Birinchi bilish vositalarini mashhur ruhshunos Ivan Pavlov birinchi signal
sistemasi, keyingisini esa ikkinchi signal sistemasi deb nomlagan. Inson ikkinchi signal sistemasiga egaligi bilan boshqa jonzotlardan ajralib turadi.
So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi axborot uzatish va axborotni qabul qilish faoliyati nutqiy faoliyat sanaladi. Nutqiy faoliyat muayyan jamiyatning aloqa vositasi hisoblanuvchi til yordamida yuzaga chiqadi
Tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari orqali olamni bilish barcha jonzotlarga xos xususiyatdir. Inson jonzotlarning eng oliy shakli sifatida ularga nisbatan yana bir qo‘shimcha bilish vositasiga - nutq orqali bilish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ham Alisher Navoiy barcha mahluqotlarning zoti sharifi inson ekanligini ta’kidlaydi.
Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog) yoki bir necha shaxslar orasida (dialog) yuz beradi.
Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi.
Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi; vaziyatga yoki nutq a’zolari faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi.l Nutq ikki shaklda bo‘ladi.
Og‘zaki nutq. 2.Yozma nutq.
Og‘zaki nutq o‘zaro muomala tilidir, undan o‘zaro suhbatlarda, ma’ruzalarda, radioda, telefonda, uy va oila muomalasida foydalaniladi. Har ikki nutq shakli oldiga bir xil talablar qo‘yiladi.
So‘zni to‘g‘ri qo‘llash, undagi tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish (hol- xol, yod-yot, sof-sop, sher-she'r va b.), gapda so‘zlarni tartib bilan joylash kabilar vositasida fikrning tushunarli bo‘lishiga erishamiz. G‘o‘za va paxta o‘zaro juda yaqin tushunchani bildiradi, shunga qaramay, «g‘o‘za terildi», «paxta gulladi» deyish xatodir.
Fikrning aniq va tushunarli bo‘lishi, jumlaning to‘g‘ri, ravon hamda ta ’sirli tuzilishi har qanday nutqning bosh fazilatidir.
Qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalanish (gishtin polli, zamonaviy bino; dadam va opam keldi...); so‘zlarni to‘g‘ri bog‘lash (qaror yozildi - qarorni emas), takror va keraksiz ifodadan qochish (turgan joyida turib qoldi), qo‘shma gapni me’yori bilan tuzish, chet so‘zlarni zo‘rma-zo‘raki - ehtiyojsiz ishlatish nutqni g‘aliz, mantiqsiz qiladi.
Til va nutq umumiylik - xususiylik, imkoniyat - voqelik, mohiyat-hodisa qarama-qarshiligini o‘zida namoyon etib, bir-biriga zidlanadi, bunday zidlanish har bir til sathlariga xos birliklarning nomlanishida ham o‘z ifodasini topadi.
Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida ona tilining o’rni beqiyosdir. O’z ona tilini bilmagan odam boshqa tillarni mukammal bilgan taqdirda ham uning qadriga yetmaydi. Til milliy madaniyat, ma’rifat va ma’naviyatning ko’zgusi hisoblanadi. Mamlakatimizda davlat tili rivojiga alohida e’tibor qilinayotganligi bejizga emas. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to’g’risida”gi, “Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur” va boshqa juda ko’plab hujjatlarda bu yo’nalishdagi ishlarning asosiy jihatlari ko’rsatib berilgan. Bu qonunlarning qabul qilinishi ta’lim sohasida katta islohotlarning amalga oshishiga sabab bo’ldi.
“Akademik yozuv” fani talaba o’zlashtirishi kerak bo’lgan har bir fan tarmog’i bilan uzviy bog’liq bo’lib, ilmiy faoliyatni to’g’ri yo’lga qo’yishga yordam beradi va shunga muvofiq o’z maqsad hamda vazifalariga ega. Akademik yozuv fani ham boshqa fanlar kabi o’z tarixiga ega. Zamonaviy akademik yozuv fani tarixi 1930-yilllarga borib taqaladi. Akademik yozuv yoki ilmiy yozuv bu badiiy adabiyot o’quv ishining bir qismi sifatida ishlab chiqarilgan yozuv.
Mazkur fanning maqsadi talabalarga ilmiy faoliyatni yo’lga qo’yish, ilmiy matn va uning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo’lgan ma’lumotlar, turli axborotlar, ijtimoiy-siyosiy hayotga doir hamda o’z mutaxassisligiga oid terminlar, ularni tanlash va qo’llashdagi o’ziga xos xususiyatlar haqida ma’lumot berishdan iborat.
Fanning vazifasi talabalarga o’z sohasi doirasidagi so’z va terminlarning shakllanishi, tilimizga qanday shakllarda kirib kelishi va qo’llanishi, matnlarning tuzilishi va turlari, uni tahrir qilish, dastlabki ilmiy ishlarni yozishga o’rgatishdan iborat. Mazkur o’quv kursining o’qitilishi muayyan amaliy yo’nalishga ega bo’lib, bakalavr bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarda ilmiy faoliyatni yo’la qo’yish va rasmiy hujjatlar matni bilan ishlashda nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni, o’z sohasiga oid so’zlarni to’g’ri yozish malakasini hosil qilishni ko’zda tutadi.
Har bir fan bo’yicha talabalar, professor va tadqiqotchilar fikrlarni yetkazish, bahs-munozara va ilmiy muloqot qilish uchun akademik yozuvlardan foydalanadilar. Akademik yozuvlar faktlarga asoslanadigan misollar, aniq so’z tanlash, mantiqiy tartib va shaxssiz tusga ega. Ba’zida kuchli ilmiy maqola deb qaralishiga qaramay, u o’z nomiga qarama-qarshidir. Ya’ni u ma’lumot beradi, tahlil qiladi va soddallik bilan ishontiradi va o’quvchini ilmiy muloqotda tanqidiy ravishda shug’ullanishga imkon beradi. Akademik yozuv deganda aynan yozuvning o’zinigina tushunish xatodir. Bunda o’z ilmiy auditoriyasiga ega, ilmiy dalillar bilan boyitilgan, sohaviy terminlar, ilmiy hamda rasmiy jumlalarga ega matn namunalari tushuniladi. Bunday matnlar shakli, mazmuni va qo’llash maqsadi doirasida turlarga bo’linadi. Xususan, rasmiylik uslubida, kanselyarizmdan foydalangan holda ma’lum ijtimoiy yoki kasbiy faoliyat doirasida qo’llanuvchi matnlar, ilmiy izlanishlar va ularning tahlili asosida ilmiy atamalar bilan kengaytirilgan matnlar va boshqalar.
Akademik yozuv ilmiy faoliyatni yo’lga qo’yishda yordam beribgina qolmay, mavjud matnni imloviy savodxonlik bilan shakllantirishga, axborotlarni animatsion shaklda yetkazishga, o’rganilayotgan ilmiy matnlar doirasida yozma shaklda munosabat bildira olishga, mavjudlarini tahrirlay olishga o’rgatadi. Akademik yozuv mantiqiy dalilni obyektiv nuqtai nazardan yetkazishda asosiy qurol vazifasini bajaradi. Akademik yozuvlar his-tuyg’ularga, yovuzlikka yoki boshqa tilga tarjima qilingan tilga to’sqinlik qiladi. Fikringiz bilan shaxsan rozilik berasizmi yoki rozi bo’lmasangiz ham uni qog’ozda aniq va xolisona taqdim etishingiz kerak.
Akademik yozish – bu axborot jarayonlari, xalqaro almashinuvlar, akademik aloqalarning jadal rivojlanishi sharoitida, ya’ni dolzarb bo’lgan va jahon ta’lim hamda ilmiy hamjamiyatlarida keng tarqalgan kompetensiya bo’lib, u o’z ilmiy matnlaringizni o’qish, tushunish, tuzish va formatlash imkonini beradi. Akademik yozuv nasr uslubidir. Odatda shaxssiz va g’ayratli ohangda taqdim etiladi. U sinchkovlik bilan tasdiqlangan bilimlarga asoslangan tanqidiy va xabardor auditoriyaga qaratilgan va tushunchalar yoki dalillarni mustahkamlash yoki e’tiroz bildirish uchun mo’ljallangan. Ushbu uslub akademik(ilmiy) kundalik hayotda qo’llaniladi.
Agar dunyoda biron-bir muqaddas, abadiy tuyg’u bo’lsa, bu millatning milliy o’zligini anglash tuyg’usidir. Tilning dunyoni bilish, bilimlarni to’plash, saqlash, keyingi avlodga yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, go’zallik kategoriyalarini voqealantirish kabi qator vazifalarni bajarishiga qaramasdan uning asosiy funksiyasi kishilar o’rtasidagi aloqani ta’minlashdir. So’nggi yillarda nutq kishilar til orqali bir-biri bilan muomala, aloqa qilishning asosi deb qaralishi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Nutq nafaqat lingivistik, balki psixologik va estetik hodisa hamdir. Bu narsa ma’lum bir fikrni tinglovchiga to’laqonli yetib borishi, unga o’z ta’sirini o’tkazishi bilan belgilanadi. Nutqning kommunikativ, ya’ni aloqaviy sifati quyidagi mezonlarga bevosita bog’liq bo’ladi: nutqning to’g’riligi, nutqning mantiqiyligi, nutqning sofligi, nutqning ifodaliligi.
Adabiy nutq – yozuvchilar, shoirlar olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo’lgan nutq ko’rinishidir. Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o’ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko’rinishlari – uslublari mavjud. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasidaga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko’rinishi nutq uslubi hisoblanadi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo’ladi. Xususan, oilada, ko’chada, insonlarning fikr almashinish jarayonida qo’llanadigan nutq uslubi so’zlashuv uslubi sanaladi. So’zlashuv uslubi oddiy va adabiy so’zlashuv uslublarini o’z ichiga oladi.
Badiiy uslub – badiiy asarlarga xos bo’lib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchli bo’ladi. Badiiy uslub inson hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Bu uslubda tilning barcha imkoniyatlaridan foydalaniladi. Hatto yozuvchi o’zi ham turli ifodaviy vositalar yarata olishi mumkin.
Publitsistika – lotincha so’z bo’lib, “xalq, omma” ma’nolarini anglatadi. Davrning eng dolzarb muammolarini omma e’tiboriga televideniya, gazeta-jurnal va radio orqali yetkazadi. Oliy majlis yig’inlari va turli xil anjumanlarda ushbu nutq uslubidan foydalaniladi.
Ilmiy uslub – fan va texnika tili bo’lib, daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining ilmiy atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslubdir.
Ilmiy uslubning ilk ildizlari Yunonistonga borib taqaladi. Ular oddiy odamlar tushunishi qiyin bo’lgan maxsus terminlardan foydalanishgan. Asl maxsus terminalogiya lotin tilida bo’lgan. Dunyo tilshunoslari terminlarni o’z tillariga o’girishga harakat qila boshlagan bo’lsalar ham, lotin tili ilmiy axborotlarni yetkazib berishning yagona xalqaro usuli hisoblanadi. Uyg’onish davrida ko’plab olimlar badiiy unsurlardan yiroqlashib matn yaratishga uringanlar. Ilmiy uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to’g’risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo’llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon qilish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi. Unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etiladi va majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng qo’llanadi. Undagi ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratiladi. Ilmiy uslubga doir matnlar turli sohalarga qarab, shuningdek, kimga mo’ljallanganligiga nisbatan o’zaro farqlanadi. Masalan, ilmiy manbalar ilmiy fanga oid ma’lumotlar berish bilan ma’lum fan mutaxassisigagina mo’ljallangan bo’ladi. Ko’pchilikka mo’ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko’rinishlaridir.
Rasmiy idoraviy uslub – barcha qonunlar, prezident farmonlari, hukumat qarorlari, turli hujjatlar ish qog’ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar
rasmiy idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo’ladi. Qisqalik, aniqlik va rasmiylik bu uslub matnlarining bosh belgisidir.
Yozma nutq so’zlovchi va qabul qiluvchi og’zaki muloqot vositasisiz amalga oshganda juda asqotadi. Barcha tashkilotlarda ijrochilar yozma xabarlar orqali bo’limlararo va bo’limlari ichida samarali aloqani rivojlantirishlari mumkin. Yozma nutq bildirishnomalar, eslatmalar, hisobotlar, moliyaviy hisobotlar, biznes xatlar va shu kabilarning barcha turlarini qamrab oladi. Akademik nutqning rasmiy shaklga ega matnlarda buyruqlar, ma’lumotnomalar va boshqa siyosiy masalalar doimo yozma shaklda bo’lishi kerak. Shu bilan birga, akademik nutqning yozma shakli ma’lum bir qoidalarga bo’ysunadi. Xususan, akademik nutq va axborotlar tili mutlaqo ilmiy xarakterda bo’lishi, ya’ni biror sohaga xos ilmiy terminlar asosida ko’rilib shu soha bilan notanish kishi uchun qisman yoki mutlaqo tushunarsiz bo’lishi ham mumkin. Bunday notiqlikning quyidagi turlari mavjud:
1. O’quv yurtlarida o’qitiladigan ma’ruzalar odatda ma’lum bir fanlardan mavzular asosida tashkil qilinadigan ma’ruzalardir. Bunday ma’ruzalar ta’sirchan va mazmunli bo’lishi lozim.
2. Ilmiy ma’ruzalar bevosita muayyan soha bo’yicha qilinayotgan ishlar, ilmiy kuzatuvlar, tadqiqotlar haqidagi xulosalar, dastlabki tug’ilgan g’oyalar va taxminlar bayonidan iborat bo’ladi. Ilmiy ma’ruzalar olimlar ishtirokida anjumanlarda o’qilib, ilmiy anjuman ishtirokchilari tomonidan muhokama etiladi.
3. Ilmiy sharhlov mavzusidagi ma’ruzalar asosan ilmiy-tadqiqot va o’quv yurtlari doirasida o’tkaziladi. Bunday sharhlov ilmiylik, daliliylik, kuzatuv xulosalari asosida quriladi.
Akademik nutqda har bir so’z yoki termin, har bir gap, jumla mazmunan to’liq, sodda, aniq, izchil va mantiqli ifodalash lozim.
Ilmiy uslub asosida shakllantirilgan ilmiy-siyosiy nashrlar matn qurilishidagi o’ziga xoslik, tashviqot va targ’ibot bo’lib, lisoniy-uslubiy vositalarni tanlash va qo’llashga e’tibor beriladi. Siyosiy-mafkuraviy atamalarni qo’llashning o’ziga xosligi – ommaviylik va tushunarlilik, ta’sirchanlikni ta’minlovchi omillarga asoslanadi.
Ilmiy-texnikaviy adabiyotlarda milliy atamalardan, ko’chimlardan foydalaniladi, manbalarga havola qilinadi. Ilmiy nashrlar matnida ilmiy uslub ustuvorlik kasb etadi. Ilmiy-texnikaviy nashrlar oldiga qo’yiladigan talablar juda jiddiydir va nashrning kimga qaratilganligiga bog’liq.
Ilmiy ommabop adabiyotlar ijtimoiy-ma’rifiy maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi va ilmiy bilimlarni ommalashtirishga xizmat qiladi. Ilmiy-ommabop bayon oldiga qo’yiladigan asosiy talablar – matnning mantiqiy, lisoniy, uslubiy sifatlarga asoslanishidir. Bunday matnlarda to’g’ri va haqiqiy ma’lumotlar uzatiladi va bunda sof, rasmiy ma’lumotlarga tayaniladi. Bunday matnlarni yozishda yuzaga keladigan asosiy qiyinchilik gipoteza va nazariyalarning asoslash zaruratidir. Ushbu uslubda yaratilgan matnlar potensial o’quvchining oldingi adabiy tajribasini hisobga olishi kerak, aks holda o’quvchida matnlararo xulosa yuzaga kelmaydi va bu ilmiy uslub matnlarining asosiy funksiyasini tashkil etadi.
Ilmiy uslub doirasida yaratilgan matnlar sirasiga kiruvchi ilmiy nashrlar – monografiya, ma’lumotnoma, darsliklar, axborotnomalarni yaratish ta’lim va ilmiy muassasalar uchun zarur. Bunday matnlar asosiy va ikkilamchi matnlarga ajratiladi. Birinchisi muallif tomonida yaratilgan va boshqa adabiyotlarga murojaat etish talab etilmaydi. Ikkinchi tur matnlar ilgari yaratilgan matnlar asosida yaratiladi. Har bir soha doirasida ilmiy matn yaratishda e’tibor berish lozim bo’lgan xususiyatlar:
1. So’zlarning lug’aviy ma’nosini bilgan holda tanlash;
2. So’z va terminlarning tushunarli bo’lishini hisobga olish;
3. Baynalminal terminlarni adabiy tilning leksik me’yoriga muvofiq tarzda tanlash;
4. So’z va terminlarni matnning mazmuni va uslubiy xususiyatidan kelib chiqib tanlash;
5. Mavhum ma’noga ega bo’lgan otlardan(o’tish, yuksalish) tez-tez foydalanish;
6. Turli xil qisqartmalardan faol foydalanish.
E’tibor berish lozim bo’lgan o’rinlardan tashqari ilmiy matnlar o’z belgilariga ham ega:
1. Matnning morfologik xususiyatiga ko’ra fe’llar passiv, ot va sifatdosh faol pozitsiyani egallaydi.
2. Ilmiy nutq uslubining ta’kidlangan mantig’i matn qismlari o’rtasidagi munosabatni ifodalovchi ko’p sonli kirish so’zlar va jumlalardan foydalanishni talab qiladi. Masalan, birinchidan, ikkinchidan, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, yuqorida aytilganidek, shunday qilib, xullas kabi.
3. Tobe izohli qo’shma gaplar, sabab, maqsad, shart-sharoit, oqibatlar, yondoshuvlar keng tarqalgan.
4. Ilmiy uslubga xos matnlarda bir ma’noli leksemalarning ustunlikka egaligi. Buning bosh sababi atamalar bilan to’yinganligidir.
5. Ilmiy ma’lumot ta’kidlar uyg’unligida beriladi. Masalan, yana bir misol keltiramiz, endi matnning asosiy qismiga e’tibor qaratsak, keling savolni chuqurroq tahlil qilib ko‘raylik kabi.
Ilmiy matnlarda ko’chirmalardan foydalanish, manbaalarga havola qilish va sarlavha tanlashga ham jiddiy e’tibor beriladi. O’quv qo’llanmalari va darsliklarning turlari va vazifalari bir-biridan farq qiladi. Bu o’qish va o’qitishning turlari, xillari bilan bog’liq.
Ilmiy uslubning yetakchi vazifasi fakt yoki hodisaning tavsifi bo’lishiga qaramay, qo’shimcha mantiqiy munosabatlarni o’rnatish qobilyati matnlarni turli jihatlarda tahlil qilishda doimo o’zini eslatib turadi. Ilmiy nutqning o’z manzili bor. Ya’ni ilmiy nutq uslubi va shu uslubdagi matnlar ilmiy va kasbiy, ilmiy va ta’lim sohasida, olimlar, muhandislik-texnik xodimlar, ma’lum bir sohadagi professional mutaxassislar orasida qo’llanadi. Ilmiy uslubdagi matnlarning adresatlari ilmiy axborotni idrok etishga tayyor shaxslardir. Ilmiy uslubga xos matnlarda fikr ko’plik shaklda ifoda etiladi. Masalan, “Bizning kuzatishlarimiz natijasiga ko‘ra;
…ushbu ma’lumotlarni chuquqr tahlil qildik” kabi.
Ilmiy uslub bir qator umumiy xususiyatlarga ega, umumiy sharoitlar fanlarning tabiati(tabiiy, aniq, gumanitar) va janr farqlari(monografiya, ilmiy
maqola, ma’ruz, darslik va boshqalardan) qat’iy nazar, o’zini namoyon qiladigan funksional va lingivistik xususiyatlar uslubning o’ziga xos xususisyatlari haqida gapirishga imkon beradi. Ilmiy uslubning oluvchilarini olimlar tashkil qiladi.
Akademik yozuvning xususiyatlari
Ko’pgina ilmiy fanlar o’zlarining noyob uslubiy konvensiyalarini qo’llashadi. Biroq, barcha akademik yozuvlar ma’lum xususiyatlarga ega:
1. Ochiq va cheklangan e’tibor . Akademik hujjatning asosiy mavzusi – argument yoki tadqiqot savolnomasi bayonot bilan belgilanadi. Qog’ozning har bir xatboshi va jumlasi shu asosiy yo’nalishga qayta bog’lanadi. Qog’ozda fon yoki kontekstli ma’lumot bo’lishi mumkin, ammo barcha tarkib tezisni qo’llab- quvvatlash maqsadiga xizmat qiladi.
2. Mantiqiy tuzilma . Barcha akademik yozuv mantiqiy, sodda tuzilishga asoslanadi. Oddiy shaklda ilmiy maqola tanqidiy, tanqidiy maqola va xulosani o’z ichiga oladi. Kirish introduksiya ma’lumotlari bilan ta’minlaydi, inshoning ko’lami va yo’nalishini belgilaydi va tezisni bildiradi. Xulosa tezisiga qaytib, asosiy fikrlarni umumlashtiradi va qog’ozning natijalarini keltirib chiqaradi. Har bir jumla va paragraf mantiqiy ravishda ochiq-oydin dalillar taqdim etish uchun keyingi bilan bog’lanadi.
3. Dalillarga asoslangan dalillar . Akademik yozuv yaxshi ma’lumotga asoslangan argumentlarni talab qiladi. Ma’ruzalar ilmiy manbalardan (tadqiqot maqolasi kabi) yoki asosiy matndan olingan takliflar bilan tasdiqlanishi kerak. Faktlardan foydalanish dalillarga ishonchni beradi.
4. Ma’lum bir qolipga egalik. Akademik yozuv doirasida shakllantiriladigan matnlarning o’z qolipi mavjud. Xususan, ilmiy maqola, dissertatsiya, avtorefarat, hujjat turlarini har biri o’z belgilangan qolipiga ega.
Akademik yozuvning asosiy shakllariga ilmiy maqola, dissertatsiya, akademik taqriz, monografiya kabilarning matnlari kiradi. Murakkablik darajasi bilan ajralib turadigan akademik yozish darajasi mavjud.
Adabiyotlar:
1. Qanday qilib akademik uslubda yozish kerak. Demonfort universiteti.
2. Qo’ng’urov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat
asoslari. – Toshkent: Fan, 1992.
3. Mahmudov N., Mahkamov N., Madaliyev A. O’zbek tilida ish yuritish. – Toshkent: O’zbekiston, 2016.
4. M.Qurbonova, M.Yo’ldoshev. Matn tilshunosligi. – Toshkent: Universitet, 2014.
Dostları ilə paylaş: |