy ekvivalenti deyiladi.
Moddaning kimyoviy ekvivalentini bilish uchun uni tashkil qiluvchi elementning
kislorodli yoki vodorodli birikmasini bilish kerak.
E=A = M
n n
bu yerda: E - ekvivalent;
A yoki M - atom yoki
molekulyar
massa;
n
-
valentligi
yoki
asosligi
(negizliligi).
Dostları ilə paylaş: