Moddaning ekvivalent massasiga son jihatdan teng
qilib olingan modda miqdori
gramm-ekvivalent deyiladi. Masalan: N
2
SO
4
ning gramm-ekvivalentini hisoblaymiz:
98
E = — = 49 g/ekv
2
Kimyoviy ekvivalent tushunchasi amaliy hisoblashlarni bajarishda qo‟l keladi (normal
eritmalar, el- ektrokimyoviy jarayonlar va h.).
Hajmiy nisbatlar qonuni. Bu qonun 1805 yilda Gey-Lyussak (Fransiya) tomonidan
kashf etilgan bo‟lib u quyidagicha ta‟riflanadi:
Bir xil fizikaviy sharoitda (P,T) kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi gazlarning hajmlari
o‟zaro va reaksiya natijasida hosil bo‟ladigan gazlarning hajmlari
bilan oddiy butun sonlar
nisbati kabi nisbatda bo‟ladi.
Masalan, 2 hajm vodorod 1 hajm kislorod bilan yuqori temperaturada reaksiyaga
kirishganda 2 hajm suv bug‟i hosil bo‟ladi.
Sanoatda juda ko‟p qo‟llaniladigan gaz analizi usuli shu qonunga asoslangan (Ors,
Vyurs-Shtroleyn, BTI — Butunittifok teplotexnika instituti gaz analizatorlari).
Avogadro qonuni. Tabiiy bilishning asosiy qonunlaridan bin —
Avogadro qonuni
italyan olimi Avogadro tomonidan 1811 yilda maydonga tashlangan:
Bir xil sharoitda (bir xil temperatura va bir xil bosimda) va baravar hajmda olingan
turli gazlarning mole- kulalar soni o‟zaro teng bo‟ladi.
Bu qonunni shuningdek, konsentratsiya uncha katta bo’lmagan holatlarda ionlar va
ionlashgan gazlar elektron- lari uchun qo’llash mumkin.
Keyinchalik (1850 yil o’rtalarida) Jerar tomonidan Avogadro qonuniga asoslanib,
gaz holatdagi moddalarning kimyoviy tarkibiga bog’liq bo’lmagan holda molekulyar massasini
aniqlashning ikki yo’lini ko’rsatildi:
Bir xil fizik sharoitda har qanday gazning gramm-molekulasi bir xil hajmni egallaydi
(O°C, 760 mm. sim. ust.).
v = 22414 sm
3
/mol = 22,4 l/mol yoki 22,4 m
3
/kmol.
Bu miqdor gazlarning molyar xajmi deyiladi.
Gazsimon moddaning molekulyar massasi uning vodorodga nisbatan zichligini ikkiga
ko‟paytirilganiga teng (aniqrog‟i 2,016).
M
x
= M
h
= 2,016D
x
(
H 2)
2 P
H 2
bu yerda: D
X
(H
2
) - X gazining vodorodga nisbatan zichligi yoki
X va H
2
gazlari zichliklarining nisbati,
bu oddiy fizik
eksperiment bilan aniqlanadi.
1908-1910 yillarda fransuz olimi Perren tomonidan birinchi bo‟lib 10 g molekula
gazdagi (n.sh.da) molekulalar soni aniqlandi:
N = 6,02 • 10
23
mol
-1
Bu son
Avogadro soni deb ataladi.
Nazorat uchun savol va mashqlar.
1.Kimyoning fan sifatida shakllanish tarixi haqida nimani bilasiz?
2.O‟zbekistonda kimyo fani va uning tarixiga oid qanday ma‟lumotlar bor?
3.O‟zbekistondagi kimyo sanoatining qanday tarmoklarini bilasiz?
4.Respublikamiz kimyo fani rivojiga munosib hissa qo‟shgan va qo‟shayotgan
akademiklardan kimlarni bilasiz?
5.«Korpuskula» va molekula o‟rtasida qanday farq bor?
6.Kimyoviy element massasi energiyaga aylanishi mumkinmi? Javobingizni izohlang.
7.Tarkibning doimiylik qonuniga qanday moddalar bo „ysunadi?
8.H
3
PO
4
va HCl ning ekvivalent massalarini hisoblang.
9.Gazning molyar hajmi deganda nima tushuniladi?
10.Modda massasining saqlanish qonunini mohiyati nimadan iborat?
Mavzuga oid
tayanch iboralar
1)
Atom-molekulyar ta‟limot
2)
Atom
3)
Massaning saqlanish qonuni
4)
Tarkibning doimiylik qonuni
5)
Karrali nisbatlar qonuni
6)
Ekvivalentlar qonuni
7)
Ekvivalent
8)
Xajmiy nisbatlar qonuni
9)
Avogadro qonuni
10)
Molyar hajm
11)
Nisbiy atom massa
12)
Nisbiy molekulyar massa
Dostları ilə paylaş: