Tarkibning doimiylik qonuniga faqat molekula holidagi gaz, suyuqlik va oson
suyuqlanadigan qattiq moddalar bo‟ysunadi. Atom tuzilishga ega bo‟lgan kristall moddalar va
yuqori molekulyar birikmalar bo‟ysunmasligi mumkin.
Tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta‟riflash mumkin:
Har qanday quyi molekulyar birikma, o‟zining olinish usuli va sharoitidan qat‟iy nazar
o‟zgarmas tarkib bilan ifodalanadi.
Karrali nisbatlar qonuni. Karrali nisbatlar qonuni 1808 yilda Dalton tomonidan
yaratilgan.
Agar ikki element o‟zaro ta‟sirlashib bir necha birikmalar hosil qilsa, elementlardan
birining shu birikma- lardagi ikkinchi elementning bir xil massa miqdoriga to‟g‟ri keladigan
massa miqdorlari o‟zaro kichik butun sonlar nisbati kabi nisbatda bo‟ladi.
Bu xulosa tez orada eksperiment yo‟li bilan isbotlandi. Dalton o‟sha zamonda ma‟lum
bo‟lgan ikkita uglevodorod metan bilan etilen tarkibini tekshirib (1-jadval) uglerodning bu
birikmalarida bir og‟irlik qism vodorodga to‟g‟ri keladigan og‟irlik miqdorlari o‟zaro 3:6 yoki
1:2 nisbatda bo‟lishini topdi.
Karrali nisbatlar qonunidan ikkita muhim xulosa kelib chiqadi:
1. Bir xil elementlardan hosil bo‟lgan birikmalar o‟z og‟irlik tarkiblari jihatidan odatda,
bir-biridan katta farq qi- ladi. Masalan, azot oksidlarida bir og‟irlik qism azotga 0,57 og‟irlik
qism kislorod, yoki bundan 2-5 barobar or- tiq kislorod to‟g‟ri keladi. Demak, ma‟lum
elementlardan hosil bo‟lgan birikma xuddu shu elementlardan tuzil- gan boshqa birikmaga
aylantirilganda, tarkib to‟satdan (sakrash bilan) o‟zgaradi.
2. Birikadigan elementlar orasidagi miqdoriy nisbatlarning o‟zgarishi hamma vaqt yangi
sifat paydo bo‟lishiga olib boradi. Masalan, azot oksidlari (N
2
O, NO
2
, N
2
O
5
va b.) garchi bir xil
elementlardan tuzilgan bo‟lsa ham si- fat jihatdan bir-biridan farq qiladi. Bunday farq tabiatning
umumiy qonuniga — miqdorning sifatga o‟tish qonuniga yaqqol misoldir.
Ekvivalentlar qonuni. 1804-1814 yillardagi Rixter, Dalton va Vollastonlarning tajribalari
natijasida ekviva- lentlar qonuni aniqlandi. Qonun quyidagicha ta‟riflandi:
Reaksiyaga kirishuvchi moddalar massalarining nisbati ularning ekvivalentlari nisbatiga
teng,
yoki, hamma moddalar ekvivalent nisbatlarda ta‟sirlashadi.
Kimyoviy ekvivalentni quyidagicha ifodalash kiritilgan:
1 o.q. vodorod yoki 8 o.q. kislorod bilan birika oladigan yoki o‟rin almashina oladigan
modda miqdori shu
moddaning kimyoviy ekvivalenti deyiladi.
Moddaning kimyoviy ekvivalentini bilish uchun uni tashkil qiluvchi elementning
kislorodli yoki vodorodli birikmasini bilish kerak.
E=A = M
n n
bu yerda: E - ekvivalent;
A yoki M - atom yoki
molekulyar
massa;
n
-
valentligi
yoki
asosligi
(negizliligi).
Dostları ilə paylaş: